Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Ma’lumotlarni tasvirlash usullari



Download 8,66 Mb.
bet80/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Ma’lumotlarni tasvirlash usullari


Hisobot koʻrinishida tasvirlash. Ma’lumotlar qayta ishlanib boʻlinganidan soʻng hisobot koʻrinishida ham taqdim qilinishi mumkin. Bunda barcha tahlil qilingan ma’lumotlar oʻquvchiga oson boʻlishi uchun sodda tilda yoziladi hamda matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar ham kiritiladi.
Karta koʻrinishida tasvirlash. Geoaxborot tizimining eng ommaviy mahsulotlaridan biri bu kartadir. Kartalar geoaxborot tizimini qoʻllagan holda osongina tayyorlanadi va u orqali geoaxborot jarayonlari natijalarini oʻzaro bogʻlovchi samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimi karta ishlab chiqarishda yetakchidir. Ushbu tizimdan foydalanuvchi ishlab chiqarilgan kartalarning sifatiga e’tibor qaratishi lozim, chunki geoaxborot tizimi odatda ba’zi kartografik tamoyillarni hisobga olmaydi.
Sxema (layout) – bu bosmaga tayyorlangan kartadir (5.8-rasm). Sxema nafaqat bizning kartamiz, balki nomi, shartli belgilari, shimol yoʻnalishi, boshqa matnli axborot, hattoki grafiklar va rasmlarni oʻzida aks ettiradi. Sxemaning eng muhim elementlariga ramka, mavzu, shartli belgi, masshtab, shartli nomlar (labels) va shimol yoʻnalishlari kiradi. Bunday elementlar odatda annotatsiyalar deb ham ataladi.

Grafik tasvirlar, gridlar ham annotatsiyaga kiradi. Barcha annotatsiyalar alohida boʻlib, ular oʻzgartirishi va katta yoki kichiklashtirishi, oʻgirishi mumkin.



5.8-rasm. Sxemaga misol (Manba: Bxatta, 2008)
Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash. GAT kartalarini yaratishdan yana bir maqsad bu joyning haqiqiy modelini yaratishdir. Yer sathining barcha tafsilotlarini tahlil qilish uchun biz uch oʻlchamli modellardan foydalanamiz (5.9- rasm). Uch oʻlchamli tasvir ikki oʻlchamli tasvirdan koʻra axborotni koʻproq va keng koʻlamda yetkazadi. Uch oʻlchamli tasvirlashning ahamiyati shundaki, biz u orqali axborotni koʻramiz. Uch oʻlchamli tasvir orqali inson miyasi koʻproq narsani eslab qoladi. Ma’lumotni uch oʻlchamli qilib tasvirlash GATda qoʻllanilgani bois hozirda uning ajralmas qismi boʻlib qoldi. Bunday tasvirlash usuli bizga geofazoviy tahlil jarayonida katta yordam berib, yer yuzasidagi relyef oʻzgarishlarini koʻrishimiz mumkin.
Geoaxborot tizimi ma’lumotini yaratish va tasvirlash bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga oladi.





5.9-rasm. Berilgan oʻlchamlarni qoʻllash orqali hosil qilingan uch oʻlchamli tasvir(Manba: Internet)
Uch oʻlchamli GATni yaratish va ishlatish uchun zarur boʻladigan ma’lumot va axborot turkumiga ortogonal tasvirlar, DTM (Digital Terrain Model), uch oʻlchamli (3 Dimensional) xususiyatlar (vektor chiziqlar) va fazoviy xususiyatlar (balandlik axboroti bino uchun) bilan bogʻlangan fazoviy boʻlmagan atribut axborotlar kiradi. Turli xil qayta ishlash bosqichlaridan foydalanib, uch oʻlchamli ma’lumot avtomatik ravishda tasvirdan yigʻilishi yoki ajratib olinishi mumkin. Raqamli fotogrammetrik vositalar cheklanmagan tarzda va uch oʻlchamli ma’lumotni tartibli ravishda yigʻish uchun turli fotografiya va tasvirlarga yoʻl ochib beradi.




5.10-rasm. Maxsus dasturlar (MATLAB) yordamida hosil qilingan uch oʻlchamli tasvirlar (Manba: Internet)

Kompyuter monitorida uch oʻlchamli tasvir hosil qilishda turli usullardan, turli ranglardan, yorugʻlik berish orqali relyef hosil qilishdan foydalaniladi. Bundan tashqari, GATda uch oʻlchamli model hosil qilishda MatLab (MATLAB) dasturining ahamiyati juda katta. Shu sababli bu dasturni oʻrganish geoaxborot tizimini toʻliqroq tushunishga yordam beradi (5.10-rasm).



Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish