Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik


tabiiy tanlash t a ’siri kuzatilmaganda va yuqorida



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/132
Sana03.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#427924
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132
Bog'liq
Genetika

tabiiy tanlash t a ’siri kuzatilmaganda va yuqorida
keltirilgan ayrim sharoitlar saqlanganda panm iksiyali populyatsiyada
allellar va genotiplar chastotasi avlodlar almashinishi jarayonida
o ‘zgarmaydi.
Bu qonunning matematik ifodasi allellar va genotiplar 
chastotasini hisoblashga imkon beradi. Masalan, populyatsiyada 
biron belgining ikki alleli: A va a mavjud. O‘z-o‘zidan m a’lumki 
bunday populyatsiyada AA; Aa, aa genotiplari uchraydi. A ning 
uchrash chastotasini r bilan, a ning uchrash chastotasini esa q bilan 
belgilasak, ularning yig‘indisi pA+qa=l yoki 100% ga teng bo‘ladi, 
chunki populyatsiyada faqat ikki xil allel bo‘lganligi uchun ularning 
yig‘indisi 100% ga tengdir. Shundan kelib chiqqan holda genotip­
lar yig‘indisi AA + Aa + aa ham 100% (1) ga tengdir. M a’lum 
bo‘lishicha genotiplar chastotasi yig‘indisi allellar yig‘indisi kvad- 
ratiga teng ekan (rA — qa)2 = p2AA + 2pqAa + q2aa = l/100%. 
Bundan kelib chiqadiki allellar chastotasi m a’lum bo ‘lsa, genotip­
lar chastotasini ham hisoblab chiqish mumkin ekan. Buni konkret 
misolda ko‘rib chiqamiz. Populyatsiyada rezus manfiy shaxslar 
chastotasi 16% (0,16) ga, rezus musbat shaxslarniki esa 84% (0,84) 
ga teng. Rezus-manfiylikni aniqlovchi gen retsessiv bo‘lganligi 
uchun 16% (0,16) shaxslarning hammasi dd genotipiga ega, domi­
nant gomozigotalar (DD) va geterozigotalar (Dd) yig‘indisi 84%


109
(0,84) ga teng. Agar q2dd = 0,16 bo‘lsa, qd = 0,16 = 0,4 (40%)ga 
teng. A allelning chastotasi l — qd = pA= l — 0,4 =0,6 (60%) ga 
teng. Bundan r2AA genotip chastotasi 0,62 — 0,36 (36%) ga teng 
ekanligi kelib chiqadi. Geterozigotalar chastotasi esa 2pqDd = 
= 2 x 0 , 6 x 0,4= 0,48 (48%). Geterozigotalar chastotasini quyi- 
dagicha hisoblash ham mumkin: 2pqDd = l — (p2DD + q2dd) = 
= 1 - (0,36 + 0,16) = 1-0,52 =0,48 (48%).
Shunday qilib, W populyatsiyada rezus-omilga nisbatan do­
minant va retsessiv allellar, retsessiv, gomozigot, geterozigot, domi­
nant gomozigot genotiplar chastotasini hisoblab chiqish mumkin.
Bunday hisoblashlarni patologik allellar chastotasini aniqlash- 
da qo‘llash mumkin. Odatda patologik genlarni tashuvchi shaxs- 
larning yashovchanligi sust b o ‘lib, ular eliminatsiyalanishi 
mumkin, lekin ularning o ‘rni yangi kelib chiquvchi mutatsiyalar 
hisobiga to ‘ldiriladi.
Populyatsiyalarning genetik strukturasini aniqlash katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, irsiy kasalliklarning oldini olish choralarini 
ishlab chiqishda foydalaniladi. Agar retsessiv mutant alleli bo‘lgan 
geterozigotalar chastotasi m a’lum bo ‘lsa, oldindan kelajak avlodda 
mutant allelning gomozigotalari chastotasini hisoblab, profilaktik 
choralarni ishlab chiqish va bunday kasallarni davolashga tayyor- 
lanish mumkin.
Populyatsiyaning genetik strukturasini aniqlash ayni po- 
pulyatsiyada tanlashning har xil shakllarining tasirini o‘rganishga 
ham imkon beradi. Tabiiy tanlash populyatsiyaning genetik tarkibi- 
ning doimiyligini buzadi. Tanlash intensivligini o‘rganish uchun 
tanlash koeffitsientidan (C) foydalaniladi. Bu koeffitsient m a’lum 
genini tashuvchi shaxsning avlod qoldirish imkoniyati qandayligi- 
ni, ya’ni genotipning adaptivlik samarasini ifodalaydi. Tanlash 
koeffitsienti 1(100%) ga teng bo ‘lsa, bu genni tashuvchilar elimi- 
natsiyalanadi (keyingi avlodga genlarini o‘tkazmaydi). Aksincha, 
0 bo‘lsa, genotipning adaptiv samarasi 1 ga teng bo‘ladi (maksimal 
moslanuvchanlik kuzatiladi). Odamlar populyatsiyasida patologik 
allelning dominantligida tanlash ta ’siri gomozitotalarga qarshi 
qaratilgan bo ‘ladi.
Masalan, axondroplaziya genida selektiv samara 0,195 = 20% 
ga teng, shuning uchun ham axondroplaziya genining juda kam 
qismigina keyingi avlodga o ‘tadi, chunki kasallarning ko‘pchiligi 
reproduktiv davrgacha o‘lib ketadi (S=0,8). Nikoh qurganlari ham 
sog‘lom oilalarga nisbatan kam farzand ko‘radi. Gentington


110
Genetika
xoreyasi asosan 40—45 yoshlarda yuzaga chiqadi (juda kam holat- 
lardagina bundan oldin yoki keyin yuzaga chiqishi mumkin). 
Ko‘pincha ota yoki ona fenotipik jihatdan sog‘lom bolalar 
tug‘ilganidan keyin kasallanishi mumkin. Ya’ni ota yoki onaning 
kasal ekanligi aniqlanganida patologik dominant gen avlodga 
allaqachon o‘tgan bo ‘ladi. Vrach taktikasi bu holatlarda shunday 
oilalarda bolalar tug‘ilishini chegaralashga qaratiladi. Retsessiv 
genlarga qarshi tanlash holatlarida geterozigotalarda (Aa) retsessiv 
allel tanlashning eliminatsiya ta ’siridan qutulib qolgani uchun ham 
ularning profilaktikasida qiyinchiliklarga uchraladi.
Populyatsiyaning genetik strukturasi juda ko‘p evolyutsiya 
omillari tomonidan nazorat qilinadi, ularning orasida tanlashdan 
tashqari mutatsion jarayon ham katta ahamiyatga egadir. Masalan: 
hatto ba’zi allel tanlash ta ’sirida keyingi avlodga o ‘tgan taqdirda 
ham uning konsentratsiyasi 100%ga yetmaydi, chunki o ‘sha allel- 
ga nisbatan yangi mutatsiyalar hosil bo‘ladi. Foydali allelning kon­
sentratsiyasi shakllanishida mutatsion jarayon bilan tanlash ta ’siri- 
ni o ‘zaro munosabati katta rol o ‘ynaydi. Odamlar populyatsiyasida 
axondroplaziyaning chastotasi 1:10000 ga teng. Odamlar populyat­
siyasida geterozigotalarga qarshi tanlash patologik genga nisbatan 
ham (axondroplaziya geniga qarshi), retsessiv genga nisbatan ham 
(rezus omil geniga qarshi) kuzatilishi mumkin. Gomozigotalarga 
qarshi tanlash (HbS HbS gomozigotalari o‘roqsimon hujayrali 
kamqonlik bilan kasallanadi), geterozigotalar foydasiga tanlash 
(ayrim regionlarda NvA HbS geterozigotalari selektiv ahamiyatga 
ega bo ‘ladi) shakllari ham kuzatiladi. Tanlashning har xil shaklla- 
rining ta ’siri natijasida mutatsiyalar jarayonida hosil bo‘lgan 
genetik polimorfizm mustahkamlanadi. Ayrim allelarning har xil 
populyatsiyalardagi chastotalarining farqlari ham tanlashning ta ’siri 
natijasidir. Masalan, gemoglobinning 130 dan ko‘proq shakllari, 
G -6-FD G fermentining 70 dan ortiq variantlari mavjuddir, ular- 
ning har bir variantining yuqori chastotasi ayrim populyatsiyalarda 
kuzatiladi. HbS subtropik va tropik areallarda 1% chastotada, III 
qon guruhi (JB) Osiyoda, I (J°) qon guruhi esa Avstraliyada va 
Polineziyada ko‘proq uchraydi.
Hozirgi zamon populyatsiyalar genetikasi bu fenomenlarni sta- 
tistik — populyatsiya usuli yordamida tushuntiradi. Popu­
lyatsiyaning genetik tarkibini aniqlashdan odamlar populyatsiyalari 
tarixini, kelib chiqishini aniqlashda ham foydalaniladi va bu antro- 
pogenezning ko‘p jumboqlarini yechishda katta ahamiyatga ega.


111

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish