226-masala*. SHortgorn zotli yirik shoxli qoramollarda AA genotip qizil, Aa targ‘il va aa oq rangni belgilaydi. Bunday zotdagi sigirlar orasida 4169 ta qizil rangli, 3780 ta targ‘il va 756 ta oq rangli sigirlar qayd qilingan. A va a allellarining chastotalarini aniqlang.
Masalaning echilishi:
populyasiyadagi sigirlarning umumiy sonini (8705) bilgan holda, AA yoki aa genotiplarning chastotasini aniqlab olish mumkin. Masalan: aa = q2 = 756 : 8705 = 0,09. SHunga ko‘ra, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,09 = 0,3
A allelining chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,3 = 0,7 Demak, A allelining uchrash chastotasi 0,7 ga va a allelining chastotasi esa 0,3 ga teng.
227-masala*. Evropa populyasiyalarida har 20000 odamga 1 ta albinos to‘g‘ri keladi. Populyasiyaning genetik tarkibini aniqlang.
Masalaning echilishi:
albinos fenotipni belgilovchi retsessiv gomozigotali genotipning uchrash chastotasini aa = q2 deb olinsa, aa = q2 = 1 : (20000 +1) = 0,00005 aniqlanadi, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,00005 = 0,007 yoki q = 0,007 ga teng bo‘ladi. Bunday holda AA genotipning uchrash chastotasi p2 ni topish mumkin: A allelning chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,007 = 0,993
AA = p2 = 0,9932 = 0,986049
Aa genotipning uchrash chastotasi (2 pq) = 2 (0,993 x 0,007) = 0,013902.
228-masala*. Makkajo‘xori o‘simligida albinizm retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o‘tadi. Ba’zi navlarning populyasiyalarida albinos o‘simliklar 25:10000 chastota bilan uchraydi. SHu populyasiyada albinizmga sabab bo‘luvchi genning uchrash chastotasini aniqlang.
Masalaning echilishi:
retsessiv gomozigotali genotipning chastotasini topamiz:
a a = q2 = 25 : (10000 + 25) = 25 : 10025 = 0,002493
a allelning chastotasini topamiz: a = q = √q2 = √0,002493 = 0,0499
a = 0,0499
229-masala*. Orollardan birida 10000 ta tulki otib olingan. Ulardan 9991 tasi malla, 9 tasi oq rangda bo‘lgan. Junning malla rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Gomozigotali malla, geterozigotali malla va oq tulkilarning foizda ifodalangan nisbatini aniqlang.
Masalaning echilishi:
oq rangli tulkilar genotipining uchrash chastotasini topamiz: aa = q2 =
9 : 10000 = 0,0009
a allelning chastotasi q = √q2 = √0,0009 = 0,03 yoki q = 0,03
A allelning uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,03 = 0,97
AA genotipning uchrash chastotasi p2 = (0,97)2 = 0,9409
Aa genotipning uchrash chastotasi 2 pq = 2 (0,97 x 0,03) = 0,0582
Demak, dominant gomozigotali AA genotipli organizmlar 94,09% ni, geterozigotali Aa genotipli organizmlar 5,82% ni va retsessiv gomozigotali aa genotipli organizmlar 0,09% ni tashkil etadi.
230-masala. Populyasiya 80% AA genotipli va 20% aa genotipli individlardan tashkil topgan. Populyasiyada muvozanat tiklangandan keyingi AA, Aa, aa genotipli individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
231-masala. Populyasiya 60% BB genotipli va 40% bb genotipli individlardan iborat. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, populyasiyada muvozanat tiklangandan keyingi BB, Bb, bb genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |