Genetika va evolyutsion


Organik olamning gradatsiyasi haqida Lamark



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Organik olamning gradatsiyasi haqida Lamark.
Lamark turlarning o`zgaruvchanligini qayd etish bilan birga, bu o`zgarishning 
sabablarini, evolyutsiya jarayonini harakatlantiruvchi kuchlarni tushuntirishga intildi. 
U organizmlarni sinflash ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan 
joylashtirish mumkinligini qayd etadi. Lamark uqtirishicha, barcha o`simliklar, 
hayvonlar azaldan doimiy bo`lmagan, balki ma’lum vaqtda rivojlangan. Birinchi 
sodda organizmlar tiriklikka xos xususiyatlarga ega bo`lmagan. Birlamchi 
organizmlar hayotiy xususiyatlarga ega bo`lishi uchun ular tanasiga tashqi muhitda 
keng tarqalgan «flyuidlar» (moddiy zarrachalar) kirib, ularga organizm sifatini 
berishi zarur. Lamark fikricha tabiatning rivojlanish yo`li soddadan murakkabga, 
tubandan yuksakka tomon borgan.
Tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablik formasiga qarab, tabiatda ma’lum 
bir bosqich — pog`ona bor. Lamark uni 
gradatsiya
 
deb atagan. Gradatsiya prinsipi 
umumiy biologik ahamiyatga ega bo`lib, evolyutsiya jarayonining asosiy yo`nalishi 
hisoblanadi. Gradatsiya prinsipi, Lamark qayd etishicha, sinflar va boshqa yirik 
taksonomik guruhlarni bir-biriga taqqoslaganda ko`zga yaqqol tashlanadi. 
Yangi paydo bo`lgan har bir sinf vakillari rivojlanishdagi bir qadam bo`lib, 
ilgarigi sinf individlariga nisbatan ancha yuksak tuzilishga ega bo`ladi. Sinfdan 
kichik takson (turkum, oila, avlod, tur) larda gradatsiyani aniqlash mumkin emas. 
Tashqi muhit ta’sirida sinf ichida gradatsiya buziladi. 
Tuzilish murakkabligini ifodalovchi pog`ona — gradatsiya g`oyasi yangi
emas. U XVIII asrda keng tarqalgan «mavjudotlar narvoni» haqidagi mulohaza bilan 
uzviy borliqdir. Biroq Lamark ta’limotida bu nazariya tamomila o`zgacha ma’no 
kasb etgan. U birinchi marta har qanday murakkab forma o`ziga nisbatan sodda 
tuzilgan formadan izchillik bilan rivojlanishini ta’kidladi hamda pog`ona 
tushunchasiga tarixiy rivojlanish g`oyasini tatbiq etdi. Lamarkning gradatsiyali 
rivojlanish haqidagi ta’limotiga uning deistik qarashlari katta ta’sir ko`rsatdi, U 
organizmlarning gradatsiyali rivojlanishini muhitdan mustaqil bo`lgan ichki 
intilishlarga bog`liq holda tushuntirdi hamda hayvonlarning ma’lum maqsad tomon 
asta-sekin murakkablashuvi yaratuvchi tomonidan oldindan belgilab berilgan, deb 


28 
uqtirdi. 
Ma’lumki, hayvonlarning gradatsiyali murakkablashuvga tomon «ichki 
nntilishi», «ichki maqsadi» to`g`risidagi Lamark mulohazalari avtogenetik
teleologik tushunchadan boshqa narsa emas. Shunga qaramay, uning bu ta’limoti 
tabiiy sistema tuzish sohasida bir qadam ilgariga siljish bo`ldi. Chunki u birinchi 
bo`lib infuzoriyalar, halqalilar, o`rgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar sinfini 
alohida ajratdi. Shuningdek, ignaterililar poliplardan, murtaoyoqlilar mollyuska-
lardan ajratildi. 
Agar gradatsiyali rivojlanish prinsipiga muvofiq, organizmlar doim soddadan 
murakkablashish tomonga takomillashar ekan, u holda murakkab tuzilgan hayvonlar 
bilan sodda hayvonlarning hozirgi vaqtda mavjudligini qanday tushuntirish mumkin? 
Lamarkning ta’kidlashicha, tuban organizmlar o`ziga o`xshash tuban 
organizmlarning urchishidan emas, balki murakkab o`lik moddaga «nozik 
suyuqliklar» (flyuidlar)ning ta’sir etishi bilan o`z-o`zidan paydo bo`lishi mumkin. 
Flyuidlarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar o`sha davrlarda keng tarqalgan edi. 
Bunday tasavvurlarga ko`ra, issiqlik, magnit va elektr hodisalari ham shu singari, 
«issiqlik», «magnit» va «elektr» flyuidlari tufayli vujudga keladi. Organizm 
yashayotgan muhitda ham flyuidlar ko`plab uchraydi. Lamark tasavvuriga ko`ra, 
ular tirik mavjudotlar tanasiga o`ng`aylik bilan kiradi va aylanib yurib, organlarda 
hamda butun organizmda barcha hayotiy jarayonlarni yuzaga chiqaradi. Bunday 
tasavvurlar Lamark flyuidlar harakatidan hayot sabablarini izlaganligidan dalolat 
beradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish