Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Replikatsiya jarayonining mohiyatini ochib bering?
Replikatsiya necha bosqichdan iborat?
Replikatsiya initsiatsiyasida qanday turdagi fermentlar ishtirok etadi?
Replikatsiya elongatsiya jarayonida qanday turdagi fermentlar ishtirok etadi?
6-BOB. GENOMLAR, ULARNING XILMA-XILLIGI VA STRUKTURASI
Mus musculus genom tuzilishi.
Uy sichqonchasi ( lot. Mus musculus ) - kemiruvchilar turiga mansub bo’lib, odamlar bilan birga yashash qobiliyati tufayli uy sichqonlari butun dunyoga tarqalgan va sutemizuvchilarning eng ko’p sonli turlaridan biri hisoblanadi.
Sichqonlar laboratoriya tadqiqotlarida eng ko’p qo’llaniladigan organizmlardir. Ular uy hayvonlari sifatida ham keng tarqalgan.
Ayni paytda uy sichqonchasining taxminan 130 kichik turi tavsiflangan. Ular 4 asosiy turkumlarga birlashtiriladi:
Mus musculus - Sharqiy Evropa (Polsha va undan sharqqa), Rossiyaning katta qismida tarqalgan.
M. m. domesticus - Evropa , Amerika, Avstraliya, Afrikaning katta qismida tarqalgan.
M. m. bactrianus - Osiyo (Janubi- Sharqdan tashqari).
M. m. kastaneus - Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.
So’nggi yillarda beshinchi tur Yaponiyaning qo’yi turi aniqlangan bo’lib, M. m. molossinus deb atalgan , ammo so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, M. musculus va M. m. kastaneus orasidagi gibrid deb tahmin qilinadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, qadimgi Rimda sichqonlarni kalamushlardan ajratish odat emas edi, shuning uchun sichqonlar Mus Minimus, kalamushlar esa Mus Maksimus deb nomlangan.
Tabiiy sharoitda bir xil genga ega bo’lgan ikkita individni topish imkonsiz bo’lgani uchun, laboratoriya sichqonlarining ko’p liniyalari o’zaro qarindosh individlarning chatishishi natijasida yuzaga keladi. 18-20 avlod qarindoshlik aralashuvidan so’ng barcha individlar genetik jihatdan bir hil va bir-biriga o’xshash egizaklar singari liniyalar olingan. Liniyalar maxsus nomenklatura bilan belgilanadi, genomni aniqlash uchun ishlatiladigan sichqonlar C57BL / 6J liniyalariga tegishli bo’lgan. Birinchi nasl liniyalari 1909 yilda ishlab chiqarilgan, sichqonlarda rangning irsiylanishini o’rgangan amerikalik olim Klarens K. Little bo’lib, u och jigar rangga va sut bezlari o’smalariga ega bo’lgan bir juft sichqonchani o’stirdi va keyingi 5 yil ichida, o’zaro chatishtirilgan 20 dan ortiq avlodlarini hosil qildi. Shunday qilib, birinchi darajali saraton kasalligiga ega bo’lgan sichqonlarning DBA liniyalari hosil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |