Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Geomarkazlashgan datumlar



Download 8,66 Mb.
bet25/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Geomarkazlashgan datumlar





Datum nomi



Yili

Mamlakat/ Tashkilot

a, km (katta yarim oʻq)

b, кm (kichik yarim oʻq)



f (siqilish)

GRS 80

1980

MAGG (IUGG)

6378,137

6356,75231414

298,257222101

WGS84

1984

AQSH

6378,137

6356,75231424518

298,257223563

PZ90

1990

MDH

6378,136

6356,751

298,257839303

IERS96

2003

МСВЗ (IERS)

6378,13649

6356,751

298,25642

Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi. Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan


GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi.
    1. Vertikal datum


Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta sathi Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi.


Vertikal datum ham gorizontal datumga oʻxshab ma’lum bir hudud yoki davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida vertikal datum ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsha hudud uchun asos qilib olingan dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan Nyuvlin dengizining 1915–1921-yillar orasidagi oʻrtacha dengiz sathi asosida hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha boʻladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga kelishimiz mumkin:

  • geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun zarur boʻladigan oʻzgarmas birliklar toʻplamidir va u boshqa geodezik oʻlchashlarga asos boʻladi;

  • geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning yordamchi modeli sifatida qaraladi;

  • gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar oʻrnini kenglik va uzoqlik asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi;

  • vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni oʻlchash uchun xizmat qiladi.

    1. Download 8,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish