Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Axborotlarni qidirish va yangilash



Download 8,66 Mb.
bet100/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Axborotlarni qidirish va yangilash


Agar oldin kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rish yoki tahrir qilish zarur bo‘lsa, asosiy shaklga qaytib, “Ma’lumot izlash” tugmasi bosiladi (8.6- rasm).

6.6- rasm. Ma’lumot izlash oynasi

Qidirilgan obyektni tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Qidirish kadastr raqami yoki yerdan foydalanish obyektining egasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin (6.7 – 6.9- rasmlar).
6.7- rasm. Qidirilgan yer uchastkasi oyasi 6.8- rasm.Qidirilgan massiv oynasi



6.9-rasm. Yerdan foydalanuvchi subyekt to‘g‘risida ma’lumotlar oynasi Yangi mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish uchun sichqonchaning
chap tugmasi “Mulkdor”ni ikki marta bosish zarur (6.10-rasm).


6.10-rasm. Mulkdor oynasi 6.11- rasm. “Shaxs” oynasi

Yangi mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish “Kadastr raqami” hoshiyasiga belgini tushirishdan boshlanadi. Bu raqam O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yagona hisoblanadi, shu sababli hoshiyaning belgisi shakllar bilan doimo aloqada bo‘lgan filtrga ega.


“Shaxs” (mulkdorning turi) hoshiyasining belgisi tushirilib qoldiriladigan ro‘yxatdan tanlash yo‘li bilan kiritiladi. Shundan so‘ng ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan hoshiyalarni to‘ldirishga o‘tish zarur (6.11-rasm).
    1. Yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar


Yer uchastkasi planini kiritish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va vujudga kelgan oynadan “…obyektni qo’shing” tanlanadi.
Oyna ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning grafik chizmalari bilan bog‘lashga imkon beradigan hoshiyani o‘z ichiga oladi va ikkita tanlovni beradi: yangini yaratish yoki oldin yaratilgan fayldan tanlash.
Ma’lumotlarni bog‘lash ularni biron joyga jo‘natmasdan oldin tashqi manbalardan ma’lumotlarni o‘qish va yangilash imkonini beradi. Ma’lumotlarning tashqi manbalari o‘lchamlari o‘zgarmaydi. Bu esa yaratilgan
dasturda fayldan foydalanishni davom ettirish imkonini beradi, ammo Microsoft

Access - 2010 yordamida uning ma’lumotlariga qo‘shish, olib tashlash yoki tahrirlash mumkin.


Parol yordamida ma’lumotlar bazasini himoyalash.

  1. Ma’lumotlar bazasini yopish. Ma’lumotlar bazasining ortiqcha nusxasi tayyorlanadi va ishonchli joyda saqlanadi.

  2. “Fayl” menyusidan “Oching” buyrug‘i tanlanadi.

  3. Strelka “Oching” tugmasidan o‘ngga buriladi, “Monopol” varianti tanlanib ma’lumotlar bazasi ochiladi.

  4. “Servis” menyusida “Himoya” va “Ma’lumotlar bazasi parolini bering” kichik buyrug`i tanlanadi.

  5. «Parol» hoshiyasiga parol registrni hisobga olgan holda kiritiladi.

  6. «Tasdiqlash» hoshiyasiga parolni yana bir marta kiritish bilan uni tasdiqlanadi, shundan so‘ng «OK» tugmasi bosiladi.

  7. Parol qo‘yiladi. Ma’lumotlar bazasini foydalanuvchi tomonidan navbatdagi ochishda dialog oynasi kiritiladi va unga parol yoziladi.

Agar parol yo‘qotib qo‘yilsa, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi va ma’lumotlar bazasi ochilmaydi.
Ma’lumotlar bazasi parolini olib tashlash tartibi:

  1. «Fayl» menyusida «Oching» buyrug`i tanlanadi.

  2. Strelka «Oching» tugmasidan o‘ngga buriladi, «Monopol» buyrug`i tanlanadi va ma’lumotlar bazasi ochiladi.

  3. «Parolni kiritish zarur» dialog oynasiga ma’lumotlar bazasi paroli kiritiladi va «OK» tugmasi bosiladi. Parollar registr belgilarini hisobga oladi.

  4. «Servis» menyusida «Himoya» va «Ma’lumotlar bazasi parolini olib tashlang» buyruqlari tanlanadi. Bu buyruqlardan faqatgina ma’lumotlar bazasiga oldin parol belgilangan taqdirdagina foydalaniladi.

  5. «Ma’lumotlar bazasi parolini olib tashlang» dialog oynasiga mavjud parol kiritiladi.

  6. «OK» tugmasi bosiladi.

«Yeravtobank» dasturi uchun hujjatlar ro‘yxati (namunaviy ko‘rinishda):



  • yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi berilgan sana;

  • yer uchastkasidan foydalanish muddati;

  • yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;

  • yerdan foydalanuvchi subyektning ixtisosligi;

  • yerdan foydalanuvchi subyektning yer uchastkalari bo‘yicha yer balansi;

  • yuridik (jismoniy) shaxsning F.I.SH., manzili;

  • yer uchastkasining (yer uchastkalari bilan) hududiy joylashuv shakli;

  • viloyat kadastr tartib raqami;

  • tuman kadastr tartib raqami;

  • kadastr mintaqasi;

  • kadastr massivi;

  • kadastr mavzesi;

  • yer uchastkasining kadastr raqami;

  • rumb bo‘yicha yer uchastkasining joylashuv shakli;

  • koordinatalar bo‘yicha yer uchastkasining joylashuv shakli;

  • direksiya burchaklari bo‘yicha yer uchastkasining joylashuv shakli;

  • yer uchastkasining raqamli kadastr kartasi;

  • yer bahosi (bonitet bali, me’yoriy qiymati, qishloq xo‘jalik yerlari uchun);

  • yer ijarasi haqi miqdori;

  • debitor qarzlari (yer ijarasi bo‘yicha);

  • kreditor qarzlari (yer ijarasi bo‘yicha);

  • yerdan foydalanish maqsadi;

  • yer ijarasi haqi bo‘yicha qarzdorlar;

  • yer uchastkasidagi obyektlar chegarasining grafik chizmasi;

  • yer turlarining joylashuv shakli;

  • servitut shartnomasi;

  • servitut shartnomasi bo‘yicha yer uchastkasining grafik chizmasi;

  • ko‘chmas mulklar ro‘yxati;

  • mulkchilik huquqini beruvchi hujjatlar;




  • ko‘chmas mulklarga egalik hujjatlari;

  • ko‘chmas mulklar ijarachilari ro‘yxati;

  • ko‘chmas mulklar qiymati;

  • ko‘chmas mulklar ijara haqi miqdori;

  • oldingi yerdan foydalanuvchi yuridik (jismoniy) shaxs (F.I.SH.);

  • yer o‘lchovi dalolatnomasi (oxirgisi);

  • yer o‘lchovi bo‘yicha yer balansi (oxirgisi);

  • yer o‘lchagan tashkilot va xodim (manzili, F.I.SH.);

  • yer uchastkasidagi konturlar kartasi;

  • yer uchastkasidan foydalanishda sodir etilgan qonunbuzarlik holatlari;

  • ko‘chmas mulk tarkibidagi xonalar joylashuv shakli;

  • binodagi subyektlar soni;

  • binodagi subyektlar (yuridik yoki jismoniy shaxslar);

  • binolar ijarachilari ro‘yxati;

  • binolar ijarachilarining ijara bo‘yicha qarzdorligi;

  • xonalar ijarachilari ro‘yxati;

  • xonalar kadastr hujjati;

  • xonalar ijarachilarining ijara haqi bo‘yicha qarzdorligi;

  • xonadan foydalanishni cheklash hujjatlari;

  • xonadan foydalanishni taqiqlash hujjatlari;

  • xonadon egasi F.I.SH.;

  • xonalardan foydalanish bo‘yicha servitut shartnomalari hujjatlari;

  • yagona yer solig‘i miqdori (yer uchastkasi bo‘yicha);

  • yagona yer solig‘i (ko‘chmas mulklar bo‘yicha);

  • ro‘yxatga olish uchun haq to‘lash miqdori;

  • ko‘chmas mulklarni baholash uchun xizmat haqi;

  • sug‘orish manbasi (asosiy kanal nomi).

«Yeravtobank» kompyuter dasturini ishlab chiqishda AutoCAD va GeoCad System tizimlaridagi uslublardan keng foydalanildi. Yer-axborot tizimini avtomatlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari Toshkent viloyati

tumanlari yer resurslari va davlat kadastri xizmati faoliyatida joriy etish maqsadida ishlab chiqildi.



    1. Download 8,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish