Onlayn geoaxborot xizmatlari
Onlayn geoaxborot tizimi yoki boshqacha nomi veb geoaxborot tizimi bu tashkilotingizdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun sizning ma’lumotlaringizni yetkazib beruvchi xizmat turidir. Milliy geodeziya va kartografiya tashkilotlari, geoinformatika markazlari, yer resurslari qoʻmitasi yoki fazoviy ma’lumotlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun ushbu xizmat turini joriy etish juda ham muhimdir. Bunda siz ishlayotgan biror-bir geoaxborot dasturi internet orqali (onlayn) mavjud boʻladi. Eng asosiysi, onlayn xizmatlar oddiy foydalanuvchi uchun ishlatilishi oson, ma’lumotni izlash va soʻrovlar oʻtkazish soddalashtirilgan boʻlishi lozim. Ammo ba’zi geoaxborot mutaxassislari uni birmuncha qiyinroq koʻrinishda ham yaratishlari mumkin. Onlayn xizmatlar bu usullar orqali pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirib, barqarorlikka erishishi mumkin. Yana bir muhim jihati shundaki, hozirgi kunda internet tarmogʻiga nafaqat shaxsiy kompyuterlardan, balki uyali telefon, planshetlar orqali ham kirishmoqda. Bu esa oʻsha qurilmalarga mos maxsus dasturlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Hozirgi kunda internet tarmogʻiga ulanish narxi arzonlashmoqda, tezligi esa ortmoqda. Bunday rivoshlanish geoaxborot tizimi dasturlarida onlayn ishlash imkoniyatini bermoqda. Shuning uchun onlayn geoaxborot xizmatlari kelajakda katta muvaffaqiyatga erishadi, deb ayta olamiz.
Veb-GAT ham, oʻz navbatida, takomillashib bormoqda. Soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, veb-GAT bu GAT ma’lumotlarini onlayn tarzda veb- sahifalardan olish va ba’zi veb-sahifalarning GAT maxsus dasturlari kabi turli operatsiyalarni bajarish imkoniyatidir. Bunday internet orqali GATni aks ettirishning bir necha afzalliklari mavjud. Jumladan:
Butun dunyo boʻylab axborot olish imkoniyatlari, ya’ni internet dunyoning istalgan burchagida foydalanish uchun tayyor.
Standart interfeys: har bir veb-sahifa barcha uchun qulay boʻlgan izlash (browse) xususiyatiga ega va hech qanday qoʻshimcha dastur yoki tizim oʻrnatilishi zarur emas (odatda maxsus GAT dasturiga ishlash uchun mos dasturni oʻrnatish zarur boʻladi). Bu ortiqcha ishlardan xalos etadi.
Tezligi va ishlatish xarajati oʻrinli: barcha axborotlarni haqiqiy manbadan toʻgʻridan toʻgʻri olish mumkin.
Hozirgi kunga kelib yuqoridagi afzalliklarni hisobga olgan holda veb- sahifa orqali GAT amallarini bajarish GATning standart platformasiga aylanib bormoqda. Hozirda internet tarmogʻida ulkan koʻlamdagi axborot xizmatlari mavjud. GATni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yaratgan dasturlarning veb dasturlari jumlasiga ArcIMS, GeoMedia va boshqa dasturlarni kiritish joiz. Bunday rivojlanish davom etsa, kelajakda deyarli barcha foydalanuvchilar veb- GAT tizimiga oʻtib ishlaydilar. Bunday foydalanuvchilar uncha murakkab boʻlmagan GAT amallarini yoki GAT mahsulotlari (karta, grafik, jadval)ni koʻra olishi mumkin, lekin murakkab operatsiyalarda keng koʻlamli GAT ishlarini olib boruvchi mutaxassislar uchun bunday veb-GAT tizimi yetarlicha ma’lumot va imkoniyatlar bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |