Demak, MBBT ma’lumotlarni samarali boshqarish, saqlash va ularga kirish uchun ruxsat (access) beruvchi kompyuter dasturidir.
Oddiy va kichik hajmdagi ma’lumotlar bazasi kompyuter xotirasida standart fayllar ichida saqlanishi mumkin. Lekin koʻp hajmli ma’lumotlardan oʻnlab, yuzlab va minglab foydalanuvchilar foydalanishi uchun MBBT talab etiladi va bu dastur ma’lumotlarning integratsiyalashgan holda uzviyligini ta’minlaydi. Bunday funksiylarni bajarish uchun MBBT bir qancha xususiyatlarni ta’minlaydi:
Ma’lumotlar modeli – bu geografik obyektlarni raqamlashtirib, kompyuter tizimida saqlovchi mexanizmdir. Har qanday MBBT standart markazlashgan ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi, bu esa har xil turdagi obyektiv ma’lumotlarni tasvirlashga qulaydir.
Ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati – MBBT ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni yuklovchi texnikani qoʻllaydi. Oddiy texnika standart ma’lumotlar turini (xarakter, raqam va kun) yaxshi strukturaviy formatlarda yuklash imkoniyatiga ega. Boshqa turdagi nostandart ma’lumot turlari esa ularni standart holiga keltiruvchi dasturlarni yaratish orqali yuklab olinishi mumkin.
Indeks – bu ma’lumot tuzilmasi boʻlib, u qidiruvni tezlashtiradi. Barcha ma’lumotlar bazasi standart ma’lumotlarni indekslovchi texnikaga ega.
Soʻrov tili. Bu tilning mavjudligi MBBTning afzalliklaridan biridir. Chunki bunda SQL deb nomlanuvchi standart tizimdagi ma’lumotlar soʻrovi va boshqaruvi mavjud.
Xavfsizlik. MBBTning oʻziga xos jihati – uning yordamida ma’lumotlar olishni nazoratlangan usulda olish mumkin. Bunday nazorat turiga foydalanuvchi bazaning istalgan joyiga kirishini cheklash kiradi. Masalan,
tasodifiy GATdan foydalanuvchiga faqatgina ma’lumotlarni oʻqish mumkin boʻlgan ruxsat berilsa, mutaxassisga oʻsha ma’lumotlarni yaratish, yangilash va oʻchirish ruxsati ham beriladi.
Nazorat qilinadigan yangilash. Ma’lumotlar yangilanishini nazorat qilish maxsus tayinlangan menejer mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. U bazaga kirayotgan koʻp sonli foydalanuvchilar soʻrovini nazorat qilib turadi.
Ma’lumotni saqlash va tiklash. Ma’lumotlarni notoʻgʻri yangilash yoki tizimning tasodifiy buzilishi orqali kelib chiqadigan yoʻqotishlardan himoya qilish juda muhimdir. MBBTdagi maxsus saqlovchi va agar ma’lumot oʻchib ketsa, tiklovchi dasturlar bunday muammoning oldini olishga xizmat qiladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi vositalar. Ma’lumotlarlar bazasi tuzilmasini yaratish, indekslarni yaratish va ishlatish, ishlash tezligini yaxshilash, saqlash va qayta tiklash, foydalanuvchilar uchun kirishni boshqarish kabi vazifalar boshqarish vositalari yordamida administrator (ma’mur) tomonidan amalga oshiriladi.
Zamonaviy MBBT ma’lumot bazasini yaratish va boshqarish uchun moʻljallangan standart va umumiy maqsadli qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu qurilmalar MBBTni loyihalashda va foydalanuvchi interfeysini (ma’lumotga ruxsat va taqdim qilish uchun) qurishda ishlatiladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlab aytadigan boʻlsak, MBBT bir yoki bir necha foydalanuvchilar zaruriyatiga moslab loyihalangan mantiqiy bogʻlangan ma’lumotlar yigʻindisidir. Bu ma’lumotlar koʻpincha ma’lumotlar bazasining jadvallarida aks ettiriladi.
Jadval bu gorizontal satrlar va vertikal ustunlar boʻylab joylashtirilgan ma’lumot elementlari (qiymatlari)dir. Odatda, ustunlarda nomlar joylashtirilsa, satrlarda qiymatlar joylashtiriladi. Jadval ma’lum chegaralangan ustunlarga va istalgan miqdorda satrlarga ega boʻlishi mumkin.
GAT nuqtayi nazaridan olib qarasak, “Ma’lumot bazasi – bu tizimli ravishda kompyuterga kiritilgan qayd(record)lar yigʻindisi boʻlib, kompyuter- dagi maxsus dasturlar turli savollarga javob olishga yordam beradi”. Har bir qayd yaxshiroq saqlanishi va aniqlanishi uchun ma’lumot elementlari orqali tashkil etiladi. Soʻrov berilganda oʻsha qaydlar qaror qabul qilish uchun javob hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |