ortganida va harorati pasayganida, oson suyuqlanadi.
Gaz kondensatlari
deb atalmish
ushbu fraksiyalar neftdan olingan standart suyuq yonilg‘ilar o‘rnida, mazkur yonilg‘ilar
kamyob bo‘lganida, yoki iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra, ishlatilatilishi mumkin.
Respublikamiz hududidagi gaz konlaridan olinadigan 1 m
3
gazning tarkibidan 15–170 sm
3
suyuq gaz kondensatlari olinadi.
Albatta, gaz kondensatlarini dvigatellar konstruksiyasini deyar li qayta o‘zgartirmagan
holda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gaz kondensatlarining muhim tomoni – ishlab
chiqarishning arzonligi, saqlanganida xossalarining o‘zgarmasligi, xususiyatlar va
tarkibining doimiyligidadir. Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida
uchqun bilan yondiraladigan dvigatellar talablariga javob beradigan yengil gaz
kondensatlari va dizellarda qo‘llash mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud
bo‘ladi. Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz kondensatlarining
ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ikkala turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz
kondensatlari tarkibida cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften hamda
parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan.
Yengil gaz kondensatlari
Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular
benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq maxsus
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy dvigatellarning ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari
hosil bo‘ladigan harorat avtomobillarning respublikamiz hududi sharoitlarida ishlaganida
yuzaga keluvchi odatdagi qiymatidan biroz yuqori bo‘lar ekan.
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xususiyatlarga ega bo‘lib,
ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida bo‘lad i. Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga
gaz kondens atlarining oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan soniga tengl ashtirish
mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning
detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy dvigatellar talab qiladigan darajagacha oshirish
mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni 50–60
foizga kamaytiradi.
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoqligiga yaqin bo‘lganligi
uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab
qilinmaydi. Maxsus tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror
ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug‘lanish tufayli) yuqori emasligini
ko‘rsatadi.
4,3- jadvalda yengil gaz kondensatlarining ba’zi xossalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: