K'*}
N = ----- ^ — , k W n 4)
3,6 ■10 •й> •
Bunda:
7 .3 . A bsorbsion sovitkich qurilm asi sikli
Ba’zi hollarda sovitkich qurilmasi siklida ishchi jism bosimini oshirishda mexanik energiya emas, issiqlik energiyasi, masalan, elektr qizdirgich yoki quyosh energiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu xildagi sovitkich qurilmalarida ishchi jism sifatida jismlaming binar aralashmasidan foydalaniladi, bu aralashma bir xil bosimda har xil qaynash haroratiga ega bo'ladi.
Jismlardan biri past qaynash haroratga ega bo'lib, sovitish agenti hisoblanadi, boshqasi esa —absorbent. Odatda sovitkich agenti sifatida ammiak ishlatiladi, absorbent sifatida esa — suv.
Absorbsion sovitkich qurilmasining sxemasi 7.3- rasmda keltirilgan. Generator (1) da p 2 bosimda suvli ammiak eritma konsentrati mavjud. Tashqaridan qx miqdor issiqlik berish hisobiga (masalan, quvur 10 orqali qaynoq bug') sovitish agenti ammiak bug'lanishi sodir bo'ladi. Buning oqibatida generatorda kam konsentratli eritma qoladi. Hosil bo'lgan yuqori konsentratli sovitkich agenti bug'i kondensator (2) ga yo'llanadi, bunda quvur
orqali o'tadigan sovuq suv bilan sovitiladi va kondensiyalanadi.
Kondensat drossel (4) orqali oqib o'tadi, natijada bosim p 2 dan p,
120
ga kamayadi, keyin esa bug‘lantirgich (5) ga o‘tadi (refrijerator). Bug'lantirgichda o‘rab turuvchi muhitda q2 miqdorda issiqlik yutiladi va to 'y ingan nam bug‘ bug'lanadi. Bug'lantirgichdan bug1 absorber (7) ga yo'llanadi, bunda u generatordan kelayotgan kuchsiz eritma (absorbent)da absorberlanadi. Bu holda absorbsiya issiqligi qabs quvur 6 dan oqayotgan sovitgich suviga yutiladi.
Generator (1) dagi bosim p2 absorber
(7) dagi bosim px dan yuqori ekanligidan, ular orasidagi drossel klapan (9) o'rnatiladi.
Absorbsiyalanish jarayonida absorberdagi
eritma tarkibidagi sovitish agenti konsen- 7^~ rasm
tratsiyasi ortadi. To'yingan eritma nasos (8) bilan absorberdan generator ( 1) ga uzatiladi.
Shunday qilib, absorbsion sovitish qurilmasidan sovitish agentini kompressorda siqish o'miga desorbsiya jarayoni amalga oshadi, ya’ni eritma issiqlik berish hisobiga ortiqcha b >simli sovitish agenti (ammiak) ajratadi. Bug'lantirgichda sovitiladigan jismdan ajratib olingan issiqlik q2 ning sarfbo'lgan issiqlik q{ga nisbati issiqlik ishlatilish koeffitsiyenti, yoki absorbsion sovitkich qurilmasi issiqlik koeffitsiyenti deyiladi.
f f - (W)
Absorbsion sovitish qurilmalari nisbatan past issiqlik dinamik samaraga ega, lekin qurilma soddaligidan (kompressor yo'q) va foyda- lanishda yaroqliligidan keng tarqaldi. Qishloq va suv xo'jaligida cheksiz quyosh energiyasidan foydalanuvchi gelioabsorbsion sovitkich mashinalari qo'llanilishi kelajagi porloq hisoblanadi.
7 .4 . Issiqlik n a so s sikli
Har xil haroratli jismlaming biridan ikkinchisiga issiqlik uza- tishga mo'ljallangan uskunalar issiqlik trm s fo rm a to r la r i (term o- tra n s fo rm a to r la r ) deyiladi. Past haroratli jismlardan yuqori harorat-li jismlarga issiqlik uzatishga xizmat qiladigan issiqlik transformatorlari kuchaytiruvchi transformatorlar deyiladi. Ularga issiqlik nasoslari kiradi, issiqlik nasoslari o'rab turuvchi muhitdan yuqori haroratli obyektga issiqlik uzatishni amalga oshiradi. Past haroratli issiqlik manbai bo'lib atmosfera havosi, havzalardagi suv
121
7.4- rasm.
yoki issiq suv havzalari, yer qari issiqligi (geoterm al m anbalar) xizmat qilishi mumkin, shu bilan birga turbina yoki kompressorlar kondensatorlari sovitish suvlari, ichki yonuv dvigatellarining chiqindi gazlari, chorvachilik, parrandachilik fermalaridan chiqayotgan havo va boshqalar ham issiqlik manbai boMishi mumkin.
Х я у Issiqlik qabul qiluvchi obyekt boMib, 4 ^ binoni isitish sistemasi qabul qilinishini birinchi boMib V.Tomson taklif qilgan, V.A.Mixelson esa yshbu g'oyaning texnik ishlanmalarini amalga oshirgan. Issiqlik qabul qiluvchi sifatida har xil texnologik jarayoni ishlatish mumkin. Issiqlik nasoslari — sovitkich qurilm alari boMib, boshqa chegaraviy haroratlarda ishlaydi. Masalan,
agar sovitgich qurilmalari uchun issiqlik qabul qiluvchi — o‘rab turuvchi muhit boMsa, issiqlik nasoslari uchun o'rab turuvchi muhit issiqlik berish manbasi hisoblanadi.Shuning uchun issiqlik nasoslarining sikllari sovitkichlamikidan farq qilmaydi.
Issiqlik nasosining sxemasi 7.4- rasmda tasvirlangan. BugMantirgich
(6) da sovitish agenti o‘rab turuvchi muhitdan (masalan, suv hav- zasi) qabul qilingan issiqlik hisobiga bugManadi, keyin kompressor
(1) ga keiadi. Sovitish agenti bugManganda q2 miqdorda issiqlik ajratib oladi. Sovitish agenti kompressorda siqiladi va kondensator (4) quvurlariga oqib o‘tadi. Kondensator quvurlari isitiladigan obyekt orqali aylanayotgan isitish tizimi suvi bilan yuvib, sovitiladi. Issiqlik qabul qiluvchi (3) ga q2 miqdor issiqlik bilan birgalikda kompressorda sarf bo'lgan ishga ekvivalent issiqlik ham beriladi. Keyin kondensat drossel klapan (5) orqali bugMantirgich (6) quvuriga haydaladi. Issiq likning nasos samarasi o'zgartirish koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsiyent isitiladigan obyektga berilayotgan issiqlik q=q-,+(\ bilan sarf bo'lgan ish nisbatidan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |