G’azal mulkining sultoni
Boshlovchi: Davrlar o’tadi, masofa o’rtar
Yurakka yaqinlab boradi dukal
Xar laxza xikmati yodimni tortar
Navoiy yodiga yashaymiz ildam
Boshlovchi: Assalomu aleykum xurmatli mehmonlar, xurmatli hamkasabalar
Va mening jajji bolajonlarim. Buyuk mutaffakur g’azal mulkining
Sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yil tantanasini
Nishonlash uchun yig’ildik. Sheriyat adabiyoti bilan limmo-lim
To’lgan davramizga hush kelibsiz.
Boshlovchi: Besh tashabbus asosida ulug’ ajdodlarimizning bizlarga
qoldirgan meroslarini kelajak avlodga yetkazishni maqsad etdik.
Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topdi.
Otalari G’iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo’lganlar, bobomiz
Bolalik davralaridanoq Temuriy shahzodalar bilan tarbiyalana boshlaydi,
Ularning zehnlari o’tkir bo’lib, 4-5 yoshidanoq yozish va o’qishni o’rganib
Olganlar, ko’plab g’azallarni bilganlar.
Boshlovchi:
Qo’shiq: “ Ona tilim”
Boshlovchi: Agar Alisher Navoiyni avliyo desak,
U avliyolarning avliyosidir.
Mutaffakir desak, mutaffakurlarning, mutaffakuridir.
Shoir desak shoirlarning sultonidir.
Boshlovchi: Bobomizning hikmatli so’zlari.
Samir:Xaq yo’lida kim senga bir harf o’rgatmish, ranj ila,
Aylamak oson emas xaqqin ado yuz ganj ila.
Axror: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim
Axror: Oz- oz o’rganib dono bo’lur
Qatra –qatra yig’ilib daryo bo’lur
Yaxyo: Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat jo’r chiqsa yaxshilik ichra ot.
Boshlovchi: Zebo qisqacha gapiradi.
Raqs 6-guruh. Ishq ayladi.
Boshlovchi: Ozoda . Alisher Navoiy 1488-yilda turkey tilda birinchi bo’lib
“ Xamsa” yozishga kirishdilar va juda qisqa muddatda ikki yilda besh
Lirik dostondan iborat “ Xamsa”ni yozib tugatadilar.
Boshlovchi: Zebo G’azallar hikmatli so’zlar. 7-guruh.
Boshlovchi: Ozoda. Xamsani birinchi dostoni “ Hayrat ul abror” Yaxshi
kishilarning hayratlanishi, falsafiy, axloqiy, ta’limiy asar.
Boshlovchi: Zebo. Raqs doira 7-guruh.
Boshlovchi: Endigi navbatni Alisher Navoiyning manalogiga beramiz.
Boshlovchi: Zebo: Qizlar ijrosida Istaram raqsi. 6-guruh
Boshlovchi: Ozoda. El qalbida buyuk, insonalar qoldi
Metindek mustahkam iymonlar qoldi,
Toshlar cho’kib ketti, ummonlar qoldi.
Navoiy, Bobur, Temur ruhida,
O’zbek elining armoni qoldi.
Demir Muhammadjon.
Boshlovchi: Ozoda. Bahodir, Akmal, Muslimbekni hozir davraga taklif
qilaman ular Alisher Navoiyning g’azallarini aytib beradilar.
Boshlovchi: Ozoda: Siz Navoiy, she’riyatning sultoni,
Siz Boburshox jahongashta shoiri.
Siz Temursiz, jahonlarni sultoni,
Siz Nodira- mohlaroyim shoiram.
Boshlovchi: Ozoda: Raqs “Tanovor” kattalar
Boshlovchi: Ozoda. Hozir men so’z navbatini bog’chamiz mudirasi
Iroda ibragimovnaga beraman.
G’AZAL MULKINING SULTONI
MIR ALISHER NAVOIY
Angren 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |