Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

5.
 
Fiziologiya fanining paydo bo`lishi. 
Morfologiya fani bilan bir vaqtda fiziologiya fani ham rivojlandi. XIX asr 
boshida mashhur shved ximigi I. Berselius (1779 — 1848) organizmlarning turli 
qismlari, ba’zi bir organik mahsulotlar (qon, suyak, yog`, sut) ning ximiyaviy tarkibini 
o`rganib, ular ham anorganik tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan tashkil 
topganligini e’tirof etdi. U tirik modda hosil bo`lishi uchun qandaydir «hayotiy 
kuch» zarur emasligi, hayot hali kishilarga ma’lum bo`lmagan mexanik hamda 
ximiyaviy qonunlar natijasi ekanligini qayd qildi. Berseliusning shogirdi F. Velyer 
(1800—1882) 1828 yili fan tarixida birinchi bo`lib, sun’iy yo`l bilan ammoniy sianid 
tuzini qizdirib mochevina oldi. Velyer ishlari tufayli organik hamda anorganik 
moddalar orasida mutloq chegara yo`qligi isbotlandi. 
XIX asrning 40-yillariga kelib, nemis vrachi R. Mayer (1814 — 1878) 
energiyaning saqlanish hamda bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunini asoslab 
berdi va uni organik tabiatga tatbiq etdi. 
Tirik va jonsiz tabiatning birligi to`g`risida rus olimi Ya. Kaydanov (1779 — 
1855) ham qiziqarli fikrlarni aytdi. U organik materiya anorganik materiyadan 
hosil bo`lgan, o`simliklar minerallardan, hayvonlar esa o`simliklardan kelib 
chikqan, deydi, chunki o`simliklarda minerallarga xos jarayonlar chunonchi o`sish 
mavjud. Olimning tasavvuriga binoan minerallar, o`simliklar, hayvonlar aloxida 
bosqich bo`lmay, balki tarixiy qatorni ifodalaydi. Hujayra nazariyasi asosida 
o`simliklar bilan hayvonot olamining birligi aniqlangan bo`lsa, fiziologiya 
soxasidagi tadqiqotlar tufayli organik va anorganik olamdagi o`xshashliklar e’tirof 
etildi. 
6.
 
Biogeografiyaning vujudga kelishi. 
Evolyutsion ta’limot yaratilishida muhim rol o`ynagan fanlardan yana biri 
biogeografiyadir. Unga asos solgan olimlardan P.S. Pallas (1741-1811) «Rossiya 
Osiyosining zoogeografiyasi» degan asari bilan mashhur. Mazkur asarda olim 
umurtqali hayvonlarning Rossiya bo`ylab tarqalishi va bu jarayonda tog` 
tizmalarining roli to`g`risida bahs yuritdi. Asarda sut emizuvchilarning 151 ta, 
qushlarning 425 ta turining tashqi tuzilishi, ekologiyasi, tarqalishi haqida to`liq 
ma’lumot keltirildi. 
O`simliklar geografiyasining rivojlanishi nemis olimi A. Gumboldt (1769-


38 
1858) nomi bilan uzviy bog`liq. U 1799 yildan boshlab 5 yil mobaynida Janubiy 
Amerikaga sayohat qildi va iqlim, tuproq sharoiti bilan ma’lum landshaftda 
hukmronlik qiladigan o`simlik guruhi o`ratasida izchil bog`lanish borligini 
birinchi bo`lib kashf etdi. Natijada o`simliklarning sistematik kategoriyalari 
o`rniga ularni hayot sharoitiga qarab guruhlash joriy etildi hamda turli geografik 
oblastlardagi o`simliklar landshaftidagi birlikni aniqlashga harakat qilindi. 
Gumboldt 16 ta o`simlik landshafti tiplari (palma tipi, ninabarglilar tipi, 
paporotniklar tipi va boshqalar)ni tuzdi va har bir joyning o`simliklari o`ziga xos 
fiziologiya va anatomiyaga ega ekanligini qayd qildi. 
Gumboldt bilan bir vaqtda shvetsariyalik
botanik Dekandol (1778-1841) bir 
qancha biogeografik xulosalarga keldi. U o`z ishlarida «yashash joyi» va «uchrash 
joyi» tushunchalarini farq qilish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko`ra, u yoki 
bu tur yashash sharoitining yig`indisi «yashash joyi» hisoblanadi. Yashash joyiga
qarab, o`simliklarni 16 ta sinfga (dengiz, chuchuk suv, botqoqlik, past 
tekislik,o`tloq, qumloq, o`rmon va boshqalar qiyofasini yashash joyiga bog`liq 
holda tushuntirishga intilganligi ko`rinib turibdi.
«Uchrash joyi» termini tur tarqalgan geografik oblastni ifodalaydi. Dekandol 
yer kurrasidagi barcha o`simliklarni uchrash joyiga qarab 20 ta geografik oblastga 
bo`ldi. Ularning har biri ma’lum o`simlik turlari yig`indisi bilan xarakterlanadi. 
Shunday qilib Gumboldt, Dekandol tadqiqotlari botanik va zoologlarni o`simliklar 
bilan hayvonlarning geografik tarqalishi masalasiga jalb etdi.
1853 yili L.Shmardaning yer kurrasini zoogeografik oblastlarga bo`lishga 
urinib ko`rdi. U hayvonlarning tarqalishiga qarab, quruqlikni 21 ta, dengizni 10 ta
zoogeografik oblastga ajratdi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish