Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik


(34-rasm). 92 Genetika 34-r a s m



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/132
Sana03.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#427924
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
Bog'liq
Genetika

(34-rasm).


92
Genetika
34-r a s m.
Xromosomalarni farqlashda va idiogrammalarni tuzishda 
kompyuter dasturlaridan foydalanish.
Sitogenetikada keng qo‘llaniladigan usullardan biri odam 
somatik hujayralarida jinsiy 
xrom atinni
aniqlashdir 
(35-rasm).
Bu 
usulning afzalligi — uning soddaligi va tez tekshirish o‘tkazib xulosa 
olish mumkinligidadir. Lunj shilliq pardasidan qirib tayyorlangan
35-r a s m.
Ayol hujayralarida jinsiy xromatin.
A —
ayol terisi epidermisi hujayrasining yadrosi: 1 —
kariolemma; 2 —
xro­
matin; 3 —
jinsiy hromatin; b —
neytrofil leykotsiti: 1 —
yadro; 2 —
jinsiy xro­
matin.


93
va epitelial hujayralardan tashkil topgan surtma yoki periferik qon 
leykotsitlari preparati m a’lum bo ‘yoqlar bilan (atsetorsein, lak- 
moid) b o ‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi. Jinsiy xromatin 
tanachalarini kamida 100 ta hujayralarda sanab, xromosoma 
to ‘plamida X xromosoma sonini aniqlash mumkin. Tajribada tas- 
diqlangan Layon gipotezasiga asosan to ‘plamda 2 ta X xromosoma 
b o ‘lsa, ulardan bin (tasodifan) reduplikatsiyadan orqada qoladi va 
giperpiknoz holida bo ‘lib jinsiy xromatin tanachasini hosil qiladi.
Bu holat embrional rivojlanishning 16 sutkasidan boshlab kuza- 
tiladi, uning asosida 2 ta xromosomadan birini inaktivatsiyalanishi 
natijasida “genlar dozasi kompensatsiyalanishi” sindromi yotadi. 
Yirik X xromosomada 3000 tagacha genlar mavjud, kichik Y xro­
mosomada esa 230 tagacha genlar bo ‘ladi shuning uchun ham 2 ta 
X xromosomasi bo‘lgani uchun ayollarda faol holatdagi genlar miq­
dori erkaklardagiga nisbatan ikki baravar ortiq bo‘lmasligini ta ’min- 
lash uchun ayollarda 2 ta X xromosomadan bittasining nofaol 
holatiga o‘tishini ta ’minlovchi mexanizm paydo bo‘lgan. Faqat 
urg‘ochi jinsiy bezlarning o ‘zak hujayralaridagina 2 ta faol X xro­
mosoma bo ‘ladi. Agar X xromosomalar soni 2 dan ortiq bo‘lsa, 
(ya’ni XXX yoki boshqa variantlar) jinsiy xromatin tanachalari soni 
ham ortadi, chunki hamma shunday holatlarda faqat I xromosoma 
faol bo‘ladi. Shunday qilib, jinsiy xromatin soniga qarab X xromo­
somalar sonini aniqlash mumkin: X xromosomalar soni n+1 ga tent 
(bunda n jinsiy xromatin tanachalari soni).
Bu usul yordamida odamning jinsini genetik jihatdan tez 
aniqlash (ekspress usul) mumkin (masalan, interseksual holatidagi 
bola tug‘ilganda). Shuningdek, bu usul yordamida X xromosoma­
lar sonining o‘zgarishiga bog‘liq kasalliklarga 
(36-rasm)
X-tri- 
somiyasi — 47, XXX, Klaynfelter sindromi — 47, XXY, 
Shereshevskiy — Terner sindromi — 45, XO, bu sindromlarning 
boshqa variantlari, X-xromosoma mozaitsizmi — 46, XX /45, XO 
va boshqalarga tashxis qo‘yish mumkin.
Ayollarda ikkinchi X xromosomaning tasodifiy inaktiva- 
tsiyalanishini tekshirilganda juda qiziq natijalar aniqlandi. 
M a’lumki turli hujayralarda kelib chiqishiga nisbatan har xil 
b o ‘lgan X-xromosomalar inaktivatsiyalanishi mumkin.
Masalan, daltonizm geniga yoki gemofiliya geniga nisbatan 
geterozigotali (XDXd yoki XHXh) bo ‘lgan ayollarda, ular mutant 
genni otasidan olgan bo‘lsa, ko‘pchilik holatlarda onadan o‘tgan 
(ya’ni XD yoki XH) X xromosomalar inaktivatsiyalanadi, ota X


94
Genetika
1 X
Xromosomalar
2 X 
Xromosomalar
3 X
Xromosomalar
4 X 
Xromosomalar
Normal erkak XY yoki kasal 
ayol XO (Shereshevskiy —
Terner sindromi)
Normal ayol XX yoki kasal 
erkak XXY (Klaynfelter sin- 
dromi)
Kasal ayol XXX trisomiya 
yoki kasal erkak XXXY 
(Klaynfelter sindromi)
Kasal ayol XXXX (poli- 
somiya) yoki kasal erkak 
XXXXY (Klaynfelter sindro- 
mi)
36-r a s m.
X - xromosomalar (I), og‘iz epiteliyasi hujayralaridagi Barr 
tanachalari (II) va leykotsitlar yadrolaridagi “nog‘ora tayoqchalari” (III) 
soni orasidagi bog‘lanish.
xromosomalari (Xd yoki Xh) faol holatda b o ‘ladi. Bunday ayollar­
da dominant genlar (D yoki N) bo‘lishiga qaramasdan daltonizm 
yoki gemofiliya namoyon bo‘lishi mumkin.
Shunday qiziqarli hodisa m a’lumki monozigot egizak opa- 
singillarda har xil X xromosomalar inaktivatsiyalanishi natijasida 
ularning bittasi gemofiliya bilan og‘rigan, ikkinchisi esa gemofiliya 
genining geterozigot tashuvchisi bo‘lib sog‘lom bo‘lgan.
XD xromosomaning inaktivatsiyalanganligini geterozigotalar 
(XDXd) ko‘zining to ‘r pardasini qizil rangli nur to ‘plami bilan 
yoritib, ular rangni sezmay qolganiga qarab (nur faol Xd li hujayra- 
ga tushganda) aniqlash mumkin.
Sitologlar Barr va Bertram tomonidan birinchi bo ‘lib urg‘ochi 
mushukning bosh miyasi neyronlari yadrosining membranasida 
bo‘yalgan tanachalarni topishdi, erkak mushuklarda esa bunday 
tanalar topilmaganligi uchun ular bu tanachalarni 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish