Pochta indeksi
|
Zona kodi
|
Zona turi
|
Mulk baholangan sana
|
673/100
|
Jeff Peters
|
10
Railway Cuttings
|
114390
|
2
|
Residential
|
2002 220000
|
673-101
|
Joe Campbell
|
1115
Center Place
|
114390
|
2
|
Residential
|
2003 545500
|
674-100
|
Dave
Widseler
|
|
114391
|
3
|
Commercial
|
99 249000
|
674-100
|
|
452
Diamond Plaza
|
114391
|
3
|
Commercial
|
2000 275500
|
674-100
|
Dave Widseler
|
452
Diamond Plaza
|
114391
|
3
|
Commercial
|
2001 290000
|
670-231
|
Sam
Camarata
|
19 Big
Bend Bld
|
114391
|
2
|
Residential
|
2004 450575
|
674-112
|
Chris
Capelli
|
Xastings
Barracks
|
114392
|
2
|
Residential
|
2004 350000
|
674-113
|
Sheila Sulivian
|
10034
Endin Mansions
|
114390
|
2
|
Residential
|
02 1005425
|
MBda katta oʻlchamdagi jadvallarni avtomatik ravishda birlashtirish qiyin. Shuning uchun GATda ko’pincha odatiy boʻlmagan jadval shakllari qoʻllaniladi. Olingan jadvallarning tamoyillarga amal qilib ba’zi qarama-qarshiliklari bartaraf qilinishi va ma’lumot jadvallari yuqorida ta’kidlanganidek, turli boʻlaklarga boʻlinishi va aksincha, birlashtirilishi mumkin. Bunday operatsiyalarning mavjudligi GAT MBdan koʻpgina foydalanuvchilar oʻz soʻrovlarini amalga
oshirishlariga olib keladi. MBBT foydalanuvchilarning istagiga qarab ma’lumot
berish imkoniyatiga ega. Bu, oʻz navbatida, GATning MBdagi eng muhim afzalliklaridan biridir.
Nazorat savollari
1.Ma’lumot va axborotning bir-biridan farlqlarini sanab bering. 2.Geoma’lumot nima?
Geofazoviy ma’lumot nima?
Rastr va vektor ma’lumotlar ta’riflarini aytib bering. 5.Ma’lumot toʻplashning eng muhim ikkita usuli nimadan iborat?
Ma’lumot toʻplashda geografik ma’lumotlarni tasniflanish qay tarzda oʻtkaziladi?
Ma’lumot toʻplash bosqichlari turlari toʻgʻrisida ma’lumot bering. 8.Ma’lumot olishning qanday turlari mavjud?
9.Masofadan zondlash nima? 10.Stereotasvir qanday hosil boʻladi?
11.Rastr ma’lumot manbayi toʻgʻrisida tushuncha bering. 12.Vektor ma’lumot manbayi haqida tushuncha bering.
GPS orqali qanday turdagi ma’lumotlar olinadi va ma’lumot toʻplash jarayoni haqida qisqacha tushuncha bering.
Tashqi manbalar orqali ma’lumot olish qanday amalga oshiriladi? 15.Internet orqali GAT uchun qanday turdagi ma’lumotlar olinadi?
Ma’lumot formatlarining turlicha boʻlishi nima uchun zarur?
bob. GEOFAZOVIY TAHLIL
Geofazoviy ma’lumotlar tahlili
GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga boʻlinadi.
Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining
mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir. Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da,
tahliliy ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |