Gaz kondensat yonilg’ilar, spirtlar va vodorod
Spirtlar.
Keyingi yillarda neft yonilg‘ilari o‘rnida metanol (metil spirti) va etanol (etil
spirti)ni ishlatish ommaviylashmoqda. Chunki bir xil harorat va bosimda metanol bilan
hosil qilingan ishchi aralashma benzinli ishchi aralashma bilan teng yonish haroratiga ega,
undan tashqari, metanol-havo aralashmasi zichroq va foydali ish koeffitsiyenti ancha
yuqori. Sof metanolning oktan soni 112 ga teng (tadqiqot usuli bilan), bu esa dvigatelning
siqish darajasini 14 gacha ko‘tarib, dvigatelning samarali quvvatini 20 foizgacha oshirish
mumrtinligini ko‘rsatadi.
Metil va etil spirtlarining oktan sonlari yuqoriligiga qaramasdan setan sonlari past,
shuning uchun ularning uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda ishlatilishi foydalidir.
Ammo ma’lum sharoitlarda ularni dizel yonilg‘isi qo‘shib aralashtirib, dizel dvigatellarida
ham ishlatish mumkin.
Spirtlarni yonilg‘i sifatida keng ko‘lamda ishlatishni cheklayotgan omillardan biri ularning
korrozion aktivligi bo‘lib, yonilg‘i ta’minlash tizimi detallariga ta’sir ko‘rsatadi; spirtlar
qo‘rg‘oshinga aktiv ta’sir etib, amorf birikmalar hosil qiladi, ular yonilg‘i filtrlari va
karburator jiklorlarini berkitib qo‘yadi; ko‘pchilik qistirma materiallari spirt ta’sirida
shishib ketadi; yonish issiqligi pastligi tufayli ular uchun yonilg‘i baklari hajmi ikki marta
kattalashishi kerak.
95
Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish davom etayotgan bir
paytda neft yonilg‘isini tejashning dastlabki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini
qo‘llash maqsadga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va etanoldan 10
foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech qanday o‘zgartirishlar kiritishga zarurat
bo‘lmaydi hamda bunda ish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘zgarmaydi. Suvli spirtlardan
foydalanilganida yonilg‘i aralashmalarini turg‘unlashtirish maqsadida ularga 2 foizgacha
miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. Bularning hammasi benzinni 3–5 foiz tejashga imkon
beradi.
Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, etanolni 20 foizgacha) qo‘shish
aralashma hosil qilish va kiritish tizimlarini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi,
dvigateln ing ish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik yaramaydi, chunki ularning setan
soni kichik (metanolniki 3–4 ga, etanolniki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori
bo‘ladi. Bu hol katta va o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning taqillab ishlashiga olib
keladi.
Dizel yonilg‘isi o‘rniga spirt ishlatilganida, detallarda lok, qurum va koks hosil bo‘lishi
kamayadi, natijada moy toza ishlaydi hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar
oksidlanganida, oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular detallarning yeyilishi hamda
korroziyalanishini jadallashtiradi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida AQSH,
Braziliya, Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda faol ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |