Gеmоglоbingа оid pаtоfiziоlоgiya.
Nafassiz hayot yo‘q. Bu kundek ravshan. Ammo inson organizmida shunday moddalar borki, ularsiz nafasning o‘zi ham keraksizga aylanadi. Ulardan biri — gemoglobin.
Qon tarkibidagi oqsillar shunday ataladi. Uning asosiy vazifasi nafas olish jarayonida qabul qilingan kislorod molekulalari bilan birlashib ularni qon tomirlari bo‘ylab tashib, organ va to‘qimalarga yetkazib berishdir.
Gemoglobinning ikkinchi, ammo birday muhim bo‘lgan vazifasi — kislorod yetkazib berish jarayonida to‘qimalardagi karbonat angidrid gazini yig‘ib, teskari tomonga ya'ni o‘pkaga tashish. Biz nafas olamiz va bizning organlarimiz hayotiy faoliyatni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni qabul qiladi. Biz nafas chiqaramiz va to‘qimalarda paydo bo‘lgan karbonat angidrid gazini tozalaymiz. Gemoglobinlarsiz to‘laqonli nafas olish-qaytarish ishi ilojsiz bo‘lib qoladi.
Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?
Agar ushbu oqsil miqdori kam bo‘lsa, Tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga (gemoglabin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la boshlaydi:
O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch qolmagandek.
Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz.
Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz.
Bosh aylanishi ko‘payadi.
Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz).
Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo bo‘ladi.
Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi.
Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.
Darhol ma'lum qilamiz: agar o‘zingizda gemoglabin miqdori kamayganidan shubhalanayotgan bo‘lsangiz, terapevtga uchrash zarur. Shifokor ko‘rikni yakunlab, katta ehtimol bilan, sizga qon tahlilini topshirishni maslahat beradi. Bu sizdagi alomatlarni nima qo‘zg‘atganini aniqlash uchun kerak bo‘ladi: bu rostdan ham gemoglobin miqdori kamayishimi yoki boshqa kasallikmi? Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari anemiya alomatlari bilan niqoblanishi mumkin va ularni o‘tkazib yubormaslik zarur.
Agar gemoglobin taqchilligi o‘z tasdig‘ini topsa, shifokor uning sabablarini izlashga kirishadi. Ular ko‘p, ya'ni keng ko‘lamda — to kam zararlilaridan o‘lim darajasidagi xavflilarigacha. Misol uchun, gemoglobin kamayishi — homiladorlik yoki ozish maqsadida oziq-ovqatdan tiyilishni boshlashda normal holat. Lekin anemiya sababi surunkali buyrak xastaliklari, jigar sirrozi, gipotireoz, qo‘rg‘oshindan zaharlanish, ichki qon ketishi, turli xildagi saraton bo‘lishi ham mumkin. Umuman olganda, ushbu noxush holatlarni inkor etish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Gemoglobinni qanday ko‘taramiz?
Organizmda hech qanday yomon kasallik aniqlanmaydi deb niyat qilamiz. Shunday holatda gemoglobin darajasini normaga keltirish uchun ovqatlanish ratsionini tartibga solishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Natijaga bexato erishish uchun ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |