177-masala. Endi tuxumdan chiqqan jo‘jalarning jinsini birdaniga aniqlab bo‘lmaydi. CHunki, ularning jinsidan darak beruvchi tashqi belgilar hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Patning qora yoki chipor bo‘lishini ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashganligi e’tiborga olinsa, jo‘jalarning jinsini vaqtliroq aniqlash uchun belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi hodisasidan foydalanish mumkinmi?
178-masala. CHipor tovuqlar qora xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 1/2 qismi chipor va 1/2 qismi qora patli bo‘lgan. Jo‘jalarning jinsi aniqlanganda chipor patli jo‘jalarning hammasi xo‘roz va qora patlilarning hammasi tovuq bo‘lib chiqqan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning hamda jo‘jalarning genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |