Koʻndalang kesmalar orqali. Bunda har bir koʻndalang kesma berilgan yoy yoki toʻgʻri chiziq boʻylab perpendikular ravishda bir xil masofada joylashtirib chiqiladi. Agar berilgan yuza toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlsa, unda grid nuqtalar yordamida interpolatsiya usuli orqali balandliklar topiladi. Agar berilgan yuza yoy chiziqlardan iborat boʻlsa, u holda TNT orqali balandliklar topiladi (5.21-rasm).
DTM orqali faqatgina joyning relyefini tushunish kerak emas. Boshqacha aytadigan boʻlsak, buni yer sathining raqamli ifodalanishi deb ham atashimiz mumkin. Bu model orqali joyning relyefidan tashqari qiyaliklari, burchaklari, gorizontal chiziqlari, uzilgan chiziqlar, davomiy chiziqlar, choʻqqilari va boshqa oʻziga xos nuqtalari ham ifodalangan boʻladi. DTMning toʻliq ifodalanishi uchun
unda tuzilmaviy axborot, davomiy vazifalar, axborot sifati, noaniq vazifalar tahlili kabi komponentlar mavjud boʻlishi lozim.
5.21-rasm. Raqamli modellarning hosil boʻlishi (Manba: Internet)
Tuzilmaviy axborot modelga koʻmak sifatida tushunilishi mumkin. Bunday axborot relyefni koordinata sistemasida nuqtalar, chiziqlar yoki maydonlar orqali yaqqol tasvirlab beradi. Ma’lumot elementlari grid yoki TIN koʻrinishida tasvirlanadi. Tuzilmaviy axborot aniq yoki noaniq boʻlishi mumkin. Bunday axborot toʻgʻri topologik, morfologik, gidrologik axborotlarni oʻzida mujassamlashtiradi.
Davomiy vazifalar joyning modellangan yuzasini taxminiy keltirish uchun qoʻllaniladi. Bundan tashqari, tuzilmaviy axborot elementlarini interpolatsiyalash kabi vazifalarni ham kiritish mumkin.
Axborot sifati deganda haqiqiy yer sathining tuzilishini mavzuli jihatdan qay darajada qabul qilishni tushunish zarur.
Noaniq vazifalar tahlili uslullari yuqoridagi tuzilmaviy axborot ma’lumotlariga qisman, geoaxborot tizimidagi tahlil jarayoniga esa koʻproq bogʻliqdir.
Shunday qilib, DEM va DTM oʻrtasidagi farqqa toʻxtaladigan boʻlsak, DEM oʻzida joyning sathi deb qabul qilinmaydigan relyef ma’lumotlarini saqlaydi. Koʻpchilik hollarda DEM geoaxborot tizimida rastr ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilishga qaratilgan relyef atributlariga ega boʻlgan grid ma’lumot sifatida ham qaraladi. DTM tushunchasi DEMga nisbatan koʻproq umumiy ma’lumotlarni, jumladan joyning yuqorida keltirilgan oʻziga xos nuqtalaridan tashqari togʻ tizmalarining chiziqlari, eng yuqori choʻqqi nuqtalari va boshqa ma’lumotlarni mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |