GENETIKA
Genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan.
Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir.
Irsiyat---organizmning o'z belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish xossasidir.
Irsiyat tufayli tur doirasidagi individlar o'xshash bo'ladi. Belgilarning nasldan-naslga o'tib borishi ko'payish tufayli amalga oshadi. Irsiyatning moddiy asosi gendir. Gen nima? Gen — bu irsiy axborotlar birligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |