Portal katalogi (Portal Catalog). Bunda indekslangan (Indeks – bu ma’lumot strukturasi boʻlib, u qidiruvni tezlashtiradi) geofazoviy ma’lumotlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi va bu boʻlim juda muhim hisoblanadi.
Chop etish (Publish). Bunda foydalanuvchi turli usullar orqali metama’lumotlarni chop etishi mumkin boʻladi.
Izlash (Search). Bunda metama’lumotlar izlanadi va foydalanuvchi geoportal orqali oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni fazoviy, mavzuli hamda vaqtli mezonlar orqali izlab topishi mumkin.
Kartani koʻrish (Map Viewer). Bu xizmat turi foydalanuvchiga ma’lumotlarni karta koʻrinishida berishga moʻljallangan boʻlib, bunda kartaning oʻzida qiziqtirgan hudud yoki soha boʻyicha ma’lumot olish imkoniyati bor. Foydalanuvchi bir vaqtning oʻzida bir necha mavzuli kartalar yoki manbalardan ma’lumot olishi mumkin boʻladi.
Kanal tahrirlovchi (Canal Editor). Bu xizmat turida foydalanuvchi oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni maxsus kanallar orqali izlashi mumkin. Bunda u mavzuli, ma’lum bir hodisa yoki muammoga bogʻlangan boʻladi. Bunday holda kanalga nom berilib, portalning oʻzidan belgilab topilishi mumkin.
Yigʻish moslamalari (Harvesting tool). Bu moslama orqali metama’lumotlar avtomatik jarayon orqali boshqa metama’lumotlardan yangi yaratilishi va yangilanishi mumkin boʻladi.
GAT va multimedia vositalari
Multimedia – bu turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Bu texnologiyani qoʻllagan holda tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda GAT muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda, jumladan karta va planlarning chegarasi yanada mustahkamlanib, sifati ham oshib bormoqda. Lekin foydalanuvchiga ma’lumotni faqatgina ikki oʻlchamli tasvirlar orqali oddiy qilib yetkazib berishning oʻzi kifoya qilmaydi.
Hozirda geografik ma’lumotga boʻlgan talab ortmoqda va ma’lumot koʻrinishi turlicha (video, uch oʻlchamli va h.k.) boʻlishini taqozo etmoqda. Bu muammoni GAT va multimedia texnologiyalarini oʻzaro birlashtirish orqali hal qilish mumkin. Multimedia orqali aloqa matn, grafik, animatsiya va video bilan amalga oshirilishi mumkin. Multimedia GAT birlashmasi yakka holda bajarishi mumkin boʻlmagan operatsiyalarni bajarishga qodir.
Multimedia GATning geografik va boshqa axborotlarni tasvirlash imkoniyatini kengaytiradi. Bir necha turdagi multimediani ishlatish koʻpincha axborotni va fikrlarni yanada boyitib va kengroq tushuntirib berishga xizmat qiladi. Multimedia ham, oʻz navbatida, GATdagi fazoviy ma’lumotlar tahlili ma’lumotlaridan foydalanadi.
Multimedia va GAT 3 xil usulda birlashtirilishi mumkin:
GAT multimediada.
Multimedia GAT va internet.
GAT yoki veb-GAT.
Multimedia va GATning oʻzaro birlashuvi koʻpgina yangi xizmat turlarini keltirib chiqardi. Global navigatsiya tizimi bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |