Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

6.
 
Darvin ta'limotiga qarshi kurash. 
Darvinning tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi to’g’risidagi ta'limoti va 
ko’p asrlardan beri tabiiyot fanida hukm surayotgan reaksion nazariyalarga tamomila
qarama-qarshi edi. Shunga ko’ra, ayrim reaksion olimlar yangi ta'limotga ilk davr-
dayoq qaqshatqich zarba berishga, tabiyotshunoslikning rivojini yana boshi berk 
ko’chaga kiritishga shoshildilar. «Turlarning kelib chiqishi» asari bosilib chiqqandan 
keyin 7 oy o’tgach, Angliya yepiskopi Vilberforsning Darvin nazariyasiga qarshi 
chiqishi va tarixga «oksford munozarasi» shu jihatdan xarakterlidir Vilberfors 
gapga chechanligi tufayli hamda diniy qarashiarni kishilar orasida tashviqot qilish yo’li 
bilan orttirgan obro’sidan foydalanib, munozarada yangi ta'limotni omma
o’rtasida to’la mag’lubiyntga uchratishni maqsad qilib qo’yadi va uni amalga 
oshirish uchun olam xudo tomonidan yaratilganligi, o’zgarmasligi haqidagi 
diniy aqidalar haqida gapirib, Darvinning «betavfiq» ta'limotini mazax qilib, uni 
uloqtirib tashlashga davat etdi. Biroq Vilberforsdan keyin so’zga chiqqan, 
Darvinning yaqin do’stlaridan Geksli va Gukerlar yepiskopning tabiat masalalarida u 
keltirgan dalillarini ilmiy tomondan sharhlab, organik olamning tarixiy rivojlanishini 
tushuntirdilar hamda yangi ta'limotning afzalliklarini yetarlicha dalillar asosida isbotlab 
berdilar. Shunday qilib, 1860-yili evolyutsionistlar va ularning muxoliflari o’rtasida 
bo’Iib o’tgai «oksford munozarasi» yangi evolyutsion ta'Iimotning to’liq g’alabasi
bilan yakunlandi. 


71 
«Turlarning kelib chiqishi» asari nashr etilgandan keyin 8 yil o’tmasdanoq, 
shotlandiyalik injenyer F. Djenkin Darvin ta'limotiga qarshi e'tiroz bildirdi. Djenkin
tanlash tufayli saqlanadigan irsiy o’zgarishlar tasodifiy bo’lib, tabiatda jada oz
uchraydi; Shu sababli ikkita o’xshashirsiy o’zgaruvchanlikka ega bo’lgan individ-
larning o’zaro ucbrashish imkoniyati juda cheklangan, deydi. Chunonchi, ota va ona 
organizmning birida n belgi bor, deb taxmin qilaylik, u holda ularning chatishishidan 
hosil bo’lgan birinchi bo’g’inda n yuqoridagi belgi, ikkinchi bo’g’inda, n belgi,
 

2 4
uchinchi bo’g’inda n to’rtinchi bo’g’inda n — va hokazo nisbatda bo’ladi, bora- 
8 16
bora yangi belgi yo’qolib ketadi va tanlash uchun material bo’la olmaydi. Djenkin o’z 
e'tirozini genetikadan bexabar holda matematika qonunlari asosida yaratgan edi. 
Genetika fani rivojlanmagan Mendel tadqiqotlari yetarli baholanmagan va ko’pchilikka 
nomalum bo’lgan o’sha davrda Djenkin e'tirozi eng ishonchli e'tirozlar qatoriga kirgan 
edi. 
Darvin ta'limotidagi kamchilik irsiyat to’g’risidagi bilimlarning yetarli emasligi 
bilan izohlanadi. Agar Darvin Mendel ta'limotidan xabardor bo’lganda, Djenkin 
e'tirozlarini to’liq bartaraf qilish mumkin edi. 
O’sha davrda angliyalik taniqli anatom va paleontolog R. Ouen, Amerikalik 
zoolog va paleontolog 
L. 
Agassi, germaniyalik R. Virxovlar ham, Darvin ta'limotiga 
qarshi chiqdilar. Darvin muxoliflari organizmlarning tarixiy rivojlanishi haqidagi 
nazariyaga qarshilik ko’rsatsalar ham, biroq yangi ta'limotni tasdiqlovchi ilmiy 
dalillarning yanada ko’proq to’plana borishi, uning himoyachilarining mardonavor 
kurashi natijasida mazkur nazariyani e'tirof qilishga majbur bo’ldilar 
Shu jihatdan olganda, atoqli Amerika paleontologi O.A. Marshning (1879) 
«Hozirgi fanning faol xodimlari o’rtasida evolyutsiyaning to’g’riligi haqida munozara 
yuritish bekorga vaqt ketkazishdir. Bu masaladagi «jang» evolyutsion ta'limot g’alabasi 
bilan tugadi», degan so’zlari xarakterlidir. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Lamark ta’limotini Darvin nazariyasiga qarshi 
qo`yish hollari ro`y berdi va oqibatda «neolamarkizm» oqimi maydonga keldi. U ikki 
yo`nalishdan: mexanolamarkizm va psixolamarkizmdan iborat edi. Mexano-
lamarkizm yo`nalishiga G. Spenser, K. Negeli, E. Kop asos solganlar. 
Ingliz filosofi Spenser rivojlanish tarafdori bo`lsada, lekin evolyutsiya jarayonini 
tushuntirishda u neolamarkizm oqimining namoyondasi sifatida ish tutdi. Uning 
mulohazasiga ko`ra, har bir organizmning organlari o`zaro muvozanatda bo`ladi. 
Tashqi muhit shu muvozanatni buzishi natijasida organlarning tuzilishi va funksiyasi 
o`zgaradi. Muvozanat buzilishiga bevosita va bilvosita kuchlar ta’sir ko`rsatadi. 
Spenser fikricha, hayot ichki munosabatlarning tashqi munosabatlarga uzluksiz 
moslanishidan iborat. 
Nemis botanigi K.Negeli 1865 yildan boshlab, tabiiy tanlanish nazariyasiga 
qarshi chiqdi va uning o`rniga mexanofiziologik nazariyani tavsiya etdi. Bu 
nazariyaga muvofiq, jinsiy idioplazma va somatik — trofoplazma hujayralardagi 
plazma bir xil bo`lmaydi. Idioplazma organizm xossalarining kelgusi bo`g`inga 
o`tishi bilan bog`liq. Idioplazma tashqi muhit ta’sirida somatik hujayralarni 
o`zgartiradi, lekin u nasldan-naslga berilmaydi. Biroq tashqi muhit uzoq ta’sir 
etsa, u jinsiy hujayra idioplazmasiga beriladi va ularda irsiy o`zgarishlar hosil 


72 
qiladi. Ba’zan idioplazmaning o`zgarishi tashqi muhitga emas, balki ko`proq ichki 
sabablarga bog`liq bo`ladi. Negelining bu haqidagi fikrlari Lamark ta’limotidagi 
gradatsiya organizmning ichki intilishiga bog`liq, degan fikriga yaqin dir. 
Amerika paleontologi E.Kop o`zining evolyutsion nazariyasida (1887) 
organizmlarning tarixiy rivojlanishini ayrim organizmlarning o`sishiga o`xshatdi va bu 
jarayon «o`sish kuchi» yoki «batmizm» tufayli amalga oshadi,
deydi. Tashqi muhit 
organizmga ta’sir etganda «o`sish kuchi»ni o`zgartiradi. Batmizm organizmlarning 
individual va filogenetik rivojiga ta’sir ko`rsatadi. Batmizmning o`zgarishi muhitning 
o`zgarishiga doim mos bo`ladi. Shunga ko`ra, individual o`zgaruvchanlik moslanish 
xarakterida bo`ladi. Shunga o`xshash mulohazalar bilan tabiiy tanlanishnnng ijodiy 
roli inkor qilindi. Biroq E.Kop chegaralangan darajadagi ma’lum tabiiy 
tanlanishning rolini e’tirof etdi. Uning ta’biricha, tabiiy tanlanish moslashgan 
formalarni keltirib chiqarmaydi, balki ularni saqlaydi, xolos. Mexanolamarkizm 
muhitning organizmga bevosita ta’sirini, bevosita moslanishini va kasb etilgan 
belgilarning nasldan-naslga o`tishi g`oyasini himoya qiladi. 
Yuqorida qayd qilingan mexanolamarkizmdan farq qilib, psixolamarkizm ruhni 
(psixikani) o`simliklar bilan hayvonlar evolyutsiyasining asosiy omili sifatida tan 
oldi. Kop, Pauli, Seman, Vagner bu oqimning asoschilari edi. Psixolalamarkistlar 
uqtirishicha, organizmlarnin o`zgarishi «talab» yoki «talabni sezish» bilan 
belgilanadi. Organizm shu talabni qondirish uchun xilma-xil o`zgarishlarni vujudga 
keltiradi. Ongli ravishda vujudga kelgan o`zgarishlar maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Psixika faqat hayvonlarga emas, o`simliklarga, xatto hujayralarga ham xos 
xususiyatlardir. Shu nuqtayi nazardan olganda, ongsiz xarakatlar ikkinchi darajadir. 
Reflekslar onggining yo`qolishi natajasidir. O`simliklar shunday regressning 
mahsuli deb tan olindi. O`simliklar, hayvonlar ongdan tashqari, xotiraga, ham ega. 
Xotira va nasldan – naslga o`tish o`zaro o`xshash bo`lib, kelgusi bo`hinda beriladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, Darvindan keyin 
evolyutsion nazariya rivojlanishining birinchi bosqichi organik olamning 
evolyutsiyasi, tabiiy tanlanish natijasida ro`y beradigan evolyutsion jarayon, yangi
turlarning paydo bo`lishi moslanuvchanlik yo`nalishida ekanligiga oid dalillar 
to`planishi va Darvin evolyutsion nazarisiga qarshi kurash bilan izohlanadi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish