Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy,
funksional hamda qiyosiy tahlili bo„yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir.
Genomika sohasi bo„yicha yaratilgan usullarni qo„llash bilan birga amaliy
muammolarni echish yo„lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy
bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda
dasturiy ta‟minot sanoati ham takomillashib bormoqda.
Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga
qaratilayotgan alohida e‟tibor tufayli dunyo fanida o„z o„rniga ega nufuzli ilmiy
maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng
miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yo„lga qo„yildi.
1
Xususan O„zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida sohada
anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda etakchi horijiy
ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo„yicha bilim va
ko„nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular
hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil
etilganligi bunga yaqqol misol bo„la oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha
noaniq bo„lgan g„o„za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya‟ni, avloddan-
avlodga ko„chib o„tadigan gen allellari to„plami) o„lchamlarini topib, zamonaviy
tezkor “assotsiativ kartalashtirish” usulini kashf etdi. Natijada g„o„za genomidagi
genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g„o„zada zamonaviy
markerlarga asoslangan seleksiya usullari ishlab chiqildi.
1.
Gen-nokaut yoki RNK interferensiyasi molekulyar genetika va
bioinformatika usullari mahsuli bo„lib, organizmning belgilangan genlari faolligini
to„xtatish imkonini beradi. SHu tufayli genlari “o„chirilgan” (nokaut qilingan)
organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi ma‟lum bo„lgan genlarning
funksiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm
namunalari orasidagi farqlar, o„rganilayotgan gen funksiyasini ko„rsatib beradi.
Qishloq xo„jaligi ekinlarining biologik ko„rsatkichlari – hosildorlik, ertapisharlik,
zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo„lishida ishtirok
etuvchi genning tarkibi va funksiyasi aniqlangandan so„ng maqsadga muvofiq
ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to„xtatish mumkin.
Markaz olimlari erishgan eng so„nggi yutuqlardan biri – bu ular tomonidan g„o„za
uchun yaratilgan dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: