Genomika fanining mustaqil fan sifatida shakllanishi. Genetika, Genomika fanining bir bo`lagi bo`lib genomlar va alohida olingan genlarni molekulyar darajada o`rganadi. Ularning strukturasining struktur genomika va funksiyalarini (funksional genomika) va shuningdek ularning gen muhandisligida biotexnologiya va gen terapiyasida (tibbiyot genomikasi yoki genom tibbiyoti ishlatilishini o`rganadi.
Genomika vazifalariga quyidagilar kiritiladi.
Genomlarni to`liq sekvenirlash ularning genetik murakkabligi molekulyar tizim sifatida taqqoslash va baholash.
Avval ma’lum bo`lmagan genlarni aniqlash turli xil genlar va genomlarni funksional va struktur o`xshashligini qiyosiy tahlil qilish.
Murakkab hujayraviy molekulyar-genetik tizimni boshqarishning tuzilma prinsiplarini aniqlash.
Rossiyalik (Novosibrisk) genetigi V.A.Ratier talqiniga ko`ra genomika zamonaviy molekulyar genetikaning asosiy usullarining nuqtalaridan biri hisoblanadi. Hujayra avlodlarida genom elementlarining DNK diskert fragmenti sifatida irsiylanadi, ular nukleotidlar tarkibiga ko`ra va funksional belgilariga ko`ra farq qiladi. Ularni quyidagi kategoriyalarga bo`lish mumkin:
Obligat elementlar – struktur lokuslar, ularning soni va genomda joylashishi doimiydir. Ularning orasida ekspressiya genlarini ajratish mumkin (hause keeping genes). Ularning mahsuloti hamma tipdagi hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlaydi.To`qima maxsus genlar obligat elementlar sifatida ontogenezning ma’lum davrlarida ma’lum tipdagi hujayra va to`qimalarda maxsuslashgan funksiyalarni ta’minlaydi..
Fakultativ elementlar – ularga viruslar, Y-xromosomalar, DNK ning amplifikatsiyalashgan nusxalari kiradi.
Mobil- migratsiyalovchi genetik elemenlar – transpozonlarni va retrotranspozonlarni o`z ichiga oladi. Transpozonlar genomda oqsilli komplekslar yordamida transpozonda fermentlarning faolligini ta’minlovchi ular harakatchan elementni tashish xususiyatiga ega bo`lib ularni yangi-yangi joyga ko`chishini amalga oshiradi. Ular inson genomining 3 % ini tashkil qiladi va 300 000 ta nusxada keltirilgan bo`lib, 7 ta turli xil sinflardan iborat, harakatchan elementlarning boshqa sinfi retrotranspozonlardir. Transpozonlardan farq qilib ular xromosomalarda kesilmaydi. Ularning ko`chib yurishi retrotranspozonlarning transkripsiyasiga bog`liq bo`ladi. DNK matritsasida RNK sinteziga uning orqali orqasidan teskari transkripsiyasi o`tadi, ya’ni RNK dan DNK zanjiri hosil bo`ladi.