Genetika va genomika asoslari



Download 497,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana31.12.2021
Hajmi497,01 Kb.
#208380
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-маъруза

Kimyoviy  sekvens  nukleotidlarning  tanlab  kimyoviy  degradatsiya  qilinishiga 

asoslangan. U 1977 yilda A.M. Maksam va V. Gilbert tomonidan taklif etilgan va 

ularning  nomi  bilan  ataladi.  Bu  usulda  sekvenirlashda  DNK  ning  bir  zanjirli 

molekulasini  olish  zarur,  uning  bir  uchini  32P  izotopi  bilan  nishonlanadi, 

nishonlangan DNK preparati to„rt bo„lakka bo„linadi va har biriga to„rt asosni bir 

yoki  ikkiga  bo„luvchi  maxsus  reagent  bilan  ishlov  beriladi.  Masalan,  60%-li 

chumoli kislotasini qo„shish purin asoslari (A+G) ni, dimetilsulfatni faqat guanin 

asoslarini;  toza  gidrazin  esa  pirimidin  asoslari  (T+S)  ni  parchalaydi,  1,5  M  Nacl 

eritmasida esa faqat sitozinli asoslar  parchalanadi. Har bir DNK molekulasiga bir 

necha  joyidan  shikastlantirish  to„g„ri  kelishi  uchun  reaksiyani  amalga  oshirish 

sharoitini  tanlab  olish  muhimdir.  Shikastlangan  molekulalarga  piperidin  bilan  

ishlov berilganda DNK da uzilish hosil bo„ladi, u aynan  azotli asos shikastlangan 

joyda  hosil  bo„ladi.  Natijada  nishonlangan  bo„laklar  to„plami  olinib,  ularning 

uzunligi  shikastlangan  asosdan  to  molekulaning  oxirigacha  bo„lgan  masofada  

aniqlanadi. 

To„rttala 

reaksiya 

natijasida 

hosil 

bo„lgan 


bo„laklarni 

denaturatsiyalovchi sharoitda akrilamid gelida to„rtta qo„shni yo„lakchalarga quyib 

chiqiladi.  SHundan  so„ng  radioavtografiya  amalga  oshiriladi,  natijada  radioaktiv 

nishonga  ega  bo„laklar  rentgen  plenkasida  iz  qoldiradi.  Ularning    joylashuviga 

ko„ra, nishonlangan qismdan  shikastlangan asos qanday masofada joylashganini, 

buni  o„rganish  orqali  ularning  holatini  aniqlash  mumkin.  Rentgen  plenkasidagi 

chiziqlar yig„indisiga ko„ra, tahlil qilinadigan DNK bo„lagining  nukleotid ketma-

ketligi  aniqlanadi.  Ushbu  usul  yordamida  qisqa  muddat  ichida  SV40  virusi 

nukleotid  ketma-ketligi,  pBR322  plazmidasi  va  boshqa  ko„plab  DNK  ketma-

ketliklarini  to„liq  aniqlashga  muvaffaq  bo„lingan.  Biroq  Maksam-Gilbert  usuli 

muolajalarining sezilarli darajada qiyinligi va uzoq davom etishi bilan bog„liq bir 

qator    kamchiliklarga  ega.  Hozirgi  vaqtda  kimyoviy  degradatsiya  yordamida 

sekvenirlash  asosida  nukleotid  ketma-ketliklarni  tez  va  mukammal  aniqlash 

usullari  ishlab  chiqilgan,  qattiq  fazali  sekvenirlash  va    aylanma  fazali 

xromotografiyadan  foydalanish  orqali  sekvenirlash  shular  jumlasidandir. 


Download 497,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish