Genom tuzilishi. Uy sichqonchasi genomini aniqlash 2002 yilda tugallandi. Shu bilan birga, u odam genomiga o’xshashligi 80% ga teng ekanligi ma’lum bo’ldi. Sichqoncha genomining uzunligi 2,5 milliard juft nukleotiddan tashkil topgan bo’lib, odamdan ozgina kamligi bilan farq qiladi (2,9 milliard bp), genlar soni esa taxminan 30 000 ga teng, bu esa odamlarning genlari soniga yaqindir. Bu odam genlarining funktsiyalarini tegishli genlarni laboratoriya sichqonlarida genlarni blokirovka qilish orqali o’rganishga imkon beradi. Oxirgi yillarda, insonda turli xil patologik holatlarni o’rganish maqsadida, sichqonlarning turli xil liniyalari va nasllari hosil qilingan.
Mus Muskulus sichqonchasining genomida 40 ta xromosoma mavjud va uning hajmi taxminan 3450 MB ni tashkil qiladi. Uning genomini ketma-ketligi 22-25 ming gen mavjudligini ko’rsatdi, ularning 79% inson genlari uchun gomologik bo’lib, bu M. musculus ni gerontoligiya sohasidagi tadqiqotlarni qo’yishda muhim ob’ektlardan biri hisoblanadi.
Sichqonlar boshqa umumiy genetik modellarga qaraganda genetik, anatomik va fiziologik jihatdan odamlarga o’xshashdir. Ularning boshqa afzalliklari - parvarish qilishning nisbatan qulayligi va qisqa umr ko’rishi (maksimal 4 yil), to’liq ketma-ket genom tarkibini o’rganishda, rivojlangan molekulyar biologik usullardan foydalanish imkonini beradi. O’rtacha umr ko’rishi sichqon organizmida metabolizm darajasiga va tana hajmi bilan bog’liqdir. Shuning uchun sichqonlar biokimyoviy moddalarni taqqoslash uchun muhim ob’ekt hisoblanadi.
Sichqonlarda uzoq umr ko’rish bilan bog’liq bo’lgan genlar boshqa gen tizimlariga qaraganda kechroq aniqlanganiga qaramay, kemiruvchilarda oziqa kaloriyasining cheklanishi ijobiy ta’siri ko’rsatgan birinchi modellardan biri edi. Ma’lum bo’lishicha, umrni uzaytiradigan va qarishni sekinlashtiradigan universal tashqi muhit ta’siri ekanligi aniqlangan. Shunga ko’ra, sichqonlar gen ekspressiyasining yoshga bog’liq dinamikasini o’rganish uchun qulay modeldir.
Biroq, sichqonlarda natijalarni odamlarga qo’llash no’to’g’ridir, chunki sichqonlarga tezlashtirilgan qarish, odamlarga esa asta-sekin qarish xosdir. Odam va primat hujayralaridan farqli o’laroq, laboratoriya sichqonlari hujayralari juda uzun telomerlarga ega va shuning uchun replikativ qarishni sezmaydilar. Shu bilan birga, sichqon hujayralari oksidlanish jarayonlari stress tufayli erta qarishi inson hujayralariga nisbatan ancha sezgir. Sichqonlar, nematodalar va Drosophila singari, yog ‘to’qimalarida insulin retseptorlarini o’chirib qo’yish kabi hususiyatlarining mavjudligi, umrining uzayishiga sabab bo’ladi, odamlarda esa insulin signalizatsiyasining buzilishi diabet kasalligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |