Geliotexnika



Download 19,61 Kb.
bet1/3
Sana24.07.2021
Hajmi19,61 Kb.
#127479
  1   2   3
Bog'liq
fizika


Geliotexnika (gelio... va texnika) — texnikaning quyosh nurlarini amalda foydalanish uchun qulay boʻlgan boshqa tur energiyaga aylantirish bilan shugʻullanadigan sohasi; quyosh energiyasidan texnik maksadlarda foydalanish usullari haqidagi fan. Yer sirtiga yetib keladigan quyosh nurlari juda katta issiqpik manbai hisoblanadi. Ana shu manbadan samarali foydalanish usullarini topish, turli qurilmalar, energiya manbalarini yaratish G.ning asosiy vazifasi. Quyosh yiliga 1800 dan 3000 soatgacha nur sochib turadigan joylarda gelioqurilmalar va gelio-energetika st-yalaridan foydalanish natijasida koʻp miqdorda yoqilgʻi va energiya tejaladi. Lekin bunday qurilma va st-yalarni butun yil mobaynida birday ishlatib boʻlmasligi ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, shu jumladan Oʻzbekistonda G.ga oid tadqiqrtlar olib borilmoqda. Mas, Oʻzbekistan FA Energetika va avtomatika institutida, Oʻzbekiston FA "Fizika-Quyosh" IICHBning Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlarida G.ga oid ishlar bajariladi. "Fizika-Quyosh" IICHBga qarashli Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlarida, Oʻzbekistan FA Energetika va avtomatika instituti va OʻzRning bir qancha oliy oʻquv yurtlarida Quyosh energiyasidan foydalanib binolarni issiq suv bilan taʼminlash, quyosh oshxonasi yaratish, uylarni isitish, kam quvvatli isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash, Toshkent viloyatining Parkent tumanida issiqlik quvvati 1 MVt boʻlgan katta quyosh san don i yordamida yuqori t-ra sharoitida i. t. ishlari amalga oshiriladi. Respublikada fundamental fanlar taraqqiyotiga aloxida eʼtibor berilmokda. Materialshunoslik i.t. inti yuqori zichlikka va har xil spektrga ega boʻlgan nurlanishlarni moddalar bilan oʻzaro taʼsiri, quyosh sandonida issiqqa chidamli materiallarni sintez qilish, issiqqa va ishqalanishga chidamli elektr izolyatsiya xossalariga ega boʻlgan materiallar fizika-kimyoviy texnologiyalarini yaratish va b. boʻyicha ilmiy ishlar olib bormoqda. Quyosh sandoni yordamida qoʻshilmalari boʻlmagan toza metallar eritib olinadi. Quyosh energetikasining kelajagi porloq. Quyosh va vodorod energetikasi ekologik toza, qulay, shovqinsiz va cheksiz. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida quyosh kosmik elektr stlari va quyosh nuridan foydalanib ishlovchi turli qurilmalar va avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Kuchma quyosh elektr stansiyalarini koʻplab yaratish ishlari tezlashtirilmoqda, ayniqsa koʻchma quyosh elektrolizyorlarini yaratish va ulardan foydalanish ekologik toza vodorod energiyasini olishga yordam beradi.


Download 19,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish