Genomning o’zgaruvchanligi va tartiblash xatolari.
|
|
Genomni haritalash ishlarida asosiy muammo shundaki, har qanday o’rganilayotgan genomda o’zgaruvchanlik mavjud bo’lib, SNP ketma-ketliklari va indellar orqali aniqlanadi, ushbu ketma-ketliklar albatta tartiblash xatolari tufayli farq qiladi. SHu sababli, genomni o’qishda va uning "to’g’ri" holatda algoritm yozuvlarini hosil qilishda, genom har qanday joyida ko’proq farqlar bo’lishi kuzatiladi va haritalash dasturlarida noto’g’ri joylarni topish kerak bo’ladi. Bu maqsadda turli xil yondoshuvlar qo’llaniladi. Bunday tajribalarda RNK-seq usullari qo’llanilganda, natijalar bilan ishlash muammo yanada murakkablashadi. Ketma-ketliklarni aniqlash va o’qish ishlarini takroriy o’tkazish natijasida qo’shimcha xatolar kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarda, ketma-ketliklarning haritalashda joyini aniqlash imkoni bo’lmaydi va ketma-ketliklarning tasodifiy joyini aniqlash yoki bir necha qismda joyini belgilash mumkin bo’ladi.
|
|
Hisoblash muammosi. Genom ketma-ketliklarin milliardlab nusxada hosil qilinsa, haritalash vaqti jiddiy muammo bo’lishi mumkin. Alignment har doim juda katta resurs talab qiladi, lekin bunday hollarda asosiy muammolardan biri protsessor vaqt va xotira uchun juda oqilona va samarali algoritmlarni ishlatishni talab qiladi.
|
|
Yondashuvlar. Bu muammolarni hal qilishda ikki asosiy yondashuv mavjud: xesh-jadvallardan va suffiks shajaralaridan foydalanish mumkin.
|
|
Xulosa
1.Birikkan holda irsiylanuvchi bir xromosomada joylashgan genlar majmuiga birikish gumhi deyiladi. Organizmdagi genlaming birikish guruhi shu organizm xromosomalarining gaploid to’plamiga teng bo’ladi.. Genetik xarita tuzishni hoyatda murakkab jarayon bo’lib, hozircha drozofila, makkajo‘xori, no’xat, pomidor, sichqon, neyrospora, ichak tayoqchasi bakteriyasi, odamning genetik xaritasi tuzilgan.
2.Genetik xaritadan farqli ravishda sitologik xaritada genlarni xromosomadagi haqiqiy o‘miuzunlik birliklarida ifodalanadi. Birinchi bor sitologik xarita drozofila mevapashshasining so‘lak bezlaridan olingan gigant xromosomalarida tuzilgan. Bu xromosomalaming genetik va sitologik xaritalari taqqoslanganda genlar joylanish izchilligi bir biri gamosekanligi aniqlandi. Amerikalik olim K.Bridjes drozofila meva pashshasining uchta autosomava X xromosomasining genetik va sitologik xaritasidagi genlar orasidagi masofani o’lchab taqqosladi.
3.Genetik xaritada organizmning xar bir birikish guruhi alohida
Tasvirlanadi va ularda joylashgan genlaming qisqartirilganliomi, genlar orasidagi masofa krossingover foizlari natijalariga qarab belgilanadi. Genlar orasidagi masofani ifodalashda xromosomaning bosh qismini lokusini nol deb olinib unga nisbatan genlami krossingover foizlari hisoblanadi. Shuning uchun genetik xaritada genlami lokusini krossingover miqdorida ifodalashda 50, 100 va undan ortiq raqamlar uchrashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. To’raqulov YO.X. Molekulyar biologiya. Toshkent.:O‘qituvchi. 1993 y.68b.
2.Latipova E.A. “Genomika asoslalari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua. Toshkent 2012 y.
3.Internetma’lumotlari
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |