IV. Xulosa
Xulosa qilib aytganda, majburiyat, odatda, yozma ravishda rasmiylashtiriladigan, so'zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va'dani angltadi. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra, majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to'lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarning amalga oshirilishini anglatadi.
G’aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro’yatga olish, budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlami qabul qilish, ularni G'aznachilikda ro'yxatdan o'tkazish hamda hisobga olish ishlari O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “Davlat budjeti g‘azna ijrosi qoidalari” bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablag'lar bo'yicha tovarlar (ish, xizmat) larni yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek, ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar, ular G'aznachilik bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin kuchga kiradi. Yuridik majburiyatning g'aznachilik va uning hududiy bo'linmalarida majburiy tarzda ro'yxatga olinishidan maqsad — shartnomalarning to'g'ri tuzilganligi, ularning tasdiqlangan smetalar doirasida tuzilganligi, narxlar to'g'ri belgilanganligini nazorat qilishdan iborat. Bu faoliyatning to'g'ri amalga oshirilishi G'aznachilik faoliyatining samaradorligini ko'rsatadi, budjet mablag'larining maqsadli sarflanishini ta’minlaydi, budjetdan mablag' oluvchilar va ularga mol yetkazib beruvchilaming shartnomaviy-huquqiy munosabatlarining to'g'ri yo'lga qo'yilishini talab etadi.
Yuridik majburiyat budjet tashkiloti bilan kontragent o'rtasida ma’lum muddatdan so'ng ma'lum bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartibda G'aznachilikda ro'yxatdan o ‘tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag' oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o'rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G'aznachilikda ro'yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlami tegishli G'aznachilik organlarida majburiy ravishda ro'yxatga olishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlaming tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko'rsatkichlaridan) ortib ketishiga yo'l qo'ymaslikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. O’zbekiston Respublikasining “Budjet Kodeksi” Toshkent-2013y.
2. D. Pulatov , B.Nurmuhammedova -“G’aznachilik” , “Sano Standart”, Toshkent 2014 y.
3. Вахабов А.В., Срожиддинова З.Х. Государственный бюджет: Учебник. Т. IQTISOD-MOLIYA, 2007
4. Qosimova G. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.: IQTISODMOLIYA, 2013
5. Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada 2010 year.
Do'stlaringiz bilan baham: |