Gazlarda ko`chish hodisalari


Diffuziya koeffitsiyentini o’lchash



Download 137,64 Kb.
bet3/7
Sana08.07.2022
Hajmi137,64 Kb.
#758062
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gazlarda ko`chish hodisalari

3.Diffuziya koeffitsiyentini o’lchash: Diffuziya koeffitsiyentini o’lchashning eng oddiy metodlaridan birini Loshmidt (1870) taklif qilgan edi. Uning foydalangan asbobi bir-biri ustiga qo’yilgan va jo’mrak bilan ulangan ikki naydan iborat edi. Naylarning uzunligi 500 sm ga yaqin va diametrlari 2,6 sm bo’lgan. Jo’mrakni berkitib, naylarga tekshiriladigan gazlar to’ldiriladi. Og’irlik kuchi ta’sirida gazlarning diffuziyasi tezlashmasligi uchun og’irroq gaz pastki nayga, yengilrog’i esa ustki nayga to’ldiriladi.
Agar jo’mrakni ochib qo’yilsa, bir gazning ikkinchisiga diffuziya yo’li bilan o’tishi boshlanadi. Biror vaqt o’tganidan keyin jo’mrak berkitiladi va hosil bo’lgan aralashmaning naylardan biridagi tarkibi o’rganiladi. Tahlil ma’lumotlaridan foydalanib, tajriba vaqti va asbobning geometrik o’lchamlaridan bir gazning ikkinchi gazga diffuziyalanish koeffitsiyentini hisoblab topish mumkin. Bunday asbobda vodorod va karbonat angidrid bilan o’tkazilgan tajriba jo’mrak yarim soat ochiq turganida atigi 33% vodorodning pastki nayga o’tganligini ko’rsatdi. Bu, albatta, diffuziya jarayonining normal bosimda juda sekin borishini tasdiqlovchi dalildir.
Bunday qurilma yordamida o’tkazilgan tajribalar, shuningdek diffuziya koeffitsiyentining aralashmadagi komponentalar konsentratsiyasiga ham zaif bog’langan ekanligini ko’rsatadi. Bu diffuziya koeffitsiyenti konsentratsiyaga juda kuchli bog’liq bo’lishi kelib chiqadigan (7-9) tenglamaning unchalik aniq emasligini ko’rsatadi. -o’zaro diffuziya koeffitsiyenti.


4.Gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligi: Gazlar (frans. gaz) - modda holatlaridan biri. Har bir modda temperatura va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. Gaz molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. Gaz tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. Gaz molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoitda gaz zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi.
Agar gaz notekis isitilgan, ya’ni uning bir qismida temperatura ikkinchi qismidagidan farq qilsa, u holda temperaturaning tenglashishini kuzatish mumkin, ya’ni gazning issiqroq qismi soviydi, sovuqroq qismi esa isiydi. Bundan ko’rinadiki, gazning issiqroq qismidan sovuqroq qismiga issiqlik oqishi bilan bog’liq bo’lgan hodisa kuzatiladi. Gazda (yoki har qanday boshqa moddada) issiqlik oqimining hosil bo’lish hodisasi issiqlik o’tkazuvchanlik deb ataladi. O’z holiga qo’yilgan har qanday jismda, xususan gazda, issiqlik o’tkazuvchanlik temperaturalarning tenglashishiga sabab bo’ladi, bu jarayon nostatsionar jarayondir. Ammo ko’pincha shunday hollar ham bo’ladiki, bunda temperaturalar farqini sun’iy ravishda o’zgartirmasdan saqlab turiladi. Masalan, cho’g’lanma elektr lampasida bevosita cho’g’langan tola yaqinidagi gaz yuqori temperaturaga (tolaning temperaturasi) ega bo’lgani holda, lampa shisha ballononing devorlariga tegib turgan gaz qismining temperaturasi ancha past bo’ladi.
Lampa ulangandan bir necha vaqt keyin tola va devorlar orasida o’zgarmas temperaturalar farqi yuzaga keladi. Bunday farq bir tomondan lampaga elektr tarmog’idan keltiriladigan elektr energiya hisobiga, ikkinchi tomondan esa issiqlikning lampa devorlaridan atrof havoga berilishi hisobiga saqlanadi. Lampa ichidagi gazda vaqt davomida o’zgarmaydigan, ya’ni statsionar issiqlik oqimi yuzaga keladi. Temperaturalarning qaror topgan farqi gazning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’ladi (cho’g’lanish lampasida issiqlik gaz orqali uzatilgandan tashqari ayni shu holda asosan nurlanish natijasida uzatilishini ham nazarda tutish lozim). Keltirilgan misolda lampa tolasi va balloniningshakli murakkab bo’lgani uchun issiqlik oqimini hisoblash murakkab.
Issiqlik o’tkazuvchanlik jarayonining miqdoriy qonuniyatlarni topish uchun oddiyroq holni qarab ko’raylik. Gazdagi biror yo’nalish (masalan x o’qi yo’nalishi) bo’ylab temperatura nuqtadan nuqtaga, ya’ni x ning funksiyasi sifatida o’zgarayotgan bo’lsin, bu o’qqa perpendikulyar tekislikda esa u birday saqlanayotgan bo’lsin. Temperaturaning x o’q bo’ylab o’zgarishi temperatura gradiyenti bilan xarakterlanadi (agar temperatura biz faraz qilganimizdekfaqat x o’q bo’ylab o’zgarayotgan bo’lsa, u holda o’rniga ni yozish mumkin. Issiqlik oqimi (7-10)

Download 137,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish