Gazlangan yaxna ichimliklar



Download 111 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi111 Kb.
#375270
  1   2
Bog'liq
Alkogolsiz ichimliklarni tekshirish. Namuna olish. Organoleptik baho berish. Kislotaliligi va zichligini aniqlash. Ovqat mahsuloti tarkibidagi radionuklid borligini tekshirish. Tayyor taomni tekshirish. Namuna olish.



Alkogolsiz ichimliklarni tekshirish. Namuna olish. Organoleptik baho berish. Kislotaliligi va zichligini aniqlash. Ovqat mahsuloti tarkibidagi radionuklid borligini tekshirish. Tayyor taomni tekshirish. Namuna olish. Organoleptik baho berish, kaloriyasini xisoblash.

Reja:


  1. Gazlangan yaxna ichimliklar.

  2. Tabiiy meva sharbatlari.

  3. Kola ichimligi.

  4. Mineral suvlar.

  5. Qadoqlangan ftorli suv.

  6. Tetiklashtiruvchi ichimliklar

  7. Tekshirish uchun ichimliklardan sinamalar olish

  8. Yaxna ichimliklarning organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlash



  1. Gazlangan yaxna ichimliklar.

Yaxna ichimliklar ishlab chiqarish jarayonida sifatli ichimlik suvi, shakar, meva ekstrakti va sharbatlari, organik kislotalar (limon, sut, vino), ovqat bo‘yoqlari va essensiyalardan foydalaniladi. Alkogolsiz yaxna ichimliklarga gazlangan yaxna ichimliklar, tabiiy meva sharbatlari, kola ichimligi va mineral suvlar kiradi.

Alkogolsiz yaxna ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan suv ichimlik suvi uchun qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi lozim. Bundan tashqari, yaxna ichimliklar ishlab chiqarishda asosiy talab suvni karbonat angidrid bilan boyitilishga qaratilishi lozim. Buning uchun suv suyuq holdagi karbonat angidridga maxsus saturator apparatida bosim ostida to‘yintiriladi.

Yaxna ichimliklarning sifati standart talablarga javob berishi lozim. Ularning tashqi ko‘rinishi tiniq va begona cho‘kmalarsiz bo‘lishi lozim. Yaxna ichimliklar tarkibida margimush va og‘ir metall tuzlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Karbonat angidridning ruxsat etilgan me’yori 0,04 %.



Yaxna ichimliklar tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi va surragatlarga rux­sat berilmaydi, diabetiklar uchun shakar o‘rniga maxsus saxarin qo‘shib ishlab chiqariladigan ichimliklar bundan mustasno.

Ayrim ichimliklarda saxarin o‘rniga sorbit yoki ksilit qo‘shish mumkin. Sulfitlangan mevalardan tayyorlanadigan meva sharbatlarida oltin-gugurt oksidining miqdori 20 mg/l dan oshmasligi lozim.

Yaxna ichim­liklarning saqlanish muddati 20 oC da 7 kungacha, diabetiklar uchun ish­lab chiqariladigan ichimliklar uchun 15 kungacha. Yaxna ichimliklarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonning buzilishi, gigiyenik qoidalarga rioya qilmaslik natijasida ichimliklar mikroblar bilan zararlanishi mumkin.

Ichimliklarning mikrob bilan zararlanish manbai suv, shakar, meva, sharbatlar, idishlar, apparatlar, jihozlar hamda korxona xodimlari bo‘lishi mumkin. Yaxna ichimliklar ishlab chiqarishda texnologik jarayon yoki idishlarni yuvish qoidalari buzilsa, dizenteriya, paratif, qorin tifi kabi yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.


  1. Tabiiy meva sharbatlari.

Tabiiy sharbatlar yangi meva va sabzavotlardan suv yoki shaker qo‘shmasdan olinadigan mahsulotlardir. Ularning tarkibida bo‘yoqlar, ozuqa kislotalar va konservantlar ishlatilmasligi lozim. Sharbatlarni qadoqlashdan oldin sharbatlar paster izatsiya, sterilizatsiya jarayonlaridan o‘tkaziladi. Barcha sharbatlarning sifati standart talablarga javob berishi lozim. Sharbatlar tarkibida misning miqdori 5 mg/l, qalayniki 100 mg/l dan oshmasligi talab etiladi.


  1. Kola ichimligi.

Hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda kola ichimliklari tarqalgan bo‘lib, ular o‘ziga xos ta’mi, chanqoq bosuvchanligi bilan ko‘pchilikka yoqadi, ayrimlari esa tetiklashtiruvchi ichimlik hisoblanadi. Ushbu mahsulot, asosan, AQSH va issiq iqlimli davlatlarda ko‘p tarqalgan. Kola ichimligi tarkibiga turli xil komponentlar, essensiyalar kiradi. Uning nomi 5 ta tetiklashtiruvchi modda ushlovchi kola yong‘og‘idan olingan. Kola mevasi o‘zida alkaloidlar, kofein (1,2-2 %) va teobromin (0,01 % atrofida) tutadi. Kola yong‘oqlari ilgari uchuvchilar uchun uchishdan avval, sportchilar uchun esa musobaqalarga va mashg‘ulotlarga tayyorlanish oldidan iste’mol qilinadigan «Kola» shokoladini tayyorlash uchun ishlatilgan. Pepsi-kola ichimligining asosini turli xil essensiyalar, ortofosfat kislota, kofein, kuydirilgan shakar, kola yong‘og‘i ekstrakti, shakar va suv tashkil etadi.


  1. Mineral suvlar.

Bular har xil kimyoviy tarkibli bo‘lib, gaz bilan to‘yintirilgan yer osti suvlaridir. Ayrim mineral suvlar ko‘p miqdorda mikroelementlar temir, brom, yod tutadi. Sun’iy mineral ichimlik suvida natriy va magniy tuzlarini eritib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirib, keyin idishlarga quyib qopqoqlanadi. Sun’iy mineral suvlarga sodali suvlar ki­radi. Mineral suvlar tiniq, rangsiz, yot moddalarsiz bo‘ladi. Ularda ozroq mineral tuzlarning cho‘kmasi bo‘lishi mumkin. Mineral suvlar sovuq (20 oC gacha), iliq, subterminal (20-37 oC), issiq terminal (37-42 oC), juda issiq giperterminal (42 oC dan yuqori) turlarga bo‘linadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra mineral suvlar karbonat angidridli, oltingugurtli, radonli, bromli, temirli, yodli va boshqalarga bo‘linadi. Tabiiy mineral suvlar davolovchi xususiyatga ega bo‘lsa-da, lekin ular oshxona suvi sifatida chanqoq qondirish uchun ishlatiladi. Bu suvlardan, ayniqsa, Narzan, Yessentuki №20, Berezali turlari mashhurdir.

MDH davlatlarida 170 dan ortiq balneologik (tibbiyotning mineral suv­lar va loy-balchiqlar xususiyati va ular vositasida davolash bilan shug‘ullanadigan bo‘limi) kurortlarida 3500 ta mineral suv manbalari mavjud. Mineral suv manbasi aniqlangan taqdirda o‘sha joyda mineral suvlar bi­lan davolovchi balneologik davolash muassasalari tashkil etiladi. Mineral suvlar bilan davolash ichki (ichimlik sifatida) va tashqi (vannalar) turlarga bo‘linadi. MDH davlatlarida balneologik markazlar, asosan, Kavkaz (Kis­lovodsk, Yessentuki, Pyatigorsk va Jeleznovodsk) shaharlarida mavjuddir. MDH davlatlaridan xalqaro maqomga ega balneologik markazlardan biri bo‘lgan Sochining (Masesta) oltingugurtga boy suvlaridan yurak-qon tomir va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Xorijdagi balneologik markazlardan Karlovi Varining (Chexiya) suvlari ovqat hazm qilish tizimi, oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichak, jigar kasalliklarini davolashda katta ahamiyatga ega.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Omonxona qishlog‘ida yerning yuqori bo‘r qavatidan chiqib keladigan mineral suvli buloq bor. Buloq «Omonxona davolash maskani»da joylashgan. Ushbu davolash maskanida davolovchi «Omonxona» mineral suvi ishlab chiqariladi va uzoq muddatga davolash maqsadida iste’mol qilishga tavsiya etiladi. Ushbu mineral suv natriy-kalsiy-magniy sulfatning XIII guruhiga mansub bo‘lib, «Ka­shin» (Rossiya) mineral suviga o‘xshash va oshqozon-ichak tizimining organik va funksional buzilishlari, markaziy asab tizimining asteniziyasi, moddalar almashinuvi buzilishlarida davolash oshxona suvi sifatida shi- sha idishlarga quyib tarqatishga tavsiya etilgan. «Omonxona» davolash oshxona mineral suvi ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik ko‘rsatma (TK 64-22004062-001:2010) ishlab chiqilgan.


  1. Qadoqlangan ftorli suv.

Ftorning biologik ahamiyati to‘qimalar klassifikatsiyalanishi bilan bog‘lanadi, uning hisobiga gidroksiapatit va ayrim fermentativ tizimlarda gidroksil ioni faolligi bilan izohlanadi. Organizmda ftorning me’yorda bo‘lishi suyak to‘qimasi (mineralizatsiyalanish), tishda dentin va emal hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ftorning deyarli (99 %) barchasi qattiq to‘qimalarda tarqalgan. Yumshoq to‘qimalarda ftorning hosil bo‘lishi ularda patologik jarayonlar yuz berayotganidan dalolat be­radi. Ftorning 75 % atrofidagi miqdori odam organizmiga suv, ichimliklar va suyuq ovqat orqali tushishi aniqlangan, sovuq iqlimli sharoitda ichimlik suvidagi ftor miqdori 1,2-1,5 mg/l, issiq iqlimli sharoitlarda esa 0,7 mg/l me’yor belgilangan. Ichimlik suvi tarkibida ftor miqdori 0,5 mg/l dan kamayib ketsa, gipoftor holati yuz beradi. Ayniqsa, tish kariyesining oldini olish uchun ichimlik suvini ftor bilan boyitish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Ftorlash uchun, asosan, ftor elementi birikmalaridan: NaF va Na2SiF6 foydalaniladi. Ftor ovqat tarkibida kam miqdorda bo‘ladi va 100 gr mahsulotda: konservalangan sardinalarda-0,2-0,4; qizil uzum va uzum sharbatida-0,15-0,3; krevetka va krablarda-0,15-0,2; baliq go‘shtida-0,01-0,17; cho‘chqa va tovuq go‘shtida-0,05-0,15; non va yormalarda-0,05-0,07; mevali va sabzavotli sharbatlar, yaxna ichimliklarda, ko‘katlarda-0,01- 0,06 mg bo‘ladi.

Oxirgi yillarda osh tuzini ftorlash (yod bilan birgalikda) amaliyotda sinaldi, 1 gr osh tuzi 0,25 mg ftor tutadi. Ushbu usul ichimlik suvida ftor kam bo‘lgan va uni ftorlash amaliyotda bo‘lmagan hududlarda qo‘l keladi. Sutni 2,5 mg/l ftor bilan boyitish texnologiyasi ham ishlab chiqilgan. Boyitilgan sut kichik hajmli (200-300 ml) paketlarga joylanadi, yorlig‘iga esa ftor bilan boyitilganligi haqidagi ma’lumot yozib qo‘yiladi. Organizmga ftor ko‘p miqdorda tushishi faqat ichimlik suvini ftor bi­lan boyitish orqali bo‘ladi. Me’yorda aralash ovqat ratsionidagi 80 % ftor odam organizmiga singadi. Uning o‘zlashtirilishi ayrim dori vositalari ta’sirini to‘xtatib qo‘yadi, xususan, antosid moddalar tarkibiga kiruvchi, ovqat yog‘larini faollashtiruvchi alyumin gidroksidi. Ftorning alimentar yetishmasligi an’anaviy ravishda kariyesning rivojlanishi bilan bog‘lanadi. Shu bilan birgalikda, ftorning odam organizmiga me’yorda tushishiga giperftoroz natijasida kelib chiqadigan flyuoroz mikroelementozni ham hisobga olgan holda e’tibor berilishi lozim. Organizmga ortiqcha ftorning kelib tushishi tabiiy yoki ekologik bo‘lishi mumkin. Ftor ishlab chiqarish orqali ortiqcha kelib tushishi (suv va aerozol yo‘llar orqali) yoki parhez ovqat tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lishi mumkin. AQSH Milliy ilmiy aka- demiyasi mutaxassislari ftorning kunlik me’yori kuniga 1,5 dan 4,0 mg deb hisoblashadi.

Organizmga ftor ko‘p miqdorda tushishi natijasida tishlarda eroziv pig­ment o‘zgarishlar, skeletlar deformatsiyasi kabi klinik ko‘rinishli flyuoroz rivojlanadi. Ftorning uzoq muddat davomida ortiqcha tushishi butun organizmni tizimli ravishda zararlaydi, xususan, ichki organlar va tomirlar- ning kalsinozlanishi, siydik va o‘t pufagida toshlar hosil bo‘lishi mumkin. Giperftorozning biomarkeri sifatida sochlarda ftor konsentratsiyasining oshib ketishi 480-830 mg/kg, me’yorda esa bu ko‘rsatkich 53-72 mg/kg. O‘zbekiston Respublikasi aholisining ko‘pchilik qismi ftor sezilarli darajada yetishmaydigan hududda istiqomat qiladi. Kariyes kasalligining oldini olish maqsadida, avvalo, ichimlik suvini ftor bilan boyitish lozim. Oxirgi yillardagi tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasida stomatologik kasalliklar o‘sib kelayotgan yosh avlodga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikamiz hududida shahar sharoitida yashovchi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning 87,76 foizida, qishloq sharoitida yashovchilarning esa 80,91 foizida kariyes aniqlandi. Toshkent shahridagi vodoprovod suvida ftor konsentratsiyasi 0,36 mg/ dm3 (suvdagi ftorning eng kam ko‘rsatkichi) ni tashkil etadi. Suv quyidagi vaziyatlarda ftorlanishi shart:

  1. tabiiy suv manbaidagi ftorning miqdori 0,03 mg/dm3 dan kam bo‘lsa;

  2. xavfli guruhda (maktabgacha tarbiya yoshidagi) tish kariyesiga nisbatan sezilarli o‘zgarish kuzatilsa.

Tish kariyesining sezilarli tarzda rivojlanishi deganda, bu kasallik maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda 80 % va undan ko‘prog‘ida uchrashi, kariyes intensivligi (KPV indeksi) 2,5 va undan ko‘p bo‘lishi tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmiga kundalik ftorning sifatini baholash mezoni sifatida T.M.Martaler tomonidan ishlab chiqilgan «Yosh xususiyatiga ko‘ra ftorning kunlik me’yor ko‘rsatkichlari» nomli qo‘llanmadan foydalaniladi. Ushbu qo‘llanmaga asosan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ftorning kundalik me’yori 0,8-1,75 mg hisoblanadi. Qadoqlangan ftorli suvni tayyorlash uchun natriy ftor ishlatiladi. 1-jadvalda 1000 l qadoqlangan ftorli suvni tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan quruq natriy ftor tuzi miqdorlari berilgan.

1-jadval


Variantlar

Zarur bo‘lgan ftorli suv hajmi

1 l

10 l

100 l

500 l

1000 l

Doza


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish