172-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon rangli bo‘lib, 3 tasi qora bo‘lgan. Bu mushukchalarning otasi bo‘lgan mushukning fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang.
173-masala. Qora urg‘ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug‘ilgan bo‘lib, ularning bittasi toshbaqasimon va ikkitasi qora bo‘lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin?
174-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo‘lishi faqat urg‘ochi mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |