O‘txona panjarasi tagiga berilayotgan puflash shlak qatlamidan utib, isib boradi. Undan keyin puflash gazlashtirilayotgan yoqilg‘i qatlami tagiga yuboriladi. Bu zonada puflash kislorodi o‘ta qizdirilgan koksning uglerodi bilan quyidagi reaksiyaga ko‘ra birikadi:

C+O2=CO2
2C+O2=2CO
ko‘p miqdorda uglerod (IV) oksid va kam miqdorda uglerod (II) oksid hosil bo‘lishi mumkin.Gaz generatorining shaxtasidan yuqorilashib, puflash oksidlash zonasi va suv bug‘i reaksiya mahsulotlari erkin kislorodi yuq zonaga yetib boradi.
Bu zonada uglerod (IV) oksidining tiklanishi va suv bug‘larining parchalanishi o‘ta qizdirilgan koksning uglerodi bilan quyidagi reaksiyalar yordamida kechadi:

CO2+C=2CO
C+H2O=CO+H2
C+2H2O=CO2+2H2
erkin kislorodi yuq, va tiklanish reaksiyalari kechib o‘tadigan yoqilg‘ining bir qismi – bu tiklash zonasidir.
Yoqilg‘ining gazlashtirayotgan asosiy jarayonlari oksidlash va tiklash zonalarida kechadi, shuning uchun bu zonalar birga gazlashtirish zonasi deyiladi. Yoqilg‘i gazlashtirilayotgan yonuvchi mahsulotlarining ta’siri natijasida tiklash zonasi ustida quruq haydaladi; bu jarayonda uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi va koks xosil bo‘lishi kuzatiladi. Bunda gazlashtirilayotgan mahsulotlar uchuvchan moddalar bilan aralashib ketadi. Bu jarayonlar kechadigan yoqilg‘i qatlamining joyi quruq haydash zonasi deyiladi.

Yoqilg‘ining ustki qismiga quritish zonasi deyiladi, chunki bu yerda yoqilg‘i namining bug‘lanishi gaz generatorining yuqori qismiga ko‘tarilayotgan gazlarning issiqligi hisobiga kechadi. Quruq haydash zonasi bilan quritish zonasi birga yoqilg‘ini tayyorlash zonasini tashkil qiladi.