Noallel genlarning ko’p tomonlama (pleytropiya) ta’siriga oid mustaqil yechish uchun masalalar.
1-masala. Tovuqlar zotlaridan birida oyoqlari kalta bo’ladi(bunday tovuqlar polizni titkilamaydi). Bu belgi dominant xarakterga ega. Dominant gen tovuqlar tumshug’uningkalta bo’lishiga xam ta’sir qiladi. Gomozigot jo’jalarda tumshug’ juda kalta bo’lgani uchun ular tuxumni yorib chiqa olmaydilar va natijada nobud bo’ladilar.
Faqat kalta oyoqli tovuqlarni ko’paytiruvchan inkubatorda 3000 jo’ja ochib chiqqan bo’lsa, ular orasida qanchasi kalta oyoqli jo’jalar ekanligini aniqlang.
2-masala. Izoh. Sichqonlarda junning sariq va kulrang bo’lishi autosoma genining ikkita alleli bilan belgilanadi.
Masala. Sariq erkak va urg`ochi sichqonlar chatishtirilganda 235 ta sariq, 123 ta kulrang sichqonlar olingan. Urg`ochi, erkak va F1 sichqonlarning genotipini toping va uning sababini yoriting.
3-masala. Qorako’l qo’y zotlarida mo’ynaning sheroziy bo’lishi dominat genga, qora bo’lishi resessiv genga bog`liq. Mo’ynasining rangi sheroziy bo’lgan geterozigota sovliq va qo’chqorlar chatishtirilganda, durg`aylarda ajralish nisbati qanday bo’ladi?
4-masala. O’simliklarning qator turlarida albinizm geni bor. Bu gen bo’yicha gomozigot o’simliklar xlorofilni sintezlay olmaydi.
Bu gen bo’yicha geterizigota tamaki o’simligida o’z-o’zidan changlanish kuzatildi va 500 ta urug’ hosil bo’ldi. Ulardan qanchasi barcha jihatlari bilan ota-ona o’simliklarga o’xshash bo’ladi?
5-masala. O’simliklarning qator turlarida albinizm geni bor. Bu gen bo’yicha gomozigot o’simliklar xlorofilni sintezlay olmaydi.
Bu gen bo’yicha xlorofilni sintezlay oladigan geterizigota tamaki o’simligida o’z-o’zidan changlanish kuzatildi va 500 ta urug’ hosil bo’ldi. Qancha oq tupli o’simliklar o’sib chiqadi?
6-masala. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning o’roqsimon anemiya bilan kasallanish ehtimolligi qancha?
7-masala. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning qanchasi fenotip va genotip jihatdan sog’lom?
8-masala. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi . Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning fenotip bo’yicha sog’lom tug’ilish ehtimolligi qancha?
9-masala. O’roqsimon anemiya kasalligi retsessiv holda irsiylanadi Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90% hayotdan erta ko’z yumadi.
Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’lom yigit Ota-onasi sog’lom lekin, ukasi erta vafot etgan sog’lom ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning geterozigota tashuvchi tug’ilish ehtimolligi qancha?
10-masala. Sariq junli sichqonlar chatishtirish tufayli 72 ta sariq junli sichqonlar 36 ta qora junli sichqonlar hosil bo’ldi chatishtirishda ishtrok etgan ota-ona sichqonlar genatipini aniqlang?
11-masala. Sariq junli erkak va urg’ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 24 tasi sariq, 11 tasi oq quyonlar olindi. Ota-ona quyonlarni va F1 quyonlarni genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |