Genomika asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 9,45 Mb.
bet9/109
Sana11.03.2022
Hajmi9,45 Mb.
#489803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
genomika fanidan o`quv qo`llanma

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.”Gen” termini qaysi olim tomonidan birinchi marta fanga kiritilgan?
2. “Genom” talqiniga ko’ra, ma’nosini tushuntirib bering?
3. Genning strukturaviy va funktsional irsiy birligi deganda nimani tushunasiz?
4. Genomikaning bugungi rivijlangan qanday bo’limlari mavjud?
5. Genom o’lchami va hajmi tirik organizmlarda qanday farq qiladi?
6. Genomika asoslari fanining maqsadini ochib bering?
7. Genomika asoslari fanining rivojlanish tarixiy asosiy bosqichlari ochib bering?

2-BOB. DNK, RNK tuzilishi va funksiyasi.
Nukleotidlarning tuzilishi va xususiyatlari





1-rasm. Ionlarning kontsentratsiyasi va molekulaning nukleotid tarkibiga qarab, tirik organizmlarda DNKning ikki karra spirali turli shakllarda mavjud. Rasmda A , B va Z shakllari ko’rsatilgan (chapdan o’ngga)
Dezoksiribonuklein kislota (DNK) – bu tirik organizmlarning rivojlanishi va faoliyati uchun genetik dasturni saqlash, avloddan avlodga yetkazish va amalga oshirishni ta’minlaydigan makromolekuladir. DNK molekulasi biologik ma’lumotlarni nukleotidlar ketma-ketligidan iborat genetik kod shaklida saqlaydi. DNKda har xil turdagi RNK va oqsillarning tuzilishi haqida ma’lumotlar mavjud. Eukariot hujayralarda – hayvonlar, o’simliklar va zamburug’larda DNK xromosomalarning bir qismi sifatida hujayra yadrosida, shuningdek ba’zi hujayra organoidlarida – mitoxondriya va plastidlarda joylshgan. Prokariot organizmlar – bakteriyalar va arxeylar hujayralarida aylana yoki chiziqli DNK molekulasi, ya’ni nukleoid deb ataladigan hujayra membranasiga biriktirilgan. Quyi taraqqiy etgan eukariotlar masalan, achitqi zamburug’ida plazmidlar deb nomlangan kichik, avtonom, asosan aylana shaklidagi DNK molekulalari mavjud. Bundan tashqari, bitta yoki ikki zanjirli DNK molekulalari DNK – tutuvchi viruslarda viruslar genomini hosil qilishi mumkin.
Kimyoviy nuqtai nazardan, DNK bu takrorlanadigan bloklar – nukleotidlardan tashkil topgan uzun polimer molekuladir. Har bir nukleotid azotli asos, shakar – dezoksiriboza va fosfat kislota guruhidan iborat. Zanjirdagi nukleotidlar orasidagi bog’lanishlar dezoksiriboza va fosfat kislota guruhi fosfodiefir bog’lari orqali hosil bo’ladi. Aksariyat hollarda bir qatorli DNKni o’z ichiga olgan ba’zi viruslar bundan mustasno. DNK makromolekulasidagi azotli asoslar bir-biriga komplementar ikkita zanjir asosida tashkil topgan. Ushbu ikki zanjirli molekula spiral chiziqqa o’ralgan. Umuman olganda, DNK molekulasining tuzilishi an’anaviy “qo’sh spiral” shaklida tan olingan, lekin, ushbu ko’rinish noto’g’ri nomlangan bo’lib, aslida “ikkita vint” shaklidagi nomlanish to’g’ri hisoblanadi. Spiral o’ng tarafga og’gan bo’lsa, DNKning A- va B shakllari, chap tarafga og’gan bo’lsa, DNKning Z-shakli deb ataladi (1-rasm).




Download 9,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish