G’aznachilik” fanidan Bajardi: Tursunova Yulduz Qabul qildi: Butunov Shoymardon qarshi-2021


G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga



Download 156,73 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi156,73 Kb.
#310335
1   2   3   4   5
Bog'liq
YURIDIK MAJBURIYATLARNI RO'YHSTGA OLISH

G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga kelishi

Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so'nggi nazorat shakllari mavjud. Agar budjet amaliyoti nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, dastlabki budjet nazorati turli (larajidagi budjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari loyihalarini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash, budjet tashkilotlarining budjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasini hamda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro'yxatga olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi.

Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag'larning ajratilishida. bevosita to'lovlaming amalga oshirilishida olib boriladi. Davlat budjeti g'azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g'aznachilik organlariga ham yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo'limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.) Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishlari taqozo etadi. Amerikalik iqtisodchi Steven M.Braggning fikricha, g’aznachilik o’zida bir qancha nazorat elementlarini jamlashi kerak, chunki g’aznachilik operatsiyalarida ko’plab naqd pul ishtirok etadi. Shuningdek, shartnoma tuzilganda pul oqimi nazoratini g’aznachilik olib borishi kerak.

Majburiyat, odatda, yozma ravishda rasmiylashtiriladigan, so'zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va'da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra, majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to'lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarning amalga oshirilishini anglatadi. Majburiyatlami qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

- imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridiari bo‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar;

- ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlami amalga oshirish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;

- jarimalar va sud qarorlariga asosan, penyalar to ‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi tegishli davlat vakolatli organiari qarorlari;

- budjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar.

Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas'ul shaxslar budjetdan mablag‘ oluvchilar va budjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G'aznachilikda o’rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida G'aznachilik bo'linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi. G'aznachilik organlarida budjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi namunalari g'aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlami ro'yxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to'lovini nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi.



G'aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat va moliyaviy majburiyat. Yuridik majburiyat budjetdan mablag' oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o'rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G'aznachilikda ro'yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlami tegishli G'aznachilik organlarida majburiy ravishda ro'yxatga olishdan ko'zlangan asosiy maqsad - budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlaming tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko'rsatkichlaridan) ortib ketishiga yo'l qo'ymaslik. Moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag' oluvchilarda ularga pul mablag'larini o'tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo'lib, ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to'lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisob varaq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjjdligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida g'aznachilik bo'linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro'yxatdan o'tkaziladi. G’aznachilik ichki auditni ham amalga oshiradi. Ichki auditni amalga oshirish orqali aniqlangan muammolarnikelajakda qaytarilmasligini ta’minlaydi.


  1. Download 156,73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish