Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana03.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#427924
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
Genetika

Immunogenetika
— odam genetikasining bir sohasi bo‘lib, anti- 
genlar spetsifikligi, irsiylanishi qonuniyatlarini, immunitet reak- 
siyalarining amalga oshishida irsiyatning rolini o‘rganadi. Bu 
sohadagi ilmiy ishlari uchun B.Benatsarraf, J.Dosse, D.Snel 1980- 
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Keyingi yillarda irsiy 
kasalliklarning immunitet sistema bilan bog‘liqligini o ‘rganishda 
katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
To‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) sohasida 
olib borilgan tajribalar natijasida XX asrning 40-yillarida to ‘qimalar 
mosligi bosh kompleksi — M HC (Major Histocompatibility 
Complex) haqida tushunchalar paydo bo‘ldi. M HC genetik sis- 
temasi tomonidan nazorat qilinadigan antigenlar immunologik 
tanishda va immun javobda, hujayralarning o‘zaro ta ’sirida katta 
rol o ‘ynashi m a’lum bo ‘ldi.
Keyinchalik M HC ichida faqat to ‘qimalar antigenlarining gen- 
larigina emas, immun javob kuchini aniqlovchi genlar va limfotsit- 
lar yuzasidagi retseptor genlari ham joylashishi aniqlandi. Odamda 
M HC sistemasi HLA (Human leucocyte antigens) deb ataladi. 
To‘qima antigenlari shubhasiz hamma hujayralarda bo‘ladi, lekin 
ularni o‘rganish uchun eng qulay obyekt leykotsitlar hisoblanadi. 
To‘qima antigenlari oqsil va uglevoddan tashkil topgan bo ‘lib, 
hujayraning plazmatik membranasiga joylashadi.


96
Genetika
Birinchi leykotsit antigeni 1958-yilda J.Dosse tomonidan 
aniqlangan. I sinf to ‘qima antigenlariga A, B, C guruhlari antigen­
lari, II sinf to ‘qima antigenlariga esa D guruhi antigenlari kiradi. 
Hozirda leykotsit antigenlarining har biri ko‘p izoantigenlardan 
iboratligi aniqlandi, har bir antigen o‘z harfi va raqamlari bilan ifo- 
dalanadi. Masalan HLA-Al, HLA-A2, HLA-B5, HLA-C1 va 
hokazolar. Yangi topilgan antigenlar xalqaro ilmiy majlislarda 
unifikatsiyalanadi. Yangi topilgan antigenlar xalqaro majlislarda 
tasdiqdan o‘tib, unifikatsiyalanguncha W simvoli bilan belgilanadi 
Wl, W2, W17 kabi ifodalanadi. Tasdiqdan o ‘tgandan keyin esa 
rasmiy HLA nomenklaturasi bilan ifodalanadi
HLA antigenlarini kodlashtiruvchi genlar birikkan guruh hosil 
qilib 6-autosomaning kalta yelkasiga joylashadi 
(37-rasm).
Odamda har xil HLA antigenlarning uchrashi turli irsiy kasal- 
liklarning kelib chiqishi mumkinligini ifodalovchi ko‘rsatkich 
sifatida katta amaliy ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda HLA sis- 
temasi bilan oilaviy surunkali virus infeksiyalari, autoimmun va 
immunodefitsit holatlar orasidagi korrelyatsiyalar (assotsiatsiyalar) 
mavjudligi chuqur o ‘rganilmoqda 
(17-jadval).
Hozirgi paytda immunogenetiklar m a’lum HLA izoantigenlari 
bo‘lganda ayrim kasalliklar rivojlanishining nisbiy xatari foizini 
hisoblab chiqishdi. Masalan HLA — V37 mavjud bo‘lsa, yuvenil 
artrit xatari 5,4% ga, HLA — B8, HLA — DKZ, H L A — DK4 
mavjud bo‘lsa, qandli diabet xatari 33,0%ga tengligi aniqlandi. 
Ayrim antigenlar bo‘lganda yomon sifatli o‘sma kasalliklari xatari 
yuqori bo‘lishligi to ‘g‘risida talaygina m a’lumotlar to ‘plandi. 
HLA — sistemasi ba’zan protektor ahamiyatga ega bo‘lishi to ‘g‘risi- 
da qiziqarli m a’lumotlar bor. Masalan, yaponlar populyatsiyasida 
HLA — B15 qandli diabetga rezistentlikka olib kelishi mumkinligi 
aniqlangan. Shunday qilib, HLA sistemasini o ‘rganishda diagnos-
37-r a s m.
HLA sistemasi antigenlari genlari kompleksining genetik xaritasi.


97
17-j a d v a l

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish