4.
Tashqi muhitning shakllantiruvchi roli to`g`risida
Tabiatda gradatsiya hamma vaqt to`g`ri amalga oshavermaydi. Organizmlarga
tashqi muhit ta’sir qilib, ularning rivojlanish yo`nalishini o`zgartirib turadi. Lamark
bu fikrni ko`p misollarda isbotlashga harakat qildi. Faraz qilaylik, deydi olim,
tabiat faqat suv hayvonlarini yaratgan va bu hayvonlar tamomila bir xil sharoitda
(tarkibi bir, o`zgarmas harorat va chuqurlikdagi suvda) yashagan bo`lsa, bu vaqtda
biz ideal gradatsiyani ko`rgan bo`lur edik. Haqiqatda esa suvda bir xil va
o`zgarmas sharoit bo`lmaydi. Suv muhiti tekshirilsa, chuchuk sho`r (dengiz
suvi), oqmaydigan, oqadigan, sayoz, chuqur, issiq va sovuq suvlar borligi
ma’lum. Xilma-xil sharoitda yashaydigan va gradatsiyaning bir pog`onasiga
mansub bo`lgan organizmlar tashqi sharoit ta’sirida o`zgarishi, ayrim hollarda esa
tanib bo`lmas darajaga aylanishi mumkin. Chunonchi, nam o`tloqda o`sayotgan
biror o`simlikning urug`i quruq joyga tushib qolsa, u bir necha bo`g`indan keyin asta-
sekin o`zgarishi, keyingi bo`g`inlarda esa keskin farq qiladigan shaklga aylanishi,
oqibatda botaniklar uni yangi tur sifatida qabul qilishi mumkin. Tashqi muhitning,
xususan, iqlim, hayot sharoitining uzoq vaqt davomida o`zgarishi hayvonlarning ham
o`zgarishiga sabab bo`ladi. Tekis joyda tez chopishga moslashgan hayvon
molxonada yashashga majbur etildi, deb faraz qilaylik. yangi sharoitda u semirib
ketadi, kuchini va chaqqonligini yo`qotadi. 5—6 yil qafasda asralgan qush ozod
qilinsa, erkinlikdagi boshqa qushlar kabi ucha olmaydi. Bularning hammasi sharoit
oz-ozdan o`zgarishining ta’siri natijasidir. Agar o`zgargan sharoit bir necha bo`g`in
davomida ta’sir etsa va unga iqlim, oziq hamda muhit boshqa sharoitining
o`zgarishi ham qo`shilsa, u holda tamomila o`zgargan organizmlar vujudga keladi.
Tashqi muhit organizmlarga qanday ta’sir ko`rsatadi? Ta’sirlanish va
29
harakatlanish organizmlarning muhitga bo`lgan munosabatini aniqlashda asosiy o`rin
egallaydi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3
guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga o`simliklar kiritilib, ular ta’sirlanish va
harakatlanish xususiyatiga ega emasligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhga tashqi ta’sir
natijasida harakatlanuvchi, lekin o`z xohishi bilan harakatlana olmaydigan sodda
hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, nurlilar va chuvalchanglar)ni kiritadi. Uchinchi
guruhga nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan, takomillashgan sezuv organlari
bo`lgan va o`z xohishi hamda tashqi muhit ta’sirida harakatlana oladigan barcha
boshqa hayvonlarni kiritadi. Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir
ko`rsatishi mumkin.
Tashqi muhit o`simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko`rsatganda
undagi har qanday o`zgarish o`simlik qismlarining rivojlanishiga kuchli ta’sir etishi,
ba’zi qismlarining hosil bo`lishiga, boshqalarining kuchsizlanib, hatto yo`qolib
ketishiga sabab bo`ladi. Masalan, suv ayiqtovonining suv ichidagi barglari qirqilgan
qaychibarg, tola — ipsimon shaklida bo`lib; suv yuzasidagi barglari esa enli,
shapaloq-shapaloq va panjasimondir. Bu o`simlik nam yerda o`ssa, poyasi qisqa va
barglari qirqilmagan bo`ladi, shakli ipsimon bo`lmaydi. Uni botaniklar boshqa tur —
sifatida ta’riflaydilar (3-rasm). Nerv sistemasi takomillashmagan tuban
hayvonlarga ham tashqi muhit bevosita ta’sir ko`rsatadi. Nerv sistemasi
takomillashgan hayvonlar esa muhitning o`zgarishidan bilvosita ta’sirlanadi.
Muhitning uzoq davom etgan o`zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval
ularning talabini o`zgartiradi. Talabning o`zgarishi esa shu talabni qondirish
maqsadida qilingan harakatlarning o`zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit
saqlanganda hayvonlarning hulq-atvori o`zgaradi Bu, o`z navbatida, hayvonlarning
ba’zi organlari mashq qilishiga,
boshqalari mashq qilmasligiga sabab bo`ladi. Mashq
qiladigan organlarga oziq moddalar ko`p kelib turgani uchun, ularning ko`lami
ortadi.
3-rasm
. Suv ayiqtovoni. (Ranunculus aquaticus)
30
Aksincha, mashq qilmaydigan organlarga oziq moddalar kamroq kelishi sababli
ular kuchsizlana boradi va rivojlanmaydi.
Tashqi
muhitning
organizmlarga
ko`rsatadigan ta’siri haqida Lamark quyidagi 2 qonunini ta’riflaydi.
L a m a r k n i n g b i r i n c h i q o n u n i . « O ` z r i v o j l a n i shining nihoyasiga
yetmagan har qanday hayvonda qanday bo`lmasin biror organning bir qadar tez-tez
va uzoq ishlatilishi shu organni oz-ozdan mustahkamlab, rivojlantirib, kattalashtirib
boradi va unga uzoq ishlashi uchun kifoya qilarli kuch-quvvat beradi».
Shu bilan birga boshqa biror organning doim ishlatilmasligi uning asta-sekin
susayib, juda zaiflashib qolishiga olib keladi, qobiliyatini pasaytiradi va
pirovardida, uning yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi».
L a m a r k n i n g i k k i n c h i q o n u n i . « T a b i a t i n d i vidlarni qadimdan yashab
kelgan sharoit ta’siri ostida va binobarin, ma’lum organning ko`proq ishlatilishi yoki
ma’lum organning doim ishlatilmasligi ta’siri ostida shaxslarni nimaiki hosil
qilishga yoki yo`qotishga majbur etgan bo`lsa, agar endigina kasb qilingan
o`zgarishlar ikkala jins yoki yangi naslni hosil qilgan shaxslar uchun umumiy bo`lsa,
shularning hammasini dastlabki formalardan paydo bo`lgan yangi shaxslarda
ko`paytirish yo`li bilan saqlaydi».
Lamark ushbu qonunlarning to`g`riligini isbotlash maqsadida bir qancha
misollar keltiradi. Masalan, o`rdak, g`oz va suvda yashovchi boshqa qushlarning,
shuningdek baqa, dengiz toshbaqasi, qunduz va boshqa hayvonlarning barmoqlari
orasidagi suzgich pardalar suzish jarayonida barmoqlar uzluksiz harakatlanishi
natijasida paydo bo`lgan, qirg`oqda yashovchi qushlar oyog`ining va bo`ynining
uzun bo`lishi ham ko`p harakatlanish natijasidir, chunki bu qushlar suzishni uncha
xohlamagan, lekin o`lja uchun qirg`oq chetida uzoq vaqt turishga majbur
bo`lgan va ular doim -botqokqa botib ketish xavfi ostida bo`lgan. Ular doim o`z
oyoqlarini cho`zishga va uzaytirishga intilgan, ov qilayotganda gavdasi
namlanmasligiga harakat qilgan va oqibatda ularning oyoqlari, bo`yni uzun bo`lib
o`sgan.
Shuningdek, Afrikaning o`t o`simliklarga boy bo`lmagan qismida yashaydigan
jirafalar ham daraxt barglari bilan oziqlanishga majbur bo`lgan va doim daraxt
barglarini tishlab yulib olishga intilib, mashq qilgan. Bular bo`yni va oldingi
oyoqlarining uzun bo`lib o`sishiga sabab bo`lgan.
Organlarning mashq qilmasligi (ishlatilmasligi) ular degradatsiyasiga va
yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, ilonlar yerda sudralishga va tor
joylardan o`tishga odatlangani uchun tanasi uzun bo`lib, oyoqlari reduksiyalanib
ketgan. yer tagida yashagani uchun yumronqoziqning ko`zi kam rivojlangan,
ko`rsichqonda esa ko`z butunlay yo`qolib ketib, uning qoldig`i teri ostida
yashiringan bo`ladi.
Lamark har bir organning rivojlanish darajasi uning bajarayotgan funksiyasiga
bog`liq ekanligini to`g`ri ta’kidlagan. Uning ikkinchi qonuni XIX asrning oxiri va
XX asr boshlarida lamarkizm tarafdorlari va muxoliflari o`rtasidagi munozaraga
sabab bo`ldi.
Lamark biologiyada muhim masala hisoblangan organizmlarning individual
rivojlanishida kasb etilgan, ya’ni tug`ma bo`lmagan xossalarning irsiylanishi
masalasini kun tartibiga qo`ygan bo`lsada, lekin uni juda oddiy ravishda tasavvur
etib, to`g`ri hal eta olmadi. U filogenezda mustahkamlangan xossalar bilan
31
o`zgaruvchanlikni teng ma’noda tushundi. Lamark davrida o`zgaruvchanlik
mexanizmlari yaxshi o`rganilmaganligi e’tiborga olinsa, bu sohada yo`l qo`yilgan
kamchilikning
sababi
ravshanlashadi.
Lamark
tomonidan
ilgari
surilgan
o`zgaruvchanlik muhit ta’siriga adekvat bo`ladi, shaxsiy rivojlanishda vujudga
kelgan har qanday o`zgaruvchanlik kelgusi bo`g`inlarga beriladi, degan mulohaza
ishonchsiz ekanligi keyinchalik isbotlandi. Biologiya sohasida to`plangan juda ko`p
dalillar organlarning mashq qilish-qilmasligi ma’lum belgilarning kelgusi bo`g`inga
berilishi yoki yo`qolishiga ta’sir etmasligini isbotlaydi. A. N. Seversov ko`rsatishicha,
ko`zning yo`qolishi yorug`da yashovchi organizmlarda ham yuz berishi, aksincha,
juda chuqur g`orlarda yashovchi formalar orasida ko`zi yaxshi rivojlangan hamda
reduksiyaga uchragan formalar uchrashi mumkin. Yorug`da yashovchi hayvonlar
orasida ko`zsiz formalar vujudga kelishi o`zgargan formalarning halokati bilan
tugaydi. G`orlarda yashaydigan hayvonlarga muayyan o`zgaruvchanlik hech
qanday zarar yetkazmaydi, hatto u foydali ham bo`lishi mumkin.
Lamarkning odam paydo bo`lishi to`g`risidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir.
U odam tabiatning bir qismi, uning tanasi moddiy va boshqa tirik mavjudotlarga
o`xshab, tabiat qonunlariga bo`ysunadi; «Odamning tana tuzilishi boshqa sut
emizuvchi hayvonlarnikiga o`xshash» deydi. Odam maymunga eng yaqin
ekanligini ta’kidlash bilan birga, ularning anatomik tuzilishida, masalan, kallasining
tuzilishi, gavdasining vertikal holati, oldingi va orqa oyoqlarining tuzilishida o`ziga
xos farqlar borligini, shunga ko`ra, odam alohida avlod va turga kirishini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |