Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish



Download 8,66 Mb.
bet53/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish


Ma’lumki, fotogrammetriyada yer yuzasini samolyot yoki kosmik apparatlarga oʻrnatilgan fotoapparatlar yordamida olingan aerokosmik suratlardan foydalanib plan, karta tuzishga e’tibor qaratilgan bo’lib, bunda yer modelini yaratishga katta ahamiyat beriladi. Hosil qilingan modeldan haqiqiy georeferenslangan yer koordinatalarini olish uchun nazorat nuqtalari yordamida suratlarni referenslash kerak (qoʻl yordamida raqamlashtirish jarayoni bilan bir xil). Nazorat nuqtalari yer syomkasi yoki GPS yordamida aniqlanadi.
Oʻlchovlar stereoplotter deb ataladigan qurilma yordamida bir-biriga qoplanib hosil qilingan juft suratlardan olinadi. Bu qurilma yordamida model yasaladi va uch oʻlchamli oʻlchovlar olinadi, tahrir qilinadi, yigʻiladi hamda ma’lumot va grafiklar kartaga chiqariladi. Stereoplotterlarning rivojlanish bosqichlari 3 turga: analog (optik), analitik va raqamli kabilarga boʻlinadi. Hozirgi kunda mexanik analog stereoplotterlar kam ishlatiladi.
Eng koʻp ishlatiladigan qurilma turi analitik (analog va raqamli stereoplotterlarning oʻzaro yigʻindisi) va raqamli (toʻlaligicha kompyuter tizimi orqali ishlaydi) stereoplotterlardir. Ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan mexanik qurilmalar oʻrnini toʻlaligicha raqamli stereoplotterlar egallab oladi. Stereomodellarni koʻrishning turli yoʻllari mavjud va ulardan keng tarqalgani bu tekis ekranga ega boʻlgan oddiy stereoskop va kompyuter ekranidagi qizil/yashil tasvirlarni yoki qutb nurlarini maxsus koʻzoynaklar orqali koʻrishdir.
Uch oʻlchamli tekislikdagi tasvirlarni boshqarish uchun fotogrammetriya tizimidagi kompyuterlar uch oʻlchamli kursorga ega boʻlgan sichqoncha va qoʻl yordamida boshqariladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, kursorlarning ham uch oʻlcham, ya’ni X, Y, Z boʻylab harakatlanish imkoniyatini beradi. Uch oʻlchamli modellardan vektor obyektlarni olish turlari qoʻl yordamida raqamlashtirish kabi avtomatik, yarim avtomatik va qoʻl yordamida turlariga boʻlinadi. Birgina farq mazkur turda Z balandlik qiymati ham hisobga olinishi lozim.



4.2-rasm. An’anaviy fotogrammetrik jarayon (Manba: Internet)
4.2- rasm raqamli fotogrammetriyadagi an’anaviy ish jarayonini koʻrsatib beradi. Bu yerda koʻrinib turganidek (ya’ni 3 xil rangda), raqamli fotogrammetriya 3 ta muhim qismga ega. Bu qismlar ma’lumot kiritish, ma’lumotni qayta ishlash hamda karta va boshqa ma’lumotlarni nashr etishdir. Moʻljallash (oriyentatsiya) va triangulatsiya bu fotogrammetriyada ma’lumotni qayta ishlashning asosiy vazifalaridan biridir. Moʻljallash deganda biz aniq koʻrish uchun stereomodellarni yaratish va bu modellardan keyin geografik obyektlarni tasvirlash uchun uch oʻlchamli vektor koordinatalarni olish jarayonini tushunishimiz zarur. Triangulatsiya bu katta maydonlar haqida aniq va oʻzgarmas axborot olish uchun bir necha tasvirlarni umumiy bir modelga birlashtirish jarayonidir. Raqamli fotogrammetriya ish jarayonining mahsuli turkumiga raqamli relyef modeli (DEM – Digital Elevation Model), konturlar, ortotasvirlar, vektor birliklar va albatta uch oʻlchamli koʻrinish (3D Scene) lar kiradi.
Raqamli relyef modeli (DEM) bu balandlik qiymatlarining toʻgʻri oʻqlaridir. DEM juft stereotasvirlarni oʻzaro nazorat nuqtalari yordamida birlashtirishdan hosil qilinadi. DEM hosil qilinganda maxsus algoritmlar
yordamida konturlarni olish aniq boʻladi. Ortotasvirlar bu DEM yordamida
joyning past-balandliklaridagi oʻzgarishlarni hisobga olib toʻgʻrilangan tasvirlardir. Bu tasvirlar hozirgi kunda kamxarajatliligi tufayli koʻp ishlatilmoqda. Bunday turdagi tasvirlarni qoʻl yordamida tasvirlash jarayonida aniq ma’lumot manbayi sifatida ham ishlatishimiz mumkin.
Vektor xususiyatlarni olish boʻlimi ustida uni rivojlantirish boʻyicha hozirgi kunga qadar ishlar olib borilmoqda, chunki haligacha bu boʻlim toʻlaligicha avtomatlashtirilmagan. Eng koʻp qoʻllaniladigan usul spektral tahlil va fazoviy qoidalarni birlashtirish orqali xususiyatlarni olishdir. Oxirgi boʻlim, ya’ni uch oʻlchamli (3D) koʻrinish esa hosil qilingan vektor xususiyatlar va DEM, ortotasvirlar bilan bogʻlab birlashtirishdan paydo boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, fotogrammetriya bu samarali ma’lumot olish texnikasidir. Ba’zida esa ma’lum obyektning topografik ma’lumotini olishning eng yagona amaliy usuli ham boʻlishi mumkin. Noqulaylik taraflaridan biri bu ishning qiyinligi va qurilmalarning qimmatligidir. Bu esa ulkan masshtabdagi joylarning ma’lumot olish ishlarini chegaralab qoʻyadi.

    1. Download 8,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish