Ma’lumotlar bazasini ishlatish va soʻrovlarga javob berishga moʻljallangan kompyuterlashgan dasturiy tizim ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi
Bog'liq yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован
Ma’lumotlar bazasini ishlatish va soʻrovlarga javob berishga moʻljallangan kompyuterlashgan dasturiy tizim ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi.
Har qanday MBBT foydalanuvchiga ma’lumot olish jarayoni oson va qulay boʻlishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, MBni yaratish va uni boshqarish bu tizimning eng asosiy vazifalaridan sanaladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish deganda bazadagi jadvallar ustidan turli xil boshqaruv operatsiyalarini oʻtkazish tushuniladi. Bunday operatsiyalar jumlasiga:
Yuqoridagi operatsiyalar foydalanuvchiga ma’lumotni MBda saqlash, olish va yangilash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchiga turli jadvallar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni yaratishga imkon berishi kerak.
MBBT ning quyidagi turlari hozirgi kunda dasturlash tizimida keng qoʻllanilmoqda:
Har bir MBBT asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Jadvallar – ma’lumot saqlash.
Soʻrovlar – tanlangan axborotni monitorda tasvirlash.
Hisobotlar – formatlangan bosma shakldagi axborot.
Shakllar – qaydlarni kiritish, oʻzgartirish va oʻchirish uchun yaratilgan ekranlar.
MBBT tomonidan koʻrsatiladigan afzalliklar koʻlami keng, lekin har qanday MBBT yaxshi ishlashi uchun quyidagi afzalliklarga ega boʻlishi kerak:
Ma’lumot va dasturlarning mustaqilligi. Bu MB ning eng birinchi afzalligidir. Dastur va ma’lumotlarning mustaqil harakat qilishi vaqt va xarajat tejalishiga olib keladi.
Ma’lumotni boʻlishish va koʻpaytirmaslik. MB dagi boshqa vositalarga MBdan axborotlarni olish imkoniyati berilgan va bu, oʻz navbatida, ma’lumotlar qaytarilishining oldi olinib, koʻpayib ketmasligiga imkon beradi.
Ma’lumotbutunligi.
Markazlashgan nazorat. Bu orqali ma’mur oʻz vaqtida ma’lumotlarning toʻgʻri tasvirlanayotganligini va olinayotganligini nazorat qilib turadi.
Xavfsizlik. MB ustidan berilgan nazorat orqali ma’mur foydalanuvchilarning xavfsiz kanallar orqali kirayotganini va foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumotga ruxsat berishni ta’minlaydi. Xavfsizlik tizimi ma’lumotlarning tasodifiy yoki atayin yoʻqotilishining oldini olishi kerak.
Ijro va samaradorlik. MB ning naqadar katta oʻlcham va hajmga ega ekanligini va undan foydalanish uchun kiradigan foydalanuvchilar soni hamda soʻrovlarni hisobga oladigan boʻlsak, yaxshi ijro etish va samaradorlik juda muhimdir, ya’ni ma’mur foydalanuvchi turiga qarab (individual yoki katta tashkilot boʻlsa) MB ni mos holda tuzib, unga mos tarzda ruxsat berishi mumkin.