O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida bugunga kelib katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng muhimi, barcha tarmoqlarda ma’lumotlar almashinuvi, ma’lumotlar bankini yaratish, bir tizimga keltirish jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishda bir qator muammolarni yechishga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday muammolardan biri hozirgi zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan kompyuter dasturlaridan foydalanib axborotlarni tartibga solish va ularning yagona tizimini yaratish hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishdan maqsad davlat yer kadastrini yuritish uchun ma’lum bir yerdan foydalanuvchi, shuningdek, yer uchastkalarida joylashgan alohida obyektlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, tahlil qilish hamda o‘zgaga berilishini ta’minlovchi dasturiy majmuani yaratishdan iboratdir.
Dasturiy majmua quyidagilarni ta’minlaydi:
restrlar shakllanguniga qadar yer uchastkalari va alohida obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini qayta ishlash hamda ma’lumotlarni tuman yer resurslari va davlat kadastri xizmatiga berish;
yer uchastkalari va alohida obyektlarning kadastr raqamlari, aloqa manzillari yoki foydalanuvchilarning nomlari bo‘yicha axborotlarni qidirish va olish;
foydalanish turi va funksional mohiyati bo‘yicha obyektlar guruhlari to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish va tanlash.
“Yerdan foydalanishning yer ma’lumotlar bazasi” dasturiy majmuasini yaratishning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Microsoft Access – 2010 muhitida ma’lumotlar bazasining tarkibi hisoblangan jadvallar, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar (restrlar) tarkibini ishlab chiqish;
yerdan foydalanuvchilar obyektlari va yer uchastkalarining ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;
yo‘qlama qilish bo‘yicha ishlarni shakllantirish va tuman yer resurslari hamda davlat kadastri xizmatiga berishda kompyuter hisobotlari shakllarini ishlab chiqish;
dasturiy majmuadan foydalanuvchiga qo‘llanma ishlab chiqish.