Gaz qonunlari. Avogadro qonuni. Gazning molyar hajmi



Download 19,95 Kb.
Sana23.06.2021
Hajmi19,95 Kb.
#99641
Bog'liq
Gaz qonunlari


Gaz qonunlari. Avogadro qonuni.Gazning molyar hajmi

Gazlar tekshirish uchun eng oddiy obyekt bolganligi sabab
li, ularning xossalari va gazsimon moddalar orasidagi reaksiyalareng toliq o‘rganilgan.

Fransuz olimi J.L.Gey-Lyussak hajmiy nisbatlar qonuninianiqladi:

reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmlari bir xil sharoitda
(temperatura va bosimda) bir-biriga oddiy butun sonlar nisbatida
boladi.

Masalan, 1 1 xlor 1 1 vodorod bilan birikib, 2 1 vodorod
xlorid hosil qiladi; 2 1 oltingugurt (IV) oksid 1 1 kislorod bilan
birikib, 2 1 oltingugurt (VI) oksid hosil qiladi.

Bu qonun Italiya olimi A.Avogadroga oddiy gazlarning (vodo¬
rod, kislorod, azot, xlor va boshqalar) molekulalari ikkita bir xil
atomlardan tarkib topgan, deb taxmin qilishga imkon berdi. Vodorod bilan xlorning birikishida ularning molekulalari atomlarga
ajraladi va bu atomlar vodorod xlorid molekulalarini hosil qiladi.

gazning molyar hajmi — bu modda hajmining shu moddaning
miqdoriga nisbatidir:

Vm=V/n

bunda Vm — gazning molyar hajmi (o‘lcham birligi m3/mol yoki
l/mol); V— sistemadagi moddaning hajmi; n — sistemadagi moddaning miqdori. Yozuvga misol: gazning Lm(n.sh.)=22,4 1/mol.

1860-yilda kimyogarlarning Karlsruedagi Xalqaro syezdida Avogadro
ta’limoti umum tomonidan e’tirof etildi. Syezd atom-molekular ta’limotning
rivojlanishiga kuchli turtki boldi. Lekin bu ta’limot D.I.Mendeleyev kimyo
viy elementlarning davriy qonunini kashf etgandan keyin, ayniqsa tezrivojlandi.

Avogadro qonuni asosida gazsimon moddalarning molyar mas
salari aniqlanadi. Gaz molekulalarining massasi qancha katta bo‘lsa,
bir xil hajmdagi gazning massasi shuncha katta boladi. Gazlarning
 teng hajmlarida bir xil sharoitda molekulalar soni, binobarin,
 gazlarning mollar soni bir xil boladi. Gazlarning teng hajmlari
 massalarining nisbati ularning molyar massalarining nisbatiga teng:

m1: m2=M1 : M2

bunda: m1— birinchi gaz muayyan hajmining massasi, m2 — ikkinchi gaz xuddi shunday hajmining massasi, M1 va M2 — birin
chi va ikkinchi gazning molyar massalari.



Bir gaz muayyan massasining xuddi shunday hajmdagi ik
kinchi gaz (o‘sha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi
gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi va D harfi bilan belgilanadi:

M1/M= D, bundan M1=M2D

Odatda, gazning zichligi eng yengil gaz — vodorodga nisbatan 
aniqlanadi (DH bilan belgilanadi). Vodorodning molyar massasi 
2,016 g/molga yoki taqriban 2 g/molga teng. Shu sababli quyida
gini olamiz:

M=2DHi



Moddaning gaz holatidagi molyar massasi uning vodorod 
bo‘yicha zichligining ikkiga ko‘paytirilganiga teng.

Gazsimon moddalar bilan bog‘liq hisoblashlarga doir kimyoviy masalalarni yechish uchun ko'pincha maktab fizika kursida 
o'rganiladigan gaz qonunlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ularni 
bu yerda batafsil ko‘rib o‘tirmay, ta’riflarini va hisoblashlar uchun
zaruriy formulalarni keltirish bilan kifoyalanamiz.



Boyl-Mariott qonuni: berilgan miqdordagi gaining о‘zgarmas tempe
raturadagi hajmi shu gazning bosimiga teskari proporsionaldir.

Bundan:


PV=const

bu yerda p — bosim, V — gazning hajmi.



Gey-Lyussak qonuni: о‘zgarmas bosimda gaz hajmining o‘zgarishi
 temperaturaga to'g'ri proporsional, ya’ni

VT=const,

bu yerda T— temperatura, К (Kelvin) hisobida.

Boyl-Mariott bilan Gey-Lyussakning birlashgan gaz qonuni:

pV/T= const.

Bu formula odatda gazning biror boshqa sharoitdagi hajmi ma’lum
 bo'lganda uning berilgan sharoitdagi hajmini hisoblab topish uchun ishlatiladi. Agar normal sharoitdan boshqa sharoitga (yoki normal sharoitga) 
o'tiladigan bo‘lsa, u holda bu formula quyidagicha yoziladi:

PV/T= PoVo/To

bu yerda: P0, V0, T0 - gazning bosimi, hajmi va normal sharoitdagi 
(P = 101 325 Pa, T=212  K) temperaturasi.

Agar gazning massasi yoki miqdori ma’lum bo'lib, uning hajmini 
hisoblab topish zarur bo‘lsa, u holda Mendeleyev-Klapeyron tenglamasidan foydalaniladi:

pV=nRT,

bu yerda: n—gazning mollar soni, m - massasi (g), M — gazning 
molyar massasi (g/mol), R - universal gaz doimiysi. R=8,31 J (mol K)1



 
Download 19,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish