Genetik kod jadvali
Aminokislotalar
|
Kodlovchi tripletlar – kodonlar
|
Alanin
|
GSU GSS GSG GSA
|
Arginin
|
SGU SGS SGA SGG AGA AGU
|
Asparagin
|
AAU AATS
|
Asparagin kislota
|
GAU GATS
|
Valin
|
GUU GUTS GUA GUG
|
Gistidin
|
SAU SATS
|
Glitsin
|
GGU GGS GGA GGG
|
Glutamin
|
SAA SAG
|
Glutamin kislota
|
GAA GAG
|
Izoleysin
|
AUU AUTS AUA
|
Leysin
|
SUU SUTS SUA SUG UUA UUG
|
Lizin
|
AAA AAG
|
Metionin
|
AUG
|
Prolin
|
SSU SSS SSA SSG
|
Serin
|
UTSU UTSS UTSA UTSG AGU AGS
|
Tirozin
|
UAU UATS
|
Triptofan
|
UGG
|
Treonin
|
ATSU ATSS ATSA ATSG
|
Fenilalanin
|
UUU UUTS
|
Sistein
|
UGU UGS
|
252-masala*. Ma’lum bir gen quyidagi nukleotidlardan tashkil topgan: T T T T A S A S A T T G S A G… SHu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibi qanday bo‘ladi?
Masalaning echilishi:
Berilgan gen joylashgan DNK molekulasi zanjiri asosida i-RNK molekulasi hosil qilinadi: A A A A U G U G U A A S G U S.
Ana shu i-RNK molekulasi axborotiga binoan sintezlanadigan oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha bo‘ladi: AAA – lizin, AUG – metionin, UGU – sistein, AATS – asparagin, GUTS – valin yoki lizin –metionin – sistein – asparagin - valin.
253-masala. Ma’lum bir belgining rivojlanishini ta’minlovchi gen nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan:
A A A T A A G T S G S A S S A T A G G S A
SHu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang.
254-masala. Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan: - arginin – arginin – valin – alanin – serin – serin – leysin. SHu oqsil molekulasini kodlovchi genda joylashgan nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
255-masala. Insulin oqsilining V deb ataluvchi katta zanjiri quyidagi aminokislotalardan boshlanadi: fenilalanin – valin –asparagin -glutamin kislotasi- gistidin -leysin. SHu oqsilning tuzilishi haqidagi axborotni o‘zida saqlovchi DNK molekulasining boshlang‘ich qismida joylashgan nukleotidlar tartibini aniqlang.
256-masala. Insulin oqsilining A deb atalgan kichik zanjiri quyidagi aminokislotalar ketma-ketligi bilan tugallanadi: leysin – tirozin- asparagin – tirozin – sistein – asparagin. Oqsil zanjirida aminokislotalarning ketma-ketligini belgilovchi gendagi nukleotidlarning joylashish tartibi qanday bo‘ladi?
257-masala. Quyidagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilovchi DNK molekulasining uchastkasi qanday nukleotidlar ketma-ketligiga ega?
- prolin – valin - arginin – prolin – leysin – valin – arginin.
258-masala. Genning ma’lum bir qismi quyidagicha tuzilishga ega:
S G G S G S T S A A A A T S G… Genning shu qismidagi axborot mos ravishda oqsilning qanday tuzilishini belgilaydi?
259-masala*. Gen tuzilishida ishtirok etuvchi nukleotidlardan to‘rtinchi nukleotid tushib qolsa, bu holat oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
G S S G S G A G U U U U A G S → G S S S G A G U U U U A G S
Masalaning echilishi:
Dastlab genning normal holatida oqsil sintezining bosh qismini ko‘rib chiqamiz:
i-RNK dagi G S S G S G A G U U U U A G S… nukleotidlar ketma-ketligi asosida oqsil zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlaymiz:
alanin- alanin – serin – fenilalanin – serin-… Gen tarkibidagi to‘rtinchi nukleotid – guanin (G) tushib qolganidan keyingi genning tuzilish holati: G S S S G A G U U U U A G S…
alanin – arginin – valin – leysin …
260-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi genning tarkibidagi to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi nukleotidlar kimyoviy yo‘l bilan olib tashlansa, bu oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
9 12
A S U A S G S A A A U A S G S → A S U A S G S A A U S G S
261-masala. DNK molekulasida kodlangan quyidagi nukleotidlar tartibidan iborat axborot oqsil molekulasidagi monomerlarning qanday tartibini belgilaydi?
T S T S S S A A A A A G A T A
Agar DNK molekulasi tarkibidagi beshinchi nukleotid tushirib qoldirilsa, u oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
262-masala*. DNK molekulasidagi nukleotidlarning quyidagi ketma-ketligi oqsil molekulasida qanday tartibdagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi?
S S T A G T G T G A A S S A G…
Agar DNK molekulasidagi oltinchi va ettinchi nukleotidlar orasiga timin qo‘yilsa, bu holat oqsil sintezida aminokislotalar ketma-ketligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Masalaning echilishi:
Normal holat DNK S S T A G T G T G A A S S A G…
i-RNK G G A U S A S A S U U G G U S…
i-RNK molekulasi nukleotidlari asosida oqsil sintezida quyidagi aminokislotalar qatnashadi: glitsin – serin – gistidin – leysin – valin.
DNK molekulasida o‘zgarish bo‘lgan holat:
S S T A G T T G T G A A S S A G…
G G A U S A A S A S U U G G U S…
glitsin - serin – treonin – leysin – glitsin.
263-masala. i-RNK molekulasi tarkibidagi nukleotidlar ketma-ketligi asosida sintezlanadigan oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalar qanday tartibda joylashishini yozing.
a) G U S G A S A A G U S A G S S S A A;
b) G A S G U U G G A A A A G G A S A A;
v) A S A U S A S S S U A S A A S G S A.
264-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan:
a) valin – glitsin – leysin – gistidin;
b) treonin – triptofan – serin – alanin;
v) lizin – metionin – valin – prolin;
g) alanin – leysin – lizin – treonin.
SHu oqsil molekulalarini kodlovchi i-RNK molekulasi nukleotidlarini aniqlang.
265-masala. Genning bir qismi nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan: T T G T S G S A T G A G G G G T T T
Bu zanjirda 10-nukleotid yoki 11-nukleotid ionlashtiruvchi nur ta’sirida tushib qolgan bo‘lsa, kodlanadigan aminokislotalarning tartibi qanday o‘zgaradi?
266-masala. Genetik kodlardan foydalangan holda quyidagi tripletlar yordamida qanday aminokislotalar kodlanishini aniqlang:
a) GTA; b) AAG; v) SAA; g) UTSG; d) AGU; e) AAA.
267-masala. Oqsil molekulasining boshlanishini kodlovchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlar quyidagicha joylashgan:
A T G G T T G A G G G T T T S. Oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang.
268-masala. Oqsil tarkibini 400 ta aminokislota tashkil qiladi. DNK zanjirida ikkita nukleotid orasidagi masofa 3,4 Å ga teng ekanligini bilgan holda shu oqsilni sintezlashga javobgar genning uzunligini aniqlang.
269-masala. Glyukagon oqsili (oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan gormon, bu gormon qonda glyukoza miqdorining oshishiga hamda jigarda glikogenning parchalanishiga ta’sir ko‘rsatadi) molekulasining boshlanishida qatnashuvchi aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha: treonin – serin – asparagin – tirozin – serin – lizin – tirozin… SHu oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi DNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlang.
270-masala. Ribonukleaza oqsili zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha: lizin – glutamin – treonin – alanin – alanin – alanin – lizin… . Bu oqsil sinteziga javobgar gen molekulasida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
271-masala. O‘roqsimon anemiya bilan kasallangan odamda gemoglobinning to‘rtinchi polipeptidida aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha:
valin – gistidin – leysin – treonin – prolin – valin – glutamin kislota – lizin. Kasallikka olib keluvchi gemoglobinning to‘rtinchi polipeptidini kodlovchi DNK qismidagi o‘zgarishni aniqlang.
Mundarija
Allel va noallel genlar haqida G.Mendel……………………………........3
Bir gen allellarining o‘zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi...................3
Monoduragay chatishtirish………………………………………….….…3
Diduragay chatishtirish………………………………………………….. 18
F2 dagi ajralishning statistik xarakteri……………………………... 30
Poliduragay chatishtirish……………………………………………….. 39
Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining tiplari…………………… 51
Noallel genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipi………………. 52
Noallel genlar o‘zaro ta’sirining epistatik tipi……………………. 61
Noallel genlar o‘zaro ta’sirining polimeriya tipi…………………… 67
Noallel genlar o‘zaro ta’sirining kombinirlangan tipi……………. 74
Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi………….....................83
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover………………. 91
Populyasiyalar genetikasi…………………………………………...……102
Irsiyatning molekulyar asoslari………………………………………… 109