166-masala. Oq ko‘zli drozofila pashshalari qizil ko‘zli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning necha foizi qizil ko‘zli va necha foizi oq ko‘zli bo‘ladi?
167-masala. Oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar qizil ko‘zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan urg‘ochi pashshalarning hammasi qizil ko‘zli va aksincha, erkak pashshalarning hammasi oq ko‘zli bo‘lgan. Buning sababini tushuntiring.
168-masala. Qizil ko‘zli urg‘ochi pashshalar qizil ko‘zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda oq ko‘zli pashshalar chiqmagan. Buni qanday tushuntirish mumkin? Oq ko‘zli pashshalar olish uchun mavjud pashshalar bilan qanday chatishtirish o‘tkazish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |