Noallel genlarni ko’p tomonlama (Pleytropiya) ta’siriga oid test savollari
1. Barmoqlarning normal bo’lishini ta’minlovchi gen braxidaktiliya geni ustidan chala dominantlik qiladi. Braxidaktiliya geni letal hususiyatga ega.
Qaysi nikohda farzandlar o’limi kuzatilmaydi?
1. AaxAa 2. AAxAA 3. AaxAA 4. AAxaa
A) 1.2 B) 2.3 C) 3.4 D) barchasi
2. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi . Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu bolaning ona tomondan buva va buvilarining genotipi qanday bo’lishi mumkin?
1. AaxAa 2. Aaxaa 3. AaxAa 4. AAxaa
A) 1.2.3 B) 3. C) 1.3 D) 2.4
3. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanad . Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Ota-onaning genotipini aniqlang.
1. AAxAa 2. Aaxaa 3. AaxAa 4. AAxaa
A) 1.2.3 B) 3. C) 1.3 D) 2.4
4. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi . Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu bolaning ota tomondan buva va buvilarining genotipi qanday bo’lishi mumkin?
1. AA x Aa 2. AA x AA 3. Aa x Aa 4. AA x aa
A) 1.2.3 B) 3. C) 1.3 D) 2.4
5. Meksika it zoti Dogda terida jun bo’lmasligini ta’minlovchi gen gomozigota holda organizmning o’limiga olib keladi. Juni normal itlar chatishtirilganda naslning bir qismi nobud bo’lgan. Boshqa chatishtirishda bunday bo’lmagan. Birinchi chatishtirishdan olingan kuchuklarning barchasini geterozigota organizmlar bilan chatishtirganimizda ularning qanchasida kuchuklarning o’limi kuzatiladi?
A) 66.7% B) 33.3% C) 25% D) 50
6. Dala sichqonida junining sariq rangda bo`lishini ta`minlovchi gen dominant bo`lib, pleyotrop ta`sirga ega. Sariq rangdagi erkak va urg`ochi shichqonlar chatishtrilganda 124 ta sariq va 62 ta kulrang sichqon olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo`lgan sichqonlar sonini toping.
A) AA × AA; 124 ta AA B) Aa × aa; 186 ta Aa
C) Aa × Aa; 62 ta AA D) AA × aa; 62 ta Aa
7. Sichqonlarda junining sariq rangda bo`lishini ta`minlovchi gen dominant bo`lib, pleyotrop ta`sirga ega. Sariq rangdagi erkak va urg`ochi sichqonlar chatishtrilganda 124 ta sariq va 62 ta kulrang sichqon olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo`lgan sichqonlar sonini toping.
A) Aa x aa; 186 ta Aa B) Aa x Aa; 62 ta AA
D) AA x AA; 124 ta AA C) AA x aa; 62 ta Aa
8. Pleytropiya deb nimaga aytiladi ?
A) bir necha genning bir belgining rivojlanishiga ta’siri
B) ayrim allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta’siri
C) ayrim genlarning ko`p tomonlama ta’sirida bir gen bir necha belgilarning irsiylanishi
D) ayrim genlarda yuz beradigan mutatsiylar
9. Tovuqlarda patning jingalak bo’lishi qanday holatlarga olib keladi?
1.ser pushtlilik 2.tashqi muhitga ko’p issiqlik ajratish 3.ovqat hazm qilish buziladi 4.yurak-tomir faolyati ishi buziladi 5.ko’p tuxum qiladi 6.hayotchanligiga salbiy ta’sir qiladi 7.nasl qoldirishga salbiy ta’sir qiladi
A) 2,4,5,7 B) 1,3,5,7 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,6,7
10. Tovuqlarning kalta oyoqli zoti polizlarni titkilab tashlamaydi, lekin bu belgi tovuq tumshug’ining qisqarishiga ham sababchi bo’ladi. Natijada dominant gomozigotali jo’jalar tuxumini yorib chiqolmay halok bo’ladi. Faqat kalta oyoqli tovuq yetishtiruvchi inkubatorda 3000 ta jo’ja tuxumdan yorib chiqdi. Jo’jalarning nechtasi halok bo’ladi?
A) 1500 B) 2000 C) 1000 D) 750
11. Bitta genning o`zi organizmda bir qancha belgilarining rivojlanishiga ta’sir etish hodisasi nima deyiladi ?
A) epistaz B) polimeriya C) komplementar D) pleytropiya
12. Organizmni nobud bo’lishiga olib keladigan genlar … deyiladi.
A) letal genlar B) polimer genlar
C) allel genlar D) monosomik genlar
Do'stlaringiz bilan baham: |