Masalalar
1) Tajriba uchun 25ta ichak tayoqchasi bakteriyasi olindi. Bu bakteriyalar har 20 ,imutda ko’payish
hususiyatiga egadir. Shu bakteriyalarning 2 soatdan keyin qancha boladi
2) Fagning 10ta geni og’irligini hisoblang.
3) Malum bir DNK bo’lagidan 34ta aminokislotaga ega oqsil sintezlandi. Mutatsiya natijasida 3ta
aminokislota hosil bo’lmadi. Ushbu oqsil sintezida javobgar bo’lgan i-RNK t-RNK r-RNK ni sonini
aniqlang.
4) Transkripsiya va translatsiya jarayonlari roʻy berdi. Bunda Dnkning maʼlum bir qismi iwtroketdi
va 49ta peptid bogʻiga ega oqsil hosil boʻldi. Bunda i-Rnk dagi monosaxarid va fosfat kta yigʻindisi
shu jarayonda ishtrok etgan Dnkdagi monosaxarid va fosfat ktadan 4marta kam. Dnkdagi A-T
juftligi G-S juftligidan 4marta koʻp. Umumiy Dnk molekulasidagi vodorod bogʻlar soni nechta?
5) RNK zanjirida uratsil nukleotidlari soni 80 ta bo‘lib, u umumiy nukleotidlarning 40%ini tashkil
qiladi. DNK dagi umumiy nukleotidlarning 35% ini T tashkil etadi. Shu RNKni hosil qilgan DNKning
umumiy vodorod bog’lar sonini toping. (DNK molekulasida qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa
0,34 nm)
6) DNK da 2700 ta vodorod bog’ mavjud bo’lib A- T va G-S nukleotidlari nisbati 1,5:1. A-T
nukleotidlarining 20 %i mutatsiyaga uchragan bo’lsa, mutatsiyadan avvalgi DNK fragmentining
uzunligini toping.
7) Ma’lum bir uzunlikdagi DNK fragmenti tarkibidagi vodorod bog‘lar soni adenine nukleotidlari
sonidan 1400 taga, sitozin nukleotidlari sonidan 1200 taga ko‘p bo'lsa, DNK fragmentidagi
umumiy vodorod bog’lar sonini aniqlang. (DNK molekulasida qo'shni nukleotidlar orasidagi
masofa 0,34 nm ga teng.)
8) Adenin va sitozin nukleotidlari soni 2:1 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga
javobgar gendan 23 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK fragmenti G-S
orasidagi vodorod bog’lar sonini aniqlang?
9) DNK fragmentining 3/4 qismidan i-RNK sintezlandi. Agar DNKdagi jami nukleotidlar soni
oqsildagi aminokislotalar sonidan 1400 ga farq qilsa, oqsildagi peptid bog’lar sonini aniqlang
10) Odam organizmidagi gemoglabin oqsilining og’irligini toping.
11) DNK molekulasidagi nukletidlar soni 192ta bolib undagi vodorod bog’lar soni G lar sonidan 5
marta ko’p bo’lsa vodorod boglar sonini toping.
12) A=(G+S) holatda umumiy vodorod bog’lar soni 420ta bolsa DNK fragmentini uzunligini aniqlang.
13) 2ta DNK da 1000ta nukleotid bor T yigindisi 270ta 1-DNK da 25% T 2-DNK da 20% G bor bo’lsa
shu DNK ni uzunligi va og’irligni toping.
14) DNK dagi ummumiy H bog’lar soni 810 tani tashkil qilsa va ulardagi A va T lar orasidagi bog’lar
soni G va S orasidagi bilan tegishli ravishda 1:1.25 bo’lsa ushbu gendan sintezlanadigan
oqsilning tarkibidagi aminokislotalar orasidagi peptid bog’lar soni i-RNK dagi nukleotidlar
orasidagi fosfodiefir bog’lardan qanchaga farq qiladi?
15) Hujayradagi i-RNK molekulasidagi 80 ta uratsil nukleoiotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari
transkiripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida S nukleotidlari soni i-
RNKdagi U nukleotidlari sonidan 3 marta ko’p, G nukleotidlar soni 2marta kam. DNK ning shu
bitta zanjirdagi T nukleotidlar miqdori G va S nukleotidlarining yarmiga teng bo’lsa, DNK qo’sh
zanjiridagi vodorod bog’lar sonini toping.