Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован
Ikkilamchi manbalar oddiy va raqamli ma’lumotlar tizimi boʻlib, bu ma’lumotlarni keyingi bosqichda mos raqamli formatga oʻtkazish kerak boʻladi. Bunday manbaga rastr formatdagi skanerlarga rangli aerofotosuratlarni, qogʻoz koʻrinishdagi skanerlash va vektorlash ishlarini talab qiladigan kartalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Demak, asosiy (birlamchi) geografik ma’lumotlar manbayi GATda ishlatish uchun bevosita oʻlchovlar orqali olinadi. Yordamchi (ikkilamchi) manbalar oldingi izlanishlar orqali qayta ishlangan yoki boshqa tizimlardan olinadi. Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda boʻlishi mumkin. Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin raqamli koʻrinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qogʻoz karta yoki fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan joyni vektorlash orqali amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning format kattaligi va tavsiflariga qarab qoʻshimcha qayta formatlash va qayta tizimga keltirish kabi ishlar bajarilishi kerak boʻlishi mumkin. Bu boʻlimda ma’lumot toʻplash va ma’lumot uzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, ma’lumot toʻplash deganda toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumotni oʻsha ma’lumot toʻplayotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa, ma’lumot uzatishda esa oʻsha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN, LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi. Ma’lumot toʻplash bosqichlari. Ma’lumot toʻplash, oʻz navbatida, boshqa jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni oʻz ichiga oladi (3.9-rasm). Bu jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash, fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi. Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu bosqichda foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar aniqlab olinadi. Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlangʻich manbalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mos GAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Raqamlashtirish va ma’lumot uzatish tizimdagi eng koʻp ish qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot toʻplash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar aniqlanib, tahlil qilinadi. 3.9-rasm.Ma’lumot toʽplash bosqichlari (Manba: Muallif) Download 8,66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |