Genlarning filogenetik shajaralarini urganish


BOB. NOALLEL GENLARNING O‘ZARO TA’SIRI



Download 101,97 Kb.
bet4/8
Sana04.04.2022
Hajmi101,97 Kb.
#527302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GENLARNING FILOGENETIK SHAJARALARINI URGANISH

BOB. NOALLEL GENLARNING O‘ZARO TA’SIRI

2.1Genlarning o‘zaro ta’siri
G.Mendel kashf etgan irsiyat qonunlari organizmlarning har qaysi belgisi faqat bir gen ta’sirida irsiylanishiga oid holatlarni o‘zida aks ettiradi. Organizmlarning boshqa ko‘p turlari, navlari va zotlaridagi belgilarning irsiylanishini o‘rganish natijasida genlar faoliyatidagi yangi qonuniyatlar ochildi. organizmdagi aksariyat belgilarning irsiylanishi bittagina genga emas, balki bir necha allel bo‘lmagan genlar faoliyatiga bog‘liq ekanligi isbotlandi. Belgilarning bir necha juft allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sir etib irsiylanishi quyidagi xillarda bo‘lishi mumkin:
– genlarning komplementar ta’siri (komplementar);
– genlarning epistatik (epistaz);
– polimer ta’siri (polimer).
Genlarning komplementar ta’siri turli allelga mansub genlar ba’zi belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga, ko‘pincha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo‘ladi. Misol uchun, tovuqning toji har xil zotlarida turli shaklda bo‘ladi. Bu narsa ikki juft genning o‘zaro ta’siri natijasida genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli tojlar to‘rt xil variantda: ya’ni oddiy (aabb), no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb), gulsimon toj (AAbb, Aabb) yong‘oqsimon toj (AABB, AaBB, AABb yoki AaBb) lar shaklda namoyon bo‘ladi (51- rasm).Genotipda allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri natijasida organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlarning komplementar, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlarning bunday ta’siri genotipi har xil bo‘lgan xushbo‘y hidli, oq gulli no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq namoyon bo‘ladi. olingan birinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda bo‘ladi. Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklarda ajralish: 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenotipik sinf (9/16) qizil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak natijaviy nisbat 9:7. ota-ona o‘simliklarning genotipi – AAbb va aaBB bo‘lib, ular ning har biri bittadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohida-alohida holda gulga qizil rang bera olmaydi, shuning uchun ota-ona no‘xat o‘simliklarining guli oq bo‘ladi. komplementar irsiylanishda fenotip jihatdan ajralish F2 da 9:3:3:1, 9:7, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarda bo‘ladi. Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri. Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rangdagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham, ularning bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasiga ham oq patli tovuq zotlari chatishtirildi. F1 da hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F1 duragay avlodi dagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish kuzatildi. ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa rangli patli tovuq-xo‘rozlar ekanligi aniqlandi.Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olingan duragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning rangli bo‘lishi)ga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Тovuq zotlarida IICC, IiCC, IiCc, iicc, IIcc, licc genotiplar patning oq bo‘lishini ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning rangli bo‘lishini ta’min etadi. Тovuq zotlarida patning oq yoki rangli bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. ularning birinchi jufti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning rangli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga zamin yaratadi. Unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen I-i esa, C-c genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen ingibitor gen deb ataladi va II, Ii holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada C geni genotipda bo‘lsa ham, patning rangli bo‘lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay avlodlarda, ota-ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi. Genlarning dominant epistaz ta’sirida F2 avlodida 13:3, 12:3:1; retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda ajralish ro‘y beradi.

Download 101,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish