12
3-§. Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va
boshqaruv shakllari
Tayanch iboralar
Davlat, unitar davlat, federativ davlat, respublika, monarxiya, konstitutsion
monarxiya, mutlaq monarxiya, federal monarxiya, mutlaq teokratik monarxiya.
Har qanday mamlakatning davlat tuzumi uni idora qilish shakli bilan ajralib
turadi. Idora qilishning ikki asosiy –
respublika
va
monarxiya
shakllari keng
tarqalgan. Respublika shakli qadimdan ma’lum (Qadimgi Rim) bo‘lsa ham, uning
keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
2013-yilda jahonda 149 ta respublika mavjudligi qayd etilgan. Davlat
boshqaruvining shakli oliy davlat hokimiyatining tuzilishini ko‘rsatadi, ya’ni u
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o‘rtasida davlatni boshqaruv ja-
rayonida kelib chiquvchi aloqalarni anglatadi.
Jumladan, prezidentlik respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari
prezident qo‘lida to‘plangan bo‘ladi (u davlat va hukumat boshlig‘i,
oliy bosh
qo‘mondon va hokazo). Prezidentlik respublikalarining turli xil variantlari AQSH,
Fransiya, Braziliya, Indoneziya, Chexiya, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi
mamlakatlarda o‘zining ifodasini topgan.
Parlamentlik respublikalarda hokimiyatning asosiy vakolatlari parlament
qo‘lida bo‘ladi. Bunday davlatlarda prezident funksiyalari birmuncha chek-
langan bo‘ladi. Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya, Isroil, Tur-
kiya, Hindiston va boshqalar ana shunday davlatlar sirasiga kiradi (ilovalarga
qarang).
Davlat boshqaruvining monarxiya shaklida jamiyatdagi turli
xil diniy va ijti-
moiy-siyosiy funksiyalari o‘zining amaliy ifodasini topadi. Shundaylar qatoriga
teokratik monarxiya ham kiradi. Bunda monarx hokimiyat vazifalaridan tashqari
bir vaqtning o‘zida diniy rahbar vazifasini ham bajaradi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 45 ta monarxiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ichida
aksariyat ko‘pchiligi konstitutsion monarxiyadan iborat. Bunday monarxiyalarning
soni, ayniqsa, Yevropada ko‘p. Konstitutsion monarxiyalarning soni Osiyoda 9
ga, Afrikada 3 ga, Amerikada 9 ga teng (asosan, Karib dengizi havzasida). Mut-
laq monarxiyaning umumiy soni 4 tadan iborat, ularning barchasi Osiyoda joy-
lashgan. Jahonda mutlaq teokratik monarxiya 2 ta bo‘lib, ularning birinchisi is-
lom diniga (Makka-Madina), ikkinchisi xristian diniga (Vatikan) tegishli.
Har qanday mamlakatning ma’muriy-hududiy tizimi davlat tuzilishining
ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat tuzilishining shakli). Mazkur bel-
13
giga binoan jahonda juda ko‘p mamlakatlar unitar davlatlardan tashkil topgan
1
.
Bunday davlatlarda boshqaruv markazlashgan holda amalga oshi riladi.
1
Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli – bu
federatsiya yoki federativ
davlatdir
2
. U federatsiya subyektlari (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va b.)
dan tashkil topadi. Federativ davlatlarning soni XXI asr arafasida 27 ta, shu jum-
ladan Yevropada 8 ta, Osiyoda 5 ta, Afrikada 5 ta, Amerikada 7 ta hamda
Avstraliya va Okeaniyada 2 tadan iborat bo‘ldi. Federativ davlatlarni barpo etishda
ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, GFR, BAA va b.), hududi-
ning benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki hududining sochilib
ketganligi (Mikroneziya
Federativ shtatlari, Komor orollari Respublikasi va b.)
yoxud aholisining ko‘p millatliligi (Hindiston, Nigeriya, JAR va b.) va boshqa
sabablar hisobga olingan.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ma’muriy-hududiy tuzilmaga (MHT)
murakkablik va ko‘p pog‘onalik xosdir. MHT da, odatda, uch pog‘ona ajratiladi.
Ayrim hollarda u juda ko‘p pog‘onalarga ega bo‘ladi. Jumladan, Fransiyada 26
ta rayon, 100 ta departament va 36,5 mingta kommuna mavjud. AQSHda 50
ta shtat 30 mingdan ortiq grafliklarni birlashtiradi.
Grafliklar, o‘z navbatida,
taunshiplar va munitsi palitetlarga bo‘linadi. Bulardan tashqari, yana bir necha
mingta maxsus okruglar ham mavjud.
O‘zbekistonda MHTning respublika, viloyat, tuman hamda fuqarolar yig‘inlari
bo‘laklari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: