Turkiya imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi.^Milliy zulm, mazlum millatlarni doimo bostirib
turish rejimi juda katta Turkiya imperiyasining aslida zaif ekanini va beqarorligini
ko'rsatardi. Turkiya imperiyasining siyosiy tuzumi, idora qilish sistemasining o'zi ham uning
ziddiyatlar va ychidan zaifligini XVI asrdayoq namoyon etgan edi. Fuqarolarining butun hayot
mamotini o'z qo'lida tutib turgan sulton mustabidhokimyyaty Sulaymon I ning taxt vorislari
vaqtida saroydagi har xil feodal partiya va guruhlarnyng fitnachilik quroliga aylandi. Yangi
sulton taxtga o'tirar ekan, tojitaxtga da'vo qiluvchi raqiblari qolmasin uchun o'zining
barcha akaukalarini qirib tashlardi. Saroy hayotida chritna ustiga fitna avjiga chiqib ketar
va odatda bu fitnalarda yaiicharlar ham ishtirok qilardi.
Tinmay davom etgan urushlar juda katta xarajatlarni talab etardi. Juda ko'p haramxonalari,
mahramlari, behysob xizmatkorlari, juda katta soqchi otryadlari va boshqalari bo'l gan sulton
saroyiga ham ozmuncha mablag' sarf bo'lmas edi. Turkiya imperiyasidagi mamlakatlarda soliqlar
hamisha oshib borar, ammo aholining ishlab chiqaruvchi quchlari esa juda sekin taraqqiy etar
edi. Shu narsa xarakterlidirki, Turkiyadagi sa'vdo va sanoat ishlari bilan turklarning o'zlari
emas, balki sultondan imtiyozli yorliqlar olgan g'arbiy ajnabiylar (asosan fransuz
savdogarlari, XVI asr oxirlaridan boshlab ingliz savdogarlari ham) mashg'ul bo'lar, yoki
turklar istilosigacha •sanoati taraqqiy etgan va xalqaro savdo-sotiq ishlarida qatnashgan,
savdo ishlariga mohir bo'lgan Yaqin Osiyo xalqlari — greklar, armanlar va suriyalikdar
mashg'ul bo'lardi.
Ko'proq urushlar bilan, aholini siqib, undan soliq to'latish bilan band bo'lgan turk hukumati
savdo va sanoatning rivojlanishiga hamda qishloq xo'jaligining yuksalishiga mutlaqo •yordam
bermas edi^Marks va Engel`s turklar rejimini ishlab chiqarishni tashkil etishni emas, balki
bo'ysundirilgan aholini talashnigina maqsad qilib qo'ygan «harbiy brsqinchilar»1 rejimi deb
to'la asosli ravishda atagan edilar.^Turklarning hukmron sinfi urushni yuz bergan mushku l
ahvoldan qutulishning birdanbir yo'li deb bilardi. Bu sinf fikricha, YANGY urushlar yangi
xiroj va yangi soliqlar olinadigan yangi hududlarni ko'paytirib berishi lozim edi. Ammo
Turkiyaning yaqtisodiy qoloqligi, uning ijtimoiy va siyosiy tuzumidagi ziddiyatlar za'mon o'tishi
bilan urushlarni uning o'zi uchun xavfli va natijasiz bir narsa qilib qo'ydi. Turklar XV asrda
va XVI asrning birinchi yarmida bir qancha g'alabalarga erishgandan keyin, XVI asrning
oxiridan boshlab, ayiiqsa XVII asrda o'zlari katta-katta mag'lubiyatlarga uchray boshladilar va
bu mag'lubiyatlar XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida Turkiya imperiyasi hududining
anchagina torayib qolishiga sabab
•bo'LDIu»
/
Lepanto yonida turk flotining mag'lubiyati.sEvropaliklar •bilan bo'lgan urushlarda turklar
birinchi marta 1571 yilda Lepanto yonida katta mag'lubiyatga uchradilar. Bu yerda turklarning
juda katta flotini Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining birlashgan flota tor-mor qilgan edi
(birlashgan flotning boshlig'i Filipp II ning ukasi shahzoda DonXuan Avstriyskiy edi).
Durust, bundan keyin Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday
bo'lsa ham, bu mag'lu>biyat mamlakatning ichki ahvoliga qattiq ta'sir qildi, XVI asrning 70,
80 va 90 yillarida Turkiya keskin ijtimoiysiyosiy inqirozni boshidan kechirdiL'Mamlakatda
davlat soliqlarining ortishi va feodal to'lovlarining ko'paytirilishi munosabati bilan
dehqonlarning bir necha qo'zg'.oloni bo'lib o'tdi. 1591 yil ayniqsa «olag'ovurli» yil bo'ldi, bu
yili ko'pchilik viloyatlar sulton Murod III ga (1574—1595) qarshi bosh ko'tar
dilar. Muhammad III podsholik qilgan davrda (1595—1603) *¦ doim xalq
qo'zg'olonlari, sipohiylar va yaiicharlarning gily ,
yonlari bo'lib turdi. Pirovard natijada saroyda bo'lib o'tgan to'ntarish oqibatida sultonning
o'zi ham o'ldirildi.^
Turklarning Sharqdagi talafotlapi.^XVII asr boshlarid» l* Turkiya Eronga qarshi kurashda bir
qator talafotlar Ko'rdiEchIL o^i/^ron shohi Abbos I Ozarbayjonni, Armanistonni, Shar'qiy Gru*
ziyani, 'Kurdistonni, shuningdek, Mosul va Bag'dod shaharlari bilan Mesopotamiyani bosib oldi.
1619. yilda Istambul sulhiga binoan, Turk sultoni Zakavkaz`e va Mesopotamiyadagi deyarli
hamma yerlarining qo'ldan ketganligini tan olishga majbur bo'ldi. Bu yerlarning bir qismi 1639
yilda qaytarib olindi. Ammo bunga Turkiyaning o'zi kuchayganlygi bilan emas, balki ko'proq
Eronning zaiflashtanligi sabab bo'ldi.U
Rusturk munosabatlari.(Rossiya bilan Turkiya o'rtasida birinchi marta to'qnashuv XVI asrning
ikkinchi yarmidayoq bo'lgan edi. Sulton hukumati Tanu (Azov) ni bosib olganidan keyin
Astraxanni ham bosib olmoqchi edi. Sulton hukumati bu yerdan Kaspiy dengizi bo'ylab Eronga
qarshi qo'shin tortib borishni mo'ljallagan edi. Ammo hujum qilib kelgan turklarning qamaliga
Astraxan` bardosh berdi (1568 yil). Turklar katta talafotlar berib chekinishga majbur
bo'ldilar.
Turklar bilan ruslar o'rtasida ikkinchi marta jiddiy to'qnashuv XVII asrning 30 yillari oxiri
va 40 yillari boshida bo'lgan edi. Bu vaqtda Zaporoj`e kazaklari Azovni (1637 yil) olib,
uni bir necha yilgacha o'z qo'llarida tutib turdilar («Azovskoe sidenie» — «Azovda o'tirish»).
Kazaklar yordam so'rab Moskva podshosiga murojaat qildilar.Tzir^q~Moskva davlati moliya
inqirozini boshidan kechirayotgani va Pol`sha qiroli bilan ham kurash davom qilib turganligidan,
turklarga qarshi katta urush boshlash planidan voz kechib turishga majbur bo'lgan edi. Podsho
Mixail Fyodorovich kazaklarga Azovni bo'shatishni buyurdi (1643 yil). Lekin shunday bo'lsada,
kazaklarning Qrim va Turkiyaga qarshi kurashi XVII asr oxirigacha davom etib turdy.
XVII asrning ikkinchi yarmidaTurkiyaning Avstriyaga, Venesiyaga va Rossiyaga qarshi olib borgan
urushlarida mag'lubyyatga uchrashi Usmon imperiyasining ichidan zaiflign va harbiy jihatdan
qoloqligini butun Yevropaga namoyon qildi. Yevropa davlatlari orasidagi raqobat, ularning
sulton bilan separat bitam tuzishga intilishlari tufayligina Turkiya o'zining haqiqiy siyosiy
qudratiga, mutlaqo moskelmaydigan keng hududda uzoq vaqtlargacha yashab turish
imkoniyatiga'ega bo'ldi. Yevropaning «buyuk davlatlari» (birinchi navbatda Angliya bilan
Fransiya) Turkiya imperiyasining chirib ketganrejimini tugatish va turklar zulmi `stida
zzilib yotgan slavyan xalqlari va Bolqon yarim oroli bilan Old Osiyodagi boshqa xalqlarpp ozod.
qilish o'rniga, Turkiyani asoratga solishni, o'zlarishshg yarim mustamlakalariga va
siyosatlarining quroliga aylantirishn» nazarda tutib, iqtisodiy jihatdan qoloq, siyosiy
jihatdav zaif Turkiya imperiyasini saqlab qolishtsi afzal ko'rdilar/^/.
LI B O B XVI—XVII ASRLARDA ERON
XVI asrning boshlarida Eron. XVI asr boshlariga kelibEron bir qancha mustaqil feodal
yerlariga bo'linib ketgan edi. Eronning Sharqiy qismi — Xuroson poytaxtya Hirotda bo'lgan
Temuriylar hokimiyati ostida edi. Sharqiy qismida bir-biri bilan dushman bo'lgan turli turkman
sulolalari hukmronlik qilardilar. Markaziy, G'arbiy va Janubiy Eronning' ayrim
viloyatlari aslida mustaqil davlatlar bo'lib, mahalliy xonlar tomonidan boshqarilardi,
xonlarning bir qismi ko'chmaychi qabilalarning boshliqlari edi. Eronning G'arbiy qismi
hududida.hukmronlik qiluvchi ana shunday xonlar o'n ikkitaga yetgan edi. Shimoli
G'arbiy Eron va Janubiy Ozarbayjon savdosanoat jihatidan eng rivojlangan viloyatlar
hisoblanardi. Tabriz, Xamadon va bu o'lkaning boshqa bir qancha shaharlar»4 yirik yeavdo
hunarmandchilik markazlari edi. Ularda ipgazlama va jun gazlama, gilam, ipaklik va charm
buyumlar ishlab chiqarish to'plangan. Eronning ana shu shimoliy qismidan muhim karvon yo'llari
o'tardi. Bu yo'llardan O`rta Osiyo ipagi Yevropaga yetka'zib berilardi. Eron Zakavkaz`e bilan
katta savdo munosabatlari olib borardi, bu savdo-sotiq ishlarida Eron savdogarlari ham,.
arman savdogarlari ham babbaravar keng ko'lamda ishtiroq etardilar. O`rta va janubiy
Eronning qolgan dehqonchilikbog'dorchilik hamda tog'lik yoki tog' bag'ri yaylovlari
joylashgan tumanlariga nisbatan biz tilga olib o'tgan shimoliy viloyatlar o'z iqtisodiy
hayotining jonlanganligi bilan ajralib turardilar. Shu sababli ular g'oyat katta, ammo o'z
iqtisodiy va ijtimoiy darajasi jihatidan bir-biriga o'xshamaydigan, xilma-xil bo'lgan
mamlakatni siyosiy jihatdan yangitdan birlashtirish uchun muayyan darajada bazis bo'la oldilar.
Eronning ko'proq rivojlangan shimoliy qismyda sanoat va dehqonchilik bilan shug'ullanadigan
aholi orasida turkman xonlariga nisbatan g'azab ayniqsa sezilib turardi. Bu xonlar o'zaro
urushlari bilan, shuningdek, muttasil talonchiliklari bilan mamlakatning xo'jalik va
ijtimoiy hayoti normal rivojlanishiga xalaqit berardilar. XVI asrning boshlarida "o'zyaning
eng keng ko'lamdagi ekspansiyasini boshdan kechirayotgan agressiv sultonlar turkiyasi
tomonidan xavfning ortib borayotganligi ham yangitdan siyosiy birlashishni zar)f qilib qo'ygan;
PTGT1
Safaviylarning yuksalishi va safaviylar davlotining xarakteri. Yangi dinastiya (sulola) o'z nomini
shayx Sayfiddindan oldi (1254—1334). Bu shayx XVI asrda Ozarbayjonda «Safaviyyo» nomli
musulmonlar jamoasiga boshchilik qilgan edi. Safaviylar xalfalar davridayoq Eronda keng
tarqalgan shia mazhabiga mansub edilar. XV asrning ikkinchi yarmida ardabil shayxlari shu qadar
mustahkamlanib oldilarki, ular Ozarbayjonda mahalliy turkman xonlariga qarshi hokimiyat
uchun kurash boshladilar. Safaviylar o'z atroflariga Eronning o'rta va mayda o'troq
feodallarini jipslashtirib, savdogarlardan madad olib, hamda dehqonlar va
hunarmandlarning noroziligidan foydalanib, ayni vaqtda ayrim turk ko'chmanchi qabilalarini
o'z tomonlariga og'dirishga muvaffaq bo'ldilar va ular orasydan o'z otliq askarlari
safiga chavandozlarni yolladilar. 1499 yilda Ardabilning hamda bo'ysundirilgan qo'shni
turk qabilalarining shayxi bo'lgan Ismoil Safavid XVI asrning boshlaridayoq butun Janubiy
Ozaobayjonni egallab, 15.02 yilda Tabriz shahrini ishg'ol qildi^Shu davrdan boshlab Ismoil
o'zini Eron shohi deb e'lon qtidi (1502 yildan 1524 yilgacha hukmronlik qildi). Tabriz
safaviylar Eronining poytaxti bo'ldi; Armaniston va Kurdiston, so'ngra esa Bag'dod va
Mesopotamiya (hozirgi Iroq) bo'ysundirildi. Ismoil davrida yuz yildan ko'proq davom etgan
EronTurkiya urushi boshlanib ketdi. Bu urush XVII asr 30 yillarining oxirigacha davom etdi.
Turk sultoni Salim I o'z tomonidan Zakavkaz`e, Kurdiston va Mesopotamiyaga da'vogar zdi..
Turklarning 1514 yilgi yurishi avvaliga ular uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Turk qo'shinlari
safaviylar Eronining poytaxti Tabrizni qo'lga olishga ulgurdilar. Ammo oziqovqatning
yetishmasligi hamda yanicharlar orasidagi g'alayon ularni Eron viloyatlarini tashlab chiqishga
majbur etdi. Shu narsa xarakterliki, ikkita musulmon davlati o'rtasidagi bu urush
ideologik kelishmovchiliklar bayrog'i ostida olib borildi. Eronlar shia mazhabiga, turklar
sunniylar mazhabiga mansub edilar. Uz hukmronligining oxirida Ismoil , Gruzkyani, so'ngra
butun Shirvon xonligini (Shimoliy Ozarbayjonda) bo'ysundirdi. Shu tarzda ozarbayjon va
faqat eron elementlaridan tashqari turli turk, tojik, kurd, arab va boshqa elatlarni
o'z tarkibiga birlashtirgan va markazi Ozarbayjonda bo'lgan katta davlat ancha tez barpo
etildi.^yes/^ Safaviylar davlati aholisining uchdan bir qismiga yaqininy ko'chmanchilar tashkil
qilar edi. Ozarbayjon, turkman va fors qabilalarining juda ko'pchiligida
patriarxalfeodal munosabatlar hukmronlik qilardi, ayrim qabilalar esa qabilachilik
tuzumidan endigina ilk feodalizm munosabatlariga o'tayotgan edi. Safaviylarning atscha keng
«yamoq yostiq», ya'ni o'z etnik tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo'lgan davlati yuqorida
aytib o'tilganidek, Eronga turklar agressiyami tahdid qilib turgan vaziyatda vujudga keldi.
Keyinchalik bu feodal mustabid davlatning o'zi nihoyatda agressiv davlatga aylanib,
Zakavkaz`e va O`rta Osiyo xalqlarini o'z hokimiyatiga bo'ysundirishga intila boshladi.
Til, din, turmush va tarixiy urf-odat, an’analar jihatidan Eronga yot bo'lgan bir qancha xalqlar
safaviylarning og'ir milliy zulmini o'z boshlaridan kechirdilar.
Abbos I ning urushlary. Safaviylar davlati shoh Abbos I davrida (1587—1629) eng .ko'p
qudratga to'ldi. Abbos I podsholik qilishi, bir tomondan, markaziy shoh davlotining eng yirik
mustaqil feodallarni tugatish hisobiga so'zsiz o'sishi bilan xarakterlanadi. Bu feodallar bir
vaqtlar yangi sulolaning kjsalishiga yordam bergan Ozarbayjondagi turk (turkman) qa
bilalarining boshliqlaridan tashkil topgan edi. Safaviylar hokimiyat tepasiga kelgan davrdan
to Abbos I podsholik qilayotgan paytgacha o'tgan sakson yillik davr mobaynida ular ko'chmanchi
qabila zodagonlarining eng yirik vakillaridan qudratli o'troq feodal yer egalariga aylanib,
shohning oliy hokimiyati ostida amalda ko'p jihatdan mustaqil bo'lgan juda katta ter
ritoriyalarni nazorat ostida saqlar edilar. Ana shu mustaqil xonlarga qarshi kurash — Abbos
hukmronlik qilgan dastlabki davrning katta qismini tashkil etdi. Undan ortiq xon davlat
lari («mamoliklar») Abbos tomonidan tamomila tugatildi, ko'pgina xonlar qatl etildi,
ularning yerlari va boshqa mol-mulklari esa musodara qilindi. Buning natijasida shohning
obrusi ancha oshdi va bu markaziy hokimiyat ahamiyatining o'sishiDagi sabablardan biri bo'lib
xizmat qildi. Abbos davriga kelib safaviylar Eronning o'z feodallari va Eron savdogarlari
bilan juda yaqinlashib ketdilar. Bu narsa poitaxtning shimoldan janubga — Tabrizdan Isfaxon
shahriga ko'chirilidpida. Da ifodasini topdi.
pl^Aodot harbiy ishga katta e'tibor berdi. Abbos Turkiya bi'lan hal qiluvchi urushga
tayyorgarlik ko'rib, 12 ming kishilik piyodalar (o'qchilar) korpusidan va g'ulomlar deb ataluvchi
otliqlarning 10 ming kishilik korpusidan iborat muntazam armiya barpo etdi. G'ulomlar o'z
tuzilishlari jihatdan turk yanicharlariga o'xshardilar1, chunki ular ham xristian aholidan,
asosan Zakavkaz`ening gruzin va arman aholisidan zo'rlik bilan tortib olingan bolalardan
tashkil topar edi; bu bolalar musulmonga aylantirilar va Eronda eng fanatik ruhda tarbiya
lanardilar. Abbos ingliz instruktorlari vositasi bilan o'z armiyasida o'q otuvchi qurol va
to'plarni joriy qilDi. Muntazam doimiy qismlar tashkil qilish bilan bir vaqtda Abbos I
feodal >lashkarlaridan ham foydalandi. Bu lashkarlar turli qabilalar va ayniqsa ko'chmanchi
qabilalar orasidan to'planar hamda shohlar qo'shinida eng asosiy rolni o'ynar edi. Umuman
olganda Abbosning 120 ming kishidan iborat juda katta armiyasi bo'lib, shoh ana shu armiyasi
bilan 1602 yilda turk sultoniga qarshi urush boshladi.
TurkiyaEron urushi o'n yil davom etdi. 1612 yilgi sulhga binoan, Eron XVI asr 90
yillarining boshlarida Turkiyaga berishga majbur bo'lgan deyarli hamma viloyatlarini o'ziga
qaytarib oldi. Bu yerlar tarkibiga Gruziya, Armaniston, Shirvon, Janubiy Ozarbayjonning
viloyatlari, Kurdiston, Bag'dod va Mesopotamiya kirar edi. Ikki yirtqich— sulton Turkiyasi va
shoh Eroni o'rtasidagi kurash bu gal Eronning g'alabasi bilan tugallandi. Natijada yuqorida
sanab o'tilgan ko'pchilik mamlakatlar aholisining ahvoli yaxshilanishi u yoqda tursin, balki
hatto battar bo'ldi. Xususan, Abbosning alohida chegara dasht zonalarini (turklar bilan yangi
urush ehtimoliga qarshi) yaratish sohasidagi taDbirlari Gruziya bilan Armaniston aholisi uchun
ayniqsa og'ir mushkilot bo'lib tushdi, buning natijasida juda ko'plab aholi o'zi tug'ilib o'sgan
joylarni tashlab ketishga majbur bo'ldi.
Turkiya bilan urush tamom bo'lgaidan keyin ko'p o'tmasdanoq Abbos uning davriga kelib yana
ajralib ketgan Xurosonni, shuningdek Afg'onistonning kattagina qismini o'z yerlariga qo'shib
oldiGu^7
1622 yilda Abbos qo'shinlari Fors qo'ltig'idagi Ormuz portidan portugaliyaliklarni haydab
chiqardi. Eron qo'shinlarining Ormuzni qo'lga olish operatsiyasi ingliz flotining harakatlari
bilan qo'shib olib borildi. Ammo inglizlarning yordami beg'araz emas edi. Abbos Angliyaning
OstIndiya kompaniyasiga o'z davlatida poshlinasiz savdo qilish huquqini berishga majbur
bo'ldi. Isfaxonda va boshqa shaharlarda ingliz kontoralari va savdo uylari ochildi. Keyinchalik
hukumat inglizlar bilan raqobat qiluvchi Gollandiya OstIndiya kompaniyasiga ham ko'pgina
savdo imtiyozlarini berdi.
Eronning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI asrning oxiri — XVII asrning boshlari Eronning iqtisodiy
jihatdan yuksalgan davri bo'ldi. Safaviylarning muayyan vaqt davomida mamlakatning ichki va
tashqi xavfsizligini ta'minlaganligi ijobiy oqibatlarga olib keldi.Eron Yevropadagi ko'pgina
mamlakatlar: Portugaliya, Gollandiya, Angliya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, HindiXitoy bilan
keng ko'lamda tashqi savdo aloqalari o'rnatdi. Abbos savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida
Ros siya, Gollandiya, Ispaniyaga, German imperatori va Rim papasi huzuriga juda ko'p elchilar
yuborib turardi. Isfaxonning o'zida Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlaridan kelgan elchilar
qabul qilinardi. Shohning o'zi tashqi savdoda faol qatnashib, bir qancha eng foydali tovarlarni
(ipak, sovun, gilam, tuz va shu singarilarni) o'z monopoliyasi deb e'lon qildi. Abbos dav
rida ichki savdoni ham kengaytirish yuzasidan tadbirlar ko'rildi. Shohning farmoyishiga binoan,
eski karvon yo'llari remont qilindi va yangilari ochildi, karvon saroylar qurildi, sayyohlarni
suv bilan ta'minlash choralari ko'rildi; yo'llar qaroqchilar va.ko'chmanchi qabilalarning
hujumlaridan qo'riqlab turildi. Isfaxonning o'zi Abbos davrida 500 ming aholi yashaydigan
juda katta shaharga aylandi. Shoh poytaxtini bir qancha muhtasham saroylar, masjidlar; g'isht
ko'priklar va boshqa katta inshootlar bezab turardi. Isfaxon, Tabriz va boshqa shaharlarning
minglab hunarmandlari tashqi va ichki bozorda sotyladigan yuqori sifatli hunarmandchilik
mahsulotlaripi ko'plab ishlab chiqarardilar. Eron ustalari tayyorlagan ipak, jun va ip
gazlamalar, gilam, charm va keramika buyumlari, shuningdek, metall buyumlar o'sha davrda
Erondan tashqarida ayniqsa mashhur bo'lib ketgan edi. Hunarmandlar alohida sexlarga
uyushardilar, ularni saylab qo'yilgan oqsoqollar boshqarardilar. Shohga tegishli maxsus yirik
ustaxonalar («korxonalar») bo'lib, ularda 150 va undan ko'proq hunarmand ishchilar mehnat
qilardi. Bular qisman bo'sh va qisman band bo'lgan mehnatdan qo'shib foydalaniladigan
manufaktura tipidagi o'ziga xos yirik korxonalar edi.
€afaviylar davlatidagi ichki ziddiyatlar. Sinfiy kurashning keskinlashuvi. Hududning,
kengayishida, shuningdek, savdosanoat ishlarining g'oyat yuksalishida namoyon bo'lgan safaviylar
davlotining muvaffaqiyatlari sinfiy zulmning kuchayishiga va sinfiy kurashning g'oyat
keskinlashuviga ham olib keldi. XVI—XVII asrlarda Eronda xalq ommasi uchun juda og'ir bo'lgan
formadagi feodal tuzumi hukmronlik qilar edi. Mamlakatda har xil feodallar: xonlar,
amirlar, beklar, shuningdek, shia musulmon ruhoniylarining juda ko'payib ketganligi
mehnatkash aholidan juda, katta mablag' beriShni talab qilardi. Markazlashtirilgan safaviylar
davlotining g'oyat ko'p markaziy va mahalliy amaldorlari, katta doimiy armiyasi va shu
singarilar juda qimmatga tushar edi. Shohning harami, shoh gvardiyasi, saroydagi minglarcha
xizmatkorlar, hamda boshqa ko'plab oqsochlar, kanizaklarga ega bo'lgan shoh saroyi juda katta
va mutlaqo unumsiz xarajatlarni talab qilardi. Shoh va uniyg o'g'illariga tegishli
saroylardagi zebu ziynatga xonlar, amirlar va beklar taqlid qilar edilar. Eron savdo
garlari tashqi va ichki savdo tufayli katta boylik orttirgan edilar. Ammo hunarmandlar o'z
mehnatlari evaziga arzimagan ish haqi olardilar. Ular o'z mahsulotlarining bir qismini shoh
agentlariga mutlaqo tekinga yoki juda arzon bahoga top
shirardilar.
De^hqonlardan yoki bog'dorlardan juda katta yer renta (yer solig`i)si. ^olinardi. Shoh xonadoniga qarashli
yerlar tarkibiga kiruvchi chek yerda yoki chek yeri t i u l yoki m u l k1 deb ataladigan yerning
bir qismi bo'lishidan yoki dehqon vaqf yerlarining bir maydoniga ega bo'lishidan qat'i nazar
— ishlab chiqaruvchi dehqon yerga birkitib qo'yilgan bo'lsa, hamma joyda o'z hosilining deyarli
hammasini yer egasiga topshirishi kerak edi, ishlab chiqaruvchining o'zida esa yalpi hosilning
ko`pi bilan beshdan bir yoki to'rtdan bir qismi qolardi. Dehqon yer uchuy, suv uchun, ish hayvoni
uchun (agar unda yetarli miqdorda otulov bo'lmasa) haq to'lar edi. Chek yerlariga ega bo'lgan
jamoa dehqonlardan tashqari safaviylar davrida ko'plab yersiz dehqonlar bo'lib, ular bir parcha
yerni korandalik sharti bilan ijaraga olardilar, bunday hollarda ijaraga yer olgan kishida
mahsulotning yanada kamroq qismi qolardi. Eronning ayrim tumanlarida XVI— XVII asrlarda ham
o'z yeriga ega bo'lgan dehqonlarning bir qismi saqlanib qolgan edi, ammo ularning yerlarini
feodallar bosib olishi yoki boyib ketgan savdogarlar va sudxo'rlar tomonidan sotib olinishi
natijasida tez kamayib borardi. Ocharchiliklar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi natijasida
butunbutun dehqon qishloqlarining qirilib ketishi safaviylar qishlog'idagi tez-tez bo'lib
turadigan oddiy vodea edi.
Shuni aytish kerakki, bu vaqtga kelib ko'chmanchi qabilalar orasidagi tabaqalashuv natijasida o'n
minglarcha chorva mollariga ega bo'lgan, urush natijasida ko'plab o'lja olgan va shohning
qimmatbaho sovg'alarini olib turgan boy ko'chmanchi zodagonlar bilan bir qatorda chorva
mollari tez-tez qirilib turadigan, ocharchilikka va hatto ochlikdan o'lishga mahkum etilgan
oddiy ko'chmanchi qo'yboqa^lar juda og'ir hayot kechirishar edi. Bularning ustiga safaviylar
davrida bo'ysundirilgan viloyatlarda hukm surgan. og'ir milliy zulmni va buning natijasida
mazlum xalqlarning o'z mustaqilliklarini qayta tiklash yo'lidagi doimiy intilishlarini qo'shish
kerak. Xususan Gruziya va Armanistonning xalq ommasi safaviylar hukmronlik qilgan butun
davr mobayiida shoh hukumatiga qarshi tinimsiz partizanlik kurashini olib bordilar1.
Eronning o'zida feodallarning va shohning zulmiga qarshi qaratilgan ichki harakatlar orasida
1629 yilgi qo'zg'olon alohida ajralib turadi. Bu qo'zg'olon Eronning shimolisharqida
giTilonda, Lixijon va Resht shaharlari tumanlarida ro'y berdi. Bu tumanlar ipakchilikning
yirik markazlari edi. Shoh amaldorlarining pillakor dehqonlarga nisbatan zulmlari va
tamagirliklari ana shu qo'zg'olonga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonda dehqonlar, hunarmandlar, shahar
kambagallari qatnashdylar. Qo'zg'olonchilar shohning ko'pgina amaldorlarini o'ldirdilar, turli
zodagonlarning saroylarini va mol-mulklarini bosib oldilar. Markazlashtirish siyosatidan
norozi bo'lgan mahalliy feodallarning bir qismi ham harakatga ko'shildi. Ko'zg'olonchilar Resht
shahrida kambag'allashib qolgan mahalliy bek xonadoni ajdodlaridan biri boshchiligida o'z
hukumatlarini tuzdilar. Bu kishi Odilshoh (ya'ni «adolatli shoh») nomini oldi. Shohga tegishli
ipak omborlarini bosib olgan qo'zg'olonchilar ipak zahiralarini o'zaro bo'lishib olishdi.
Qo'zg'olon ommaviy tue olgan edi. Ammo avvaliga harakatga qo'shilgan mahalliy feodallar
tezda undan yiroqlashdilar. Abbos I ning vorisi yangi shoh Safiy I Gilonga katta qushin
yubordi. Odilshoh va qo'zg'olonning bbshqa .rahbarlari qo'lga olinib qatl etildi. Aholiga jazo
tariqasida juda katta to'lov solindi. Safaviylar davlotining tanazzul^/Mrafaviylarning juda
ko'p qabilalaridan to'plangan davlati uzining katta chegaralarini uzoq saqlab qola olmadi.
Chekqalardagi ko'pgina yerlar Abbos I davrida faqat harbiy kuch yordamidagina saqlab turi
lardi. Feodal Eronda ichki ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi shoh hukumatini chekka
o'lkalarga. ^o'^e'tibog^^be^ishga majbur qilardi. Ayni vaqtda O`rta'Sharqda "Eron uchuy xalqaro
ahvol murakkablashib bordi. Sultonlar Turkiyasi Zakavkaz`e va Mesopotamiya yerlarini o'z
hokimiyati ostiga qaytarish maqsadida ' o'ch olishga intilardi. Shoh Safiy I davridayoq (1629—
1642) Eron o'z yerlarining kattagina qismidan mahrum bo'ldi. G'arbda turklar o'z hujumlarini
qayta boshlab bir qancha viloyatlarni bosib oldilar. 1639 yilda Eron hukumati butun
Mesopotamiyaning Turkiyaga o'tganligini rasman tan oldi. Armanistonning bir qismi (Turkiya yoki
G'arbiy Armaniston deb ataladigan qismi) xam Turkiya qo'liga o'tdi: Sharqda Eronga qarshi uzbek
xonlari urush boshladilar. Afg'oniston safaviylar hokimiyatidan tamomila ozod bo'ldi. XVII
asrning ikkinchi yarmida Eronning tashqi savdosi sezilarli darajada qisqara boshladi. Ayni
vaqtda mamlakatda hukmron feodal zodagonlari ichidagi turli guruhlar o'rtasida, xususan shoh
mahramlari boshchiligidagi saroy zodagonlari bilan shia ruhoniylarining boshliqlari o'r
dasidagi munosabatlar keskinlashdi. Ular bir-biri bilan raqobat qilayotgan feodal
to'dalarining itoatkor qo'g'irchoqlariga aylanib qolgan so'nggi safaviylar irodasi bilan
deyarli sira hisoblashmay, hrkimiyat uchun birbirlariga qarshi kurash olib borardilar.
LII V OB XVI—XVII ASRLARDA HINDISTON
Mo'g'ullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti.
1526 yilda tashkil topgan Hindiston Mo'g'ul yoki Mo'g'ullar imperiyasi qisman XVI asrda va
ayniqsa XVII asrda juda katta davlatga aylandi. Shimolda uning chegarasi Himolay tog'igacha
star va Afg'onistonning katta qismini (Qobil va Peshavor shaharla
ri bilan) o'z ichiga olar edi. Yarim orolning o'rtasida Mo'g'ullar imperiyasi Dekan davlotining
katta qismini nazorat qilar, hamda janubiy Hind davlatlari — Bidar, Golkondu va
Bijapurga bir qadar ta'sir ko'rsatib turardi. Ammo Mo'g'ullar imperiyasining asosiy
hududi ilgarigidek uning shimoliy viloyatlari — Hind va Gang daryolari oralig'idan
iborat bo'lib qolaverdi. Mo'g'ullar imperiyasining aholisi diniy belgi jihatidan ilgarigiga
qaraganda ham yanada ko'proq keskinlik bilan ikki guruhga — musulmonlar (mo'g'ullarning
o'zlari ham shu guruhga mansub edilar) hamda hindlar, ya'ni mahalliy hind dinining
izdoshlariga bo'linardilar.
^"Agrar munosabatlar ilgari Dehli sultonligida qanday rivojlangan bo'lsa, mo'g'ullar davrida
ham xuddi shu yo'nalishda rivojlanaverdi, ammo Hindistonning yangi'erlarni bosib olishi
natijasida yerg'a davlatning feodal usulida egalik qilishi yanada kuchaydi. Imperator1 yoki
Buyuk Mo'g'ul hamma yerlarning oliy egasi deb hisoblanardi. Aslida Buyuk Mo'g'ul yerlarning bir
qismigagina egalik qilardi. Ammo bu qism ancha katta yerlarni tashkil qilardi. Imperatorga
tegishli yerlar mamlakatdagi ekin zkiladigan hamma yerlarning taxminan sakkizdan bir qismiga
teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad shoh saroyi va shoh qo'shinlari xarajatlari uchun
asosiy manba bo'lib xizmat qilardi. Qolgan yerlarni Buyuk Mo'g'ul asosan feodal zodagonlariga,
ko'proq musulmonlarga j a g i rl a r sifatida bo'lib berar edi. Jagirning ma'nosi harbiy
xizmat o'talayotgan muddatga beriladigan va meroe bo'lib qoladigan yer demakdir. Jagir egasi
— jagirdor rasman o'ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal renta (yer solig`i)si yig'ish huquqinigina
olardi. Amalda esa jagirdor mehnatkash aholi. ustidan muvaqqat bo'lsa ham cheksiz hokimiyatga
ega bo'lar, aholig/ o'zi xohlagancha turli soliqlar solar va har xil ishlarni bajarishga
majbur qilardilar. Jagirlarnipg hajmi har xil ?bo'lardi; ularning ko'pchilik qismi juda katta
bo'lib, bir yo'la o'n minglarcha dehqonlar jagirdorga qaram bo'lib qolardilar. Feodal yer
egaligining asosiy ko`rinishi bo'lgan jagir bilan bir qatorda mamlakatda yerga egalik qilishning
ilgari tarkib' topgan va yangidan rivojlanayotgan boshqa formalari Hambor edi. Jumladan,
Mo'g'ullar davlatida hind feodallari bosiboluvchilarga bo'ysunish va ularga muntazam boj to'lash
sharti bilan yerga egalik qilishni saqlab qolgap edilar. Mahalliy beklar va qabilalarning
rahbarlari — zamindorlar kelgindi zabtchilar uchun aholidan soliq to'plash huquqini olgan
edilar. Zamindorlar vazifasi meros bo'lib o'tadi deb e'lon qilinganligi sababli, zamindorlar
vaqt o'tishi bilan soliq tortish yoki iig'iladigan ana shu yerlarni ham o'z yer mulklarining
bir turi deb hisoblay boshl^dilar. Yer mudki, asosan, musulmonlar qo'liga o'tgan bo'lsa,
savdo, sudxo'rlik operatsiyalari va ayniqsa hunarmandchilik mahalliy hind aholisi qo'lida
qoldi. Musulmon savdogarlari qadimdan beri O`rta Osiyo va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari
qilyb kelayotganliklari sababli quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdodagina
hindlardan ustun turardilar.
o Aholining asosiy qiemini dehqonlar ommasi tashkil qilib, mug'ullar davrida kuchaygan feodal
zulmning butun og'irligi shular zimmasiga tushardi, Qisman natura tarzida, qisman pul renta (yer solig`i)si
tarzida soliq to'laydigan jamoachi dehqonlarning ahvoli asosan ilgarigi asrlardagidek
qolavergan bo'lsa ham mo'gullar davrida har holda Hindistonda muhim iqtisodiy o'zgarishlar
ro'y berib, bu o'zgarishlar eski jamoa sistemasining buzila boshlaganidan dalolat berar edi.
Buning asosiy sababi mamlakatda tovarpul munosabatlarining rivojlanishi bo'ldi. Mug'ullar
davrida Hindistonning ayrim viloyatlari birbirlari bilan muntazamroq aloqalar bog'ladilar.
Ho'kiz qo'shilgan aravalarning juda katta karvonlari ko'plab tovarlarni janubdan shimolga
tashib berar edi. Tovarlar ortilgan juda ko'plab sollar dare orqali g'arbiy va sharqiy
tomonlarga yuborilardi. Mo'g'ullarning juda katta imperiyasi vujudga kelishi natijasida
mamlakatda qaror topgan nisbatan tinch vaziyat o'z tabiati va xo'jaligi jihatdan xilma-xil
bo'lgan g'oyat katta mamlakat ichidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga ijobiy ta'sir
ko'rsatdi. Ayni vaqtda Hindistonda shaharlar rivojlandi, sanoat ishlab chiqarishi o'sdi;
rivojlanayotgan shaharlar qishloq xo'jalik mahsulotlariga tobora ko'proqehtiyoj sezardilar.
Bularning hammasi mayda qishloqlarning biqiqligini ko'p jihatdan yo'qotgan edi. Dehqon
jamoalari tobora ko'proq bozor mun.osabatlariga jalb qilindilar. Shuning natijasida
jamoalar ichida dehqonlarning turli guruhlari o'rtasida tengsizlik kelib chiqdi. Jamoa
zodagonlari (oqsoqol, mirza, mahalliy do'konchi va boshqalar) jamoaning chek yerlarga ega
bo'lgan a'zolari bilan birgalikda dehqon kambag'allariga qaramaqarshi turardilar.
Kambag'allarning katta qismi «moxov» kastalari deb ataladigan past tabaqa vakill'aridan
iborat edi. Bu kambag'allar batraklar sifatida ekspluatatsiya qilinardilar. Qambag'al
dehqonlar, shuningdek, sodatda ip yigirish va gazlama to'qish bilan shug'ullanardilar. Ularning
mahsuloti keng bozorga odatda olib sotarlar orqali chiqar edi. Patriarxaljamoa
tartiblarining yemirilishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi va feodal eksplua
tatsiyasining o'sishi sharoitida hind qishlog'ining qashshoqlashuvi keyinchalik ko'plab keng xalq
harakatlarini keltirqb chiqardiki, bu harakatlar oqibat natijada Mo'g'ullar davlotining
puturini ketkazdi.
Akbarning idora qilishi. Mo'g'ullar davlati shoh Akbar (1556—1605) hukmronlik" qilgan davrda
juda ravnaq topgan edi. Shoh Akbar Bobirning nevarasi edi. Akbar idora qilgan davrda
mamlakatning sharq va janub tomonidagi bir qancha viloyatlar: Bengaliya, Orissa, Gujarat va
Kashmir viloyatlari hamda Xandeshi va Ahmadnagar sultonliklari qo'shib olinib, mo'g'ullar
davlotining chegaralari x'iyli kengaytirilgan edi. Shimolda Eronga qarashli muhim karvon
savdosi punkti bo'lgan Qandahor shahri bosib olinib, Hindistonga qo'shilgan edi. Akbar
"uzidan oldin o'tgan shohlardan boshqacha yo'l tutib, hind feodallarini o'z xizmatiga tortishga
harakat qilgan edi. Shuningdek, u hind savdogarlariga doim homiylik qilib kelgan edi.
Induizmga e'tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta'qiblar ham Akbar davrida to'xtatildi.
Hind aholisi juz'yadan, ya'ni hindlarni kamsituvchi, jon.boshiga solinadigan og'ir soliqdan
ozod qilingan edi, bundan oldin esa bu soliqdan faqat musulmonlargina ozod edi. 1593 yilda
(Fransiyada Nant edikti qabul qilinishidan besh yil avval) Akbar din erkinligi to'g'risida
farmon chiqarib, avvallari majburyy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga o'zlarining
ilgarigi dinlariga bemalol qaytishga ruxsat etgan edi.
Akbar podsholik qilgan davrda srliq ishlari tartibga solindi. Bir qancha viloyatlarda soliq
asorati tufayli dehqonlarning g'alayoshGari tez-tez sodir bo'la boshlaganligi tufayli, soliq
olish usullaridagi juda ham o'taketgan suiiste'molchiliklarni bartaraf etishni u hukumatdan
talab qildi. Akbarning buyrug'i bilan butun Hindiston uchun. yagopa yer o'lchovi joriy
qilinib, so'ngra hamma yerlarga yoppasiga tanob tortib chiqilgan edi. Soliq solinganda
yerlarning sifati va tuproqving unumdorligi e'tiborga olinardi. Davlat solig'i hosilning
uchdan bir qismi miqdorida belgilangan bo'lib, keyingi yigirma yil mobaynida o'rtacha narx
hisobida pulga aylantirib olinar edi. Soliq to'plashda ijarachilik sistemasi bekor qilinib,
soliqlarni maxsus moliya amaldorlari vositasi bilan to'plash sistemasi joriy qilingan edi.
Akbar podsholigi davrida Mo'g'ullarning juda katta imperiyasi 15 viloyatga bo'linib, har bir
viloyatga shoh noibi—gubernator hokim qilib qo'yilgan edi. Akbar ko'pgina yangi kanallar
qazitib, eskilarini tiklab, Hindistonning irrigatsiya sistemasini ancha kengaytirgan edi.
Akbar davrida 'Mo'g'ullar poytaxti bo'lgan Dehli shahrida katta-katta saromlar va har xil
hukumat binolari qurilib, uning zamonida bu shahar «o'sha davrda jahondagi barcha shaharlarning
eng kattasi va gullab yashnayotgan»1 shahariga aylangan edi. Mo'g'ullar davrida Akbar va uning
vorislarining sobiq bosh rezidentsiyasi bo'lgan Agra
shahri (Dehlidan keyin) Hindistonning ikkinchi poytaxti
edi.
XVII asrda Mo'g'ullar imperiyasi. Akbar podsholik qilgan davr har ikkala lager` — musulmon va
hind feodallari muaiyan darajada jipslashgan davr bo'ldi. Ayni vaqtda Akbarning bir qancha
ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari ochiqdanochiq xalq dehqonlar ommasi noroziligini bosib turish
hamda mo'g'ullarga qarshi xalq harakatlari vujudga kelishi xavfining oldini olishni ko'zda
tutar edi. Akbarning bu yo'ldagi siyosatini uning vorislari — o'g'li Jahongir (1605—1627) va
nabirasi shoh Jahon (1627—1658) davom ettirishga harakat qilishdi. Shoh Jahon Hindiston
janubidagi yerlarni ancha kengaytirishga muvaffaq bo'ldi. 1632 yilda u Ahmadnagarni bosib
oldi, 1636 yilda Golkonda va Bijapur Mo'g'ul imperiyasiga qaram ekanliklarini tan olishdi.
Maratxlar o'lkasi — Maxarashtra muayyan davr ichida buyuk mo'g'ullarga tegishli srlar tarkibiga
tamomila kirgan edi. Tashqaridan qaraganda shoh Jahon davrida Mo'g'ullar imperiyasi eng gullab
yashnagan darajaga yetgandek tuyulardi. Ammo Mo'g'ullar imperiyasining ichki zaifligi uning
davrida tobora ravshan bo'la boshladi. Feodallarning tez-tez bo'lib turgan g'alayonlari davlat
markazlashuviga putur yetkazar edi. Eng yirik jagirdorlar mustaqil davlat bo'lishga
intilardilar. Dekanni egallash uchun olib borilgan og'ir janglar davlatdan juda katta kuch
sarflashni talab qilardi, hamda dushman qo'shinlari o'tgan tumanlarda qishloq xo'jaligiga putur
yetkazardi. Akbar vorislari pulga tobora ko'proq muhtojlik sezib otkup sistemasiga
qaytdilar. Vaholanki, bu sistemaning yaramasligi hukumatning o'ziga yaxshi ma'lum edi. Ko'pincha
jagirdorlarning o'zlari haq to'lab, soliq yig'uvchi bo'lib olardilar. Bu esa amalda shunga
olib kelardiki, jagirdorlar tobora boyib, ularning mahalliy aholi ustidan hukmronligi
tobora to'laroq va mutlaqo nazoratsiz bo'lib qolardi.
Buyuk Mo'g'ullarniig, ularning saroydagi kanizaklarining, eng yirik musulmon jagirdorlar va
mahalliy hind knyazfeodallarining zebiziynati va isrofgarchiligi cheksiz bo'lib, ayni
vaqtda butun XVII asr davomida mamlakatda umuman xo'jalik jonlanganiga qaramay, xalq
ommasi qashshoqlashib ,borardi.
Birmuncha uddaburrolik bilan Mo'g'ullar Hindistoniga hukmronlik qilgan imperatorlardan
so'ng'gisi Avrangzeb (1658—1707) edi. U imperiya chegarasiii janub tomonga qarab
kengaytirishga ham muvaffaq bo'lgan edi. (Bijapur va Golkondani uzil-kesil bosib oldi).
Shuningdek, u inglizlar OstIndiya kompaniyasining 1688—1689 yillardagi hujumiga qarshi zarba
bera olgan edi. Kompaniya unga juda katta tovon to'lashga majbur bo'lgan edi. Ammo
Avrangzebning olib borgan siyosati tor kastachilikka asoslangan bo'lib, Akbar siyosatidan
butunlay boshqacha edi. Yevropa mustamlakachilarining ochiqdan ochiq tahdid qilib turgan
xyvfiga qarshi Hindistonning milliy kuchlarini birlashtirish o'rniga Avrangzeb buning aksini
qilib, bu kuchlarni parchalab yubordi. U hindlarni yana diniy ta'qib ostiga oldi, juz`ya
solig'ini qaytadan tikladi, hindlarning ibodatxonalarini doim talab turdi, musulmon
feodallarga hindlardan olgan qarzlarini to'lamaslikka yo'l qo'yib berdi. Avrangzeb
Hindistonning janubidati istilolarini ham musulmon feodallarning manfaatlarini ko'zlab
qilgan edi. Bu urushlar esa mamlakatdan ko'p kuch va mablag' talab qilar edi. Urush xarajatlari
ko'payib ketib, davlatning irrigatsiya ishlariga qilinadigan sarflari kamaytirildi. Avrangzeb
davrida ayniqsa ko'p va og'ir ooliqlar to'lashga majbur etilgan aholi ommasi xonavayron bo'lib
qashshoqlasha bordi.
Viloyatlardagi noiblar va istilo qilingan mintaqalarning rojalari mustaqil bo'lib olishga
harakat qila boshladilar. Avrangzeb hukmronlik qilgan davrda feodallar isyoni va dehqonlar
qo'zg'oloni juda ko'p bo'lgan edi.
Maratxlar harakati. G'arbiy Dekan tog'larida yashovchi maratx qabilalaridan bo'lgan
dehqonlarning harakati ayniqsa zo'r bo'lgan edi. Maratx hindlarining musulmon Buyuk Mo'g'ulga
qarshi olib borgan urushi g'azovot tusini olgan edi, Qo'zg'olon ko'targan qabilalarga xalqqa
tanilgan jasur yo'lboshchi Shivaji (1627—1680) rahbarlik qilgan edi. Shivaji 20 yil davomida,
60 va 70 yillarda Mo'g'ullarga qarshi kurashda xalq partizanlar urushi usulini keng qo'llanib,
muvaffaqiyat qozongan edi. Shivaji vaqtida Maxarashtra (maratxlar mamlakati shunday deb
atalgan edi) Mo'g'ullardan ozod bo'lgan mustaqil davlat bo'lib qolgan edi.
Sikxlar harakati. Panjobda, Hindistonning Shimoli-g`arbida XVII asrning iqkinchi yarmida va
XVIII asrning boshlarida sikxlar diniy mazhabi bilan bog'liq keng dehqonlar harakati bo'lib
o'tdi. Induizdshing radikal sektantlik ta'limotlaridan biri sifatida sikxchilik XVI asrning
boshlaridayoq vujudga keldi. Sektaning asoschisi va uning dastlabki ustozi (guru) savdogar
Nanak (1538 yilda vafot etgan) bo'lgan edi. Avvaliga sekta feodallar zo'ravonligidan norozi
bo'lgan shahar savdo doiralarining manfaatlarini aks ettirdi. Sekta xudo oldida barcha
kishilarning tengligini e'lon qildi va sosloviemazhabimtiyozlarini rad etdi. Ikkinchi
tomondan, sekta zulmga qarshilik ko'rsatmaslik haqidagi ta'limotga amal qilib, Mo'g'ullar
hukumatiga itoat qilardi. Buning oqibatida dastlabki paytlarda Buyuk Mo'g'ullar sikxlarga
yaxshi munosabatda bo'ldilar. Ularning tashkiloti Lahorda va Panjobning boshqa shaharlarida
mustahkamlandi. Ammo XVII asrning o'rtalarida sekta safiga minglarcha xonavayron bo'lgan
hunarmandlar va mahalliy dehqonlar (jatlar) qo'shilishi natijasida u kuchli darajada
demokratlashdi. Hatto sikxlarda ham rahbarlik rolini o'ynab kelgan savdo va savdosudxo'rlik
elementlari endi orqa
ga surilib, qisman ssktadan chiqib ketishdi. Yangi sikxchilik musulmon va hind feodallariga
qarshi qurolli kurash dasturini maydonga tashladi. Sikxlar yer yuzida ekspluatatsiya
bo'lmaydigan ideal, «chinakam podsholik» o'rnatishni istardilar. XVII asrning oxiri va XVIII
asrning boshlarida — 1669 yilda va so'ngra 1671 — 1672, 1686 va 1705 yillarda poytaxt
tumanida (AgraDehli) jatsikxlarning eng qudratli harakatlari ro'y berdi.
1671^1672 yillarda jatlar Dehliga yurish tashkil qildilar va Mo'g'ullar poytaxtini
egallashlariga sal qoldi. Bukxk Mo'g'ullar bu xalq qo'zg'olonlarini bostirish uchun qo'zg'olonchi
larga qarshi butunbutun armiyalarni yuborishga majbur bo'ldilar.
Hindistonda ingliz va fransuzlarning istilolari. Avrangzeb o'lgandan keyin Mo'g'ullar
imperiyasi ayrim parchalarga bo'linib ketdi. Buyuk Mo'g'o'llar hokimiyati hatto Dehlining o'zida
ham nomigagima saqlanib qolgan edi. Hindistonda yana feodal tarqoqligi vujudga keldi.
Yevropa mustamlakachilari bu fursatdan foydalanib, hind rojalari va knyazliklarining o'zaro
urushlariga aralashdilar va o'zlarining Hindistondagi mustamlaqa . yerlarini sekinasta
kengaytira boshladilar.
*XV—XVI asrlarda Hindistondagi asosiy yevropalik mustamlakachyalar Hindistonning Malabar deb
ataluvchi janubig'arbiy sohilyda mustahkamlanib olgan portugallar edi. Bu tumandagi bir
qancha hind portlari — Diu, Daman, Gra, Kochin va boshqalar ularga tegishli edi. XVII asrning
boshlaridan Hindistonga golland mustamlakachilari bostirib kirib, Koromandel sohilida,
Bengaliya va Bixarda, shuningdek Seylon orolida mustahkamlanib oldilar. XVII va XVIII
asrlarda ikki guruh mustamlakachi yirtqichlar — inglizlar bilan fransuzlar Hindistonni
egallash uchun birbirlariga qarshi shiddatli kurash olib bordilar. 1639 yilda inglizlar
o'zlariga tayanch punkta qilib Madras shahrini qo'lga oldilar. 1668 yilda Bombey shahri
inglizlarning OstIndiya kompaiiyasi qo'liga o'tdi. 1690 yilda inglizlar Kal`kutta shahriga
asos soldilar. Shu paytda fransuzlar 1674 yilda Pondisheri shahrini bosib oldilar. Ingliz
mustamlakachilari bilan fransuz mustamlakachilari o'rtasidagi kurash uzoq davom etib, o'nlarcha
yilga cho'zilib ketdi. •Inglizlar oqibat natijada yuz yildan keyin, XVIII asrning 60
yillarida, Yetti yillik Yevropa urushi (1756—1763) vaq^ tida fransuzlarni Hindistondan quvib
chiqarilishiga erish^ dilar.
Shu tarzda juda katta va ko'p millionli Hindiston o'zining feodal tarqoqligi, hukmron sinf
bo'lgan feodallar o'rtasidagi tinimsiz nizolar, hamda ularning mehnatkash aholi ommasini
shafqatsiz ezishi tufayli, nihoyat juda jiddiy milliy, diniy va kasta tafovutlari tufayli o'z
mustaqilligini yo'qotdts va ancha vaqtgacha ingliz mustamlakasiga aylanib qoldi. Shuni dan
boshlab u Yevropadagi eng rivojlangan kapitalistik mamlakat tomonidan juda qattiq
mustamlaka zulmiga duchor qilindi.
XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyati. Hindiston madaniyati Mo'g'ullar davlati davrida
rivojlanishda davom e'tib, o'zining turli sohalarida ancha yuksak ko'rsatkichlarga erishdi. G'oyat
rivojlangan adabiyot va arxitekturaning ravnaq topishi XVI—XVII asrlardagi Hindiston
madaniyati uchun ayniqsa xarakterlidir. Shoh Akbar va shoh Jahon singari Buyuk Mo'g.ullar
tomonidan yozuvchilarga va san'at vakillariga homiylik qilish siyosati bunda kattagina rol
o'ynadi.
Akbar davridagi zng atoqli yozuvchi Abul Fazl hisoblanadi. U fors tilida yozar edi. Abul
Fazl Akbarning saroyidagi o'ziga xos tarixnavisi bo'lgan edi. U bir.necha kitoblarda yozgan
Akbar podsholigining ichki va harbiy tarixi dabdabali uslubda yozilgan bo'lib. Akbar ko'klarga
ko'tarib maqtaladi. Ammo shunga qaramay bu tarix katta hujjatli materiallar asosida yozilgan
bo'lib, um'uman mo'g'ullar tarixining ana shu katta va muhim davridagi voqealarni yshonchli
tarzda bayon qilib beradi. Akbar zamonida fors tilida yozgan shoirlardan eng mashhuri F a y z
l edi. Abul Fazlning ukasi bo'lgan Fayzl Hindistonda forscha she'r tuzilish uslubini
targ'ib qildi.
Ayni vaqtda Mo'g'ullar davrida Hindistonda hind tilida ham adabiyot rivojlandi. Bu tilda
yozgan buyuk hind shoiri banoraslik Tulsi Das (1532—1623) bo'lgan edi. Das «Rama
charitamanasa» degan umumiy sarlavha ostida o'ndan ortiq kitob yezdi. Bu kitoblar eski xalq
qahramoilik va mifologik ertaklarini erkin tarzda qayta bayon qilishdan iborat edi. Das
asarlari yuqori va o'rta sinflar orasidagina emas, balki xalq ommasi orasida ham keng mashhur
bo'lib ketdi.
Akbar va uning vorislari davrida Hindistonda muhtasham va juda katta monumental inshootlar:
masjidlar, saroylar, maqbaralar, shahar darvozalari va shu singarilar qurildi. Dehlidagi
Akbar qal'a saroyi o'ziga xos juda katta muhtasham inshoot edi; qal'a devorlarining
balandligi 20 metrga yetardi. Bu esa arxitektorlar uchun yo'nilgan toshdai katta hajmdagi
inshoot qurishdan iborat katta va murakkab vazifa bo'lgan edi. Akbarning yana bir qal'a saroyi
Agra shahriga yaqin joyda edi. Deyarli sahro joyda nihoyatda qisqa muddatda qurilgan bu
saroy bir qancha binolar, parklar, hovuzlar, nafis qilib yasalgan yo'llar va yo'lkalardan
iborat butun bir shaharni tashkil qilar edi.
Shoh Jahonning buyrug'iga binoan, uning marhuma rafiq.a¦si xotirasiga qurilgan Agradagi
Tojmahal deb ataladigan mashhur masjidmaqbara musulmonmo'g'ul arxitektura uslubining
durdonasidir. Masjid ajoyib oq marmardan qurilgan . bo'lib, uning oq gumbazlari va
minoralari shu yerdagi marmar hovuzda aks etib turadi. Shoh Jahon davrida oq marmardan
ishlangan, minoralari qizil marmarlar bilan qoplangan yana bir muhtasham masjid — Dehlidagi
Jome masjidi bo'lib, o'zining badiiy arxitektura ko`rinishi va boy bezaklari bilangina emas,
balki o'zining juda katta hajmi bilan ajralib turadi. Jome masjidga unga tutash binolarni
qo'shib hisoblaganda bir vaqtda yuz ming kishi sig'adi.
Shoh Jahon podsholik qilgan davrda, shuningdek, maxsus hukumat bipolari, ma'muriysud,
moliyaviy va harbiy binolar ham ko'plab qurilgan bo'lib, ular o'z hajmi bilan va ayni vaqtda
nafisligi va bezaklari bilan hamda qimmatbaho binokorlik materiallari bilan ajralib
turadi. Agra shahridagi qisman hozirgacha saqlanib qolgan Devoni avom, Devoni xos va boshqa
inshootlar shular jumlasidandir.
NI BOB XVI—XVII ASRLARDA XITOY
Min sulolasining zaiflashuvi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Min sulolasi to'la
tushkunlikka yuz tutgan edi. Bu «dehqonlar» sulolasining dastlabki davrlarida salpal mav
jud bo'lgan ba'zi demokratik tendentsiyalari endi allaqachonlar tugab ketgan edi. Min
monarxiyasi aynib, o'zidan oldingi sulolalar singari oddiy byurokratik despotiyaga aylangan
edi. XVI asr boshlaridan e'tiboran davlatni idora qilish ishlari tepasida dazlat xazinasini
uyalmaynetmay talagan va shu tariqa juda katta boylik orttirgan imperator haramining xo
dimlari bo'lgan mahramlar turar edi. Haddan tashqari o'sib ketgam byurokratik davlat apparata,
dabdabali imperator saroyining nihoyatda katta chiqimlari va Yaponiya bilan bo'layotgan urush
yangidanyangi soliq daromadlarini talab qilardi. Birgina XVII asrning ikkinchi o'n yilligida
barcha davlat soliqlarining hajmi shundan oldingi o'n yilliklardagiga nisbatan 50 foiz
ko'paydi. Davlatsoliqlari va buniig ustiga mahalliy feodallar, sudxo'rlar va amaldorlar
foydasiga olinadigan har xil og'ir to'lovlar tufayli dehqonlar va shahar hunarmandlarining
tinkasi qurigan edi.
Xalq ommasi tabiiy ofatdan: suv toshqinidan, takrorlanib turadigan qahatchilikdan,
ocharchilikdan, epidemiyadan azob chekar edi. XVII asrning birinchi yarmida Xitoy xalq ommasi
ning hayoti doimo to'yib ovqat yemaslik, .odamxo'rlikkacha borib _ yetgan' ochlik, aholi
o'limining avj olishi bilan xarakterlanar edi. Shu bilan birga XVII asr boshlarida Xitoining
xalqaro ahvoli juda yomonlashdi. Shimolda, Sungari daryosi havzasida yashovchi man`chjur
qabilalari taxminats SH06 yilda birlashdi.
ayniqsa faol rol o'ynadi. Shahzoda Durgai (Man`chjuriyaning yoshi yetmagan imperator huzurida
shahzodalik vazifasini bajarib turgan) boshchiligidagi man`chjurlarning juda katta armiyasi
Xitoy yerlariga bostirib kirdi. Li Szichen ham 200 mingga yaqin kishidan iborat katta armiyasi
bilan Man`chjurlarning hamda ularga qo'shilgan U San`guyning qo'shinlariga qarshi otlandi,
Biroq, Li Szichen qo'shinlari Pekin yaqinida mag'lubiyatga uchradi. Li Szichen janubga qochishga
majbur bo'ldi. Bu yerda u Shen`si viloyatida bir oz vaqt kurashni davom ettirdi, ammo u 1645
yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun tuzilgan
otryadlarnikg biri tomonidan o'ldirildi.
1644 yil 6 iyunda man`chjur qo'shinlari U San`guy qo'shinlari bilan birgalikda Pekinga kirib
bordi. Shu tarzda Xitoyda yangi ajnabiy dinastiya (sulola) hukmronlik qila boshladi. Sin deb atalgan
bu dinastiya (sulola) Xitoyda 1911 yilgacha hukmronlik qildi.
Man`chjuriya dinastiya (sulola)sining hokimiyat tepasiga kelishi. Xitoy xalqining man`chjur
bosqinchilariga qarshi kurashi. Man`chjuriya dinastiya (sulola)si Xitoyda darhol mustahkamlana olmadi.
1645 yilda man`chjurlar shiddatli janglardan keyin Yantjou va Nankinni olib, janubiy
viloyatlarga qarab yo'lga chiqishganida ularning front orqasida man`chjurlarga qarshi qo'zg'olon
yangi kuch bilan ko'tarildi. Xunan`, Sichuan` va Guansi, Chjetszyan, Funzyan`, Shen`esi va Gan`su
viloyatlarida man`chjurlarga qarshi harakat avj olib, bu harakat XVIII asr 40iillarining
oxirigacha davom etdi. Man`chjurlar shu paytga kelibgina qo'zg'olonni bostira oldilar. Sharqiy
viloyatlarda keng ko'lamdagi harakatlar bo'lib o'tdi, bu yerda man`chjurlarga qarshi kurashda
dengiz sohilidagi ana shu viloyatlarning savdo floti katta rol o'ynadi. Dengiz sohilida
joylashgan tiarqiy viloyatlardagi man`chjurlarga qarshi harakat 1662 yildagina uzil-kesil
bostirildi.
Janubiy viloyatlarda man`chjurlarga qarshi harakat yanada uzoq davom etdi. Tayvan` orolida va
Janubi-sharqiy Xitoyning dengiz sohilidagi viloyatlarda man`chjurlardan mustaqil bo'lgan
Chjen Chengun va uning o'g'li Chjen Szin boshchiligida mustaqil davlat tashkil topdi. Janubiy
Xitoy portlaridagi savdogarlar orasida ijtimoiy tayanch topgan bu janubiy davlat 30 yildan
ko'proq (1650—1683) yashadi. Chjen Chengun floti 50 yillarda Nankin shahrini ikki marta qamal
qildi. Oqibat natijada man`chjurlar Chjen Chengun vorislarini Gollandiya floti yordamida
tor-mor keltirishga muvaffaq bo'ldilar. Ana shu davlat mustaqilligi tugatilganidan ksyingina
Sin davlati o'zini butun Xitoyning xo'jayini deb hisoblay oldi. Ana shunday benihoya og'ir
sharoitlarda, feodallar o'z vatanlaoiga xiyonat k.ilgan vaziyatda Xitoy xalqi bir
necha o'n yilliklar mobaynida Man`chjuriya bosqinchilariga qarshi qahramoiona kurash olib
bordi.
Man`chjurlar zulmi Xitoy xalq ommasi yelkasiga og'ir yuk bo'lib tushdi. Yangi hokimiyatning tobora
dahshat bilan o'tkazgan muttasyl jazo oieratsiyalari natijasida mamlakat xonavayron bo'ldi.
Man`chjurlar xitoylarning milliy tuyg'ularini tahqirladilar, jumladan, barcha erkak
xitoylarning bo'ysunganligining ramzi sifatida uzun soch qo'yib, o'rib yurishga majbur
qildilar. Man`chjurlar feodaldehqonchilik munosabatlarini mustahkamladilar va saqlab
qoldilar. Uzlari bosib olgan tumanlarda dehqonlar harakatining qoldiqlarini shafqatsizlik
bilan bostirdilar. Man`chjuriyaning yangi zodagonlari hamda mamlakatda imtiyozli mavqeni
egallagan va jandarmalarning o'ziga xos juda katta korpusi rolini o'ynagan man`chjur
qo'shinlari juda katta yerlarni bosib oldi; ularning vazifasi xalqning yangi harakati yo'lidagi
har qanday urinishlarni doimo bostirib turishdan iborat edi. Ayni vaqtda man`chjurlar qo'shni
xalqlarga nisbatan dushmanlik va ishonchsizlik siyosatlari bilan Xitoyni atayin yakkalab
qo'ydilar, bu jihatdan uning muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit
berdilar.
Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin dinastiya (sulola)sining ularga qarshi
kurashi. XVII asrda yevropalik savdogarlar va missionerlar Xitoy ichkarisiga kirishga harakat
qildilar. Katolik (asosan Portugaliya va qisman Fransiya) missionerlari bir vaqtlari
man`chjurlar ishonchini qozonib, ularga, jumladan, to'pchi instruktorlar va qurol-yarog' ishining
ustalari sifatida xizmat ko'rsatdilar.
Ayni vaqtda XVII asrning ikkinchi yarmida Xitoyga ingliz, golland va fransuz OstIndiya
kompaniyalarining vakillari kirib kelishga astoydil harakat qilib, Xitoy hukumatidan turli
yengilliklar va imtiyozlar olishga muvaffaq bo'ldilar. Biroq, Yevropa mustamlakachilarining bu
siyosati muvaffaqiyatli chiqmadi.
Yangi Sin dinastiya (sulola)si mustahkamlanib olgach, Yevropa missionerlarining xizmatiga muhtoj
bo'lmay qoldi va ular XVII asrning 60 yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asrning
oxirlarida ular Xitoyda o'z faoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII asrning
boshlarida ular yana bir marta haydab chiqarildi va bu gal quvib chiqarish uzil-kesil bo'ldi.
Ular janubiy Xitoy sohilida joylashgan Makao orolidagi Portugaliya mustamlakasidagina yashay
olardilar. XVIII asrda, 1757 yilda Xitoy hukumati birgina Kanton portidan tashqari o'zining
portlarini barcha ajnabiy savdogarlar uchun tamomila yopib qo'ydi.
Xitoyning ajnabiylar uchun mashhur «yepib qo'yilishi» shu tarzda ro'y berdi. Bu hol XIX asrning
yarmilarigacha davom etdi. Sin dinastiya (sulola)sining Xitoyga chet el kapitalining suqilib kirishiga
qarshi ana shunday kurashi natijasida Xitoy chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt
xoli bo'lib turdi. Ammo bu siyosatning ikkinchi salbiy tomoni ham bor edi. Xitoy ana shunday
siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi. Tashqi iqtisodiy aloqalar shu yo'l
bilan qo'pol va sun'iy tarzda to'xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy hunarmandchiligy va
Xitoy manufakturasining', Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining rivojlanishiga salbiy
ta'sir ko'rsatdi. •Umumai olganda bu tadbirlarning hammasi Xitoyning orqada qolishiga hamda
uning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi rivojlanmay qolishiga olib keldi, oqibat natijada xalq
ommasining ahvoli yomonlashib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti to'xtatib qo'yildi.
LIV BOE XVI—XVII ASRLARDA YAPONIYA
Tokugava rejimining o'rnatilishi. Xideyosi1 o'lgandan keyin diktatura 1598 yilda Oda
Nabunaganing boshqa bir safdoshi va Xideyosining raqibi bo'lmish Ieyasu Tokugava qo'liga o'tdi.
Tokugava sharqiy (Kanto) viloyatlarning tepasida turgan eng yirik feodal knyazlardan bo'lib,
juda mustahkamlangan Edo (Iedo) qasri uning rezidentsiyam edi. Ieyasu bir oz vaqtgacha
Xideyosi taxt vorisining vasiysi bo'lib turdi. Ammo 1603 yilda yetarli darajada
mustahkamlanib olib, o'zini syogun deb e'lon qildi. Uning syogunlar sulolasi ikki yuz ellik
yil davomida, ya'ni Mikado hokimiyatini tiklagan 1868 yilgi «revolyutsiya»gacha Yaponiyani
idora qilib keldi.
Takugavalar rejimi bu sulolaning uchinchi syoguni Iemitsu Tokugava davrida (1623—1651) uzil
kesil o'rnatilgan edi. .,
Nemitsu 1637 yilda Kyusyu orolidagi Samaberi okrugida dehqonlarning juda katta qo'zg'olonini
shafqatsiz ravishda bostirdi. Yangi syogun ana shu xalq harakatiga qarshi kurashning bevosita
taassuroti ostida 1639 yilda Yaponiya davlatida tarkib topgan feodal konstitutsiyasini yuridik
jihatdan rasmiylashtirib bergan qonunlar to'plamini nashr qildi. Bu qonunlar to'plamida
mehnatkashlar uchun juda ham og'ir turmush sharoitlari ko'zda tutilgani holda politsiyachilik
qaram dehqonlik rejimi nihoyatda yaqqol ifodalangan edi. 1639 yilgi kodeksga ko'ra ijtimoiy
munosabatlar: harbiylar, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan iborat t^'rt soslovie
munosa
batlari shaklida ifodalangan edi. Shu aholy guruhlarining munosabatlari qattiq tartib va
qoidalar bilan belgilangan edi. Oqsuyaklar va samuraylarga mansub turli guruhlarning
huquq va imtiyozlari qonunda ikirchikirlarigacha mufassal ko'rsatib berilgan edi.
Davlat sanoat va savdo-sotiq ishlarini o'chakishib nazorat qilar va unga bachkanalik bilan
vasiylik qilardi. Savdogarlarning gil`diyalari va ayniqsa hunarmandlarning sexlari
butunlay hukumatga bog'liq edi, hukumat savdo-sotiqdan va sanoatdan katta davlat
daromadlari olish uchun ham ulardan keng foydalanar edi. Dehqonlarga nisbatan belgilangan
tartibqoidalar ayniqsa qattiq edi. Ularning turmushdagi har bir qadamini
hukumat qattiq kuzatib turardi. Dehqonlarga guruch yeyish man etilgan edi, chunki
ular uchun bu «ortiqcha ne'mat» deb qaralar edi. Ularga shoyi va polotno kiyim kiyish ham
man qilingan edi, faqat arzon baholi ipgazlamadan kiyim kiyish mumkin deb ko'rsatilgan
edi. Dehqonlarga hamma narsada «kamtar» bo'lish buyurilgan edi. Hatto to'y, azalarga
va hokazolarga sarf bo'ladigan xarajatlar ham ma'lum miqdordan oshmasligi shart edi.
Uzi va Kiotodagi saroyi uchun aniq tayinlangan maoshga yashovchi mikado nomigagina hokimiyat
egasi edi. Qonunlar aslida uni tashqi dunyo bilan aloqa qilish imkoniyatidan tamomila mahrum
qilib qo'ygan edi. Syogunlarning poytaxti Edo shahri bo'lib, u juda tez o'sib, katta markazga
aylanib bordi. Syogunlar bu yerda dabdabali hayot kechirardilar. Katta feodallar, mulkdor
knyazlar — daym`o va boshqalarningko'p vaqt poytaxtda yashab, syogunlar saroyiga qatnab
turishlari shart edi. Ular o'z viloyatlariga qaytib ketganlarida xotin va bolachaqalarini
garov qilib Edoda qoldirishlari lozim edi. Tokugavalar o'rnatgan butun rejim keng tarmoqli
politsiya apparatiga asoslangan edi. Hukumat o'zining oshkora va maxfiy agentlari
vo.sitasibilan dehqonlarni, shahar plebslarini, katta savdogarlarning xonadonlarini,
samurailarni va feodal knyazlarni kuzatib turardi. Shunday qilib, Yaponiyada feodalizm
davridayoq iskovich politsiyaning mudhish apparata vujudga keltirilgan edi va bu apparat
aholining huquqsiz mehnatkashlar ommasi boshiga og'ir kulfatlar solar edi.
Ajnabiylarga munosabat. XVI asrda Yaponiya Koreya, Xitoy, HindiXitoy, Filippin bilan keng
turda yeavdo munosabatlari o'rnatgan edi. Yevropaliklardan portugallar, ispanlar, keyinchalik
esa, XVI asrning oxirlaridan boshlab gollandlar Yaponiya bilan savdo qilar edilar. Avvaliga
yevropaliklarga Yaponiyada missionerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ancha keng imkoniyat
berib qo'yildi. Yevropaliklar Xideyosi armiyasini YaponiyaKoreya urushi davrida o'q otuvchi
qurollar bilan ta'minlab turdilar. Ammo Xideyosining o'ziyoq. ispan va portugal
missionerlarining faoliyatini cheklay boshladi. Ieyasu Tokugava davrida ajnabiylarga nisbatan
yana bir qancha cheklashlar o'rnatildi. Tokugava ispanlar bilan portugallarning ta'sirini
zaiflashtirish maqsadida gollandlarga ko'proq homiylik kila boshladi. Iemitsu Tokugava
yevropaliklarni mamlakatga qo'ymaslik maqsadida qat'iyroq siyosat o'tkazdi. XVII asrning 30
yillarida bir qancha farmoyishlari bilan kponlarning o'z mamlakatini tark etishni qat'iyan
ta'qiqladi, ispanlar bilan portugallarga esa Yaponiya orollarini mutlaqo tashlab chiqib
ketishni taklif qildi. Bundan gollandlargina istisno bo'lib, ularga Nagasaki portiga kirish
uchun ruxsat etildi. Xitoy savdogarlari ham ana shunday imtiyoz oldilar.
Yaponiya hukumati tomonidan ajnabiylarga bunday munosabatda bo'lishning sabablaridan biri
qisman puliqtisodiy mulohazalar: mamlakatdan oltin tashib chiqib ketilishi xavfi, chet ellik
savdogarlarning mahalliy savdogarlar bilan raqobati va shu singarilardan iborat edi. Ammo
Tokugavani ajnabiylardan xalos bo'lishga da'vat etgan hal qiluvchi omil —ichki siyosiy
xarakterga ega bo'lgan mulohazalar edi. Hukumat xristian missionerlarining «buzg'unchilik»
ta'siridan qo'rqar edi, chunki ayrim tumanlarda yapon dehqonlari va boshqa mehnatkashlar,
ba'zi xristianlik tengchilik goyalaridan hamda Yaponiyaga yevropaliklar keltirgan o'q sochuvchi
qurollardan foydalanib, yapon feodallariga qarshi chiqdilar. Yuqorida eslatib o'ti'lgan 1637
yilda Kyusyu orolida bo'lgan va 30 mingga yaqin kishi qatnashgan dehqonlar qo'zg'oloni xuddy ana
shunday diniy shiorlar ostid'a hamda ispanlar bilan portugallarning bevosita madadi bilan
ro'y bergan edi. Gollandlar aksincha bu davrda Yaponiya hukumatiga yordam berdilar: Gollandiya
kemalari qo'zg'olon ko'tarilgan sohil bo'yi tumanini to'plardan o'qqa tutdi.
Hukumat Kyusyu orolida qo'zg'olonni bostirib, diniy jihatdan ham aholi ustidan nazoratni
kuchaytirdi. Budda ruhoniylari budda ibodatxonalariga keluvchilar ustidan nazorat qilish
yuzasidan keng ko'lamda politsiyachilarning vakolatlarini oldilar. Har bir kishi mahalliy budda
jamoasiga majburiy tartibda a'zo bo'lishi kerak edi. Boshqa dinga o'tish jinoyat
hisoblanib, buning uchun o'lim jazosi berilar edi/Yaponiya hu ' kumati «g'arb
kishilari» haqida biror ran yozilgan Yevropadan va qisman Xitoydan keltirilgan kitoblarning
hammasini kuydirib tashlash haqida buyruq chiqardi.
Yaponiyaning yakkalanib qolishi. Yaponiyaning tashqi dunyodan ajralib qolishi (hatto Xitoy bilan
ham munosabatlar g'oyat cheklangan edi) XIX asrning yarmigacha davom etdi. Tokugava rejimining
butun bir sistemasiga kiruvchi bu siyosat umuman mamlakat uchun g'oyat og'ir va salbiy
oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu narsa Yaponiyada feodal munosabatlarning eng qoloq
formalari saqlanib qolishiga yordam berdi. Yakkalanib qolish sharoitida yapon feodallari va
ularning amaldorlari yapon mehnatkashlar ommasi ustidan ayniqsa har tomonlama va nazo
ratsiz hukmronlik qilib, o'z sinfiy diktaturalarini eng dahshatli formalarda amalga oshira
oldilar. Ayni vaqtda Yaponiyaning yakkalanib qolishi uni ochiqdanochiq qoloqlikka mahkum etdi.
Bu esa sanoatda ham, qishloq xo'jaligida ham eski ishlab chiqarish usullarining saqlanib
qolishida o'z ifodasini topdi. Bu narsa mamlakat madaniy o'sishining to'xtab qolishiga.' ham
ta'sir ko'rsatdi.
Shunday bo'lsada, XVII asrda Yaponiyada suet bo'lsa ham muayyan o'sish ro'y berdi. Mamlakatda
tovarpul munosabatlara rivojlanib sekinasta yapon qishloqlariga ham kirib bordi.
Shaharlarda savdogarlar kapitali to'plandi. Sanoatning ayrim tarmoqlari — chinni tayyorlash,
ip gazlamaga gul bosing, qog'oz va shu singarilar ishlab chiqarish kengaydi va takomillashdi.
Bir qancha shaharlarda XVII asr o'rtalarida manufaktura vujudga keldi. Ammo bu ondasonda
ishlaydigan manufakturalar edi. Feodallarning orasida tobora ko'proq tabaqalashuv ro'y
berdi. Feodallar — samuraylarning past qatlami xonavayrop bo'lib, shahardagi o'rtacha va
hatto qupi qatlamlarga tobora yaqiglashib bordi. LV BOB
XVI—XVII ASRLARDA G'ARBIY YEVROPADA TEXNIKA VA TABIIETSHUNOSLIKNING TARASHIYOTI
Manufaktura davrida texnika taraqqiyoti1. Manufaktura davridagi texnika hali, asosan
hunarmandchilik harakterida bulib, buyumlar deyarli butunlay qo'l kuchi bilan ishlanardi.
«Manufaktura davriga xos mexanizm ko'pgina qismiy ishchilardan iborat jami ishchining
o'zidir»2. Manufakturadagi mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat unumdorligini xiyla oshirgan
edi. Manufakturada mashinalardan ondasondagina foydalanilardi. Ayrim ishchining san'ati,
mahorati, u o'z shaxsiy asbob-uskunasida bajaradigan operatsiyalarning tyozligi va aniqligi
asosiy narsa bo'lib qolaverdi. Shu sababli manufaktura davrida texnika taraqqiyoti umuman
hali suet bordi. XVI—XVII asrlar davrida texnika sohasidagi kashfiyotlar nisbatan hali kam
edi. Marks ana shu holatni ta'kidlab, buning sababi manufakturaning xuddi ana shu
hunarmandchilik texnika bazisi ekanligini ko'rsatgan zdi. «Hunar va manufaktura ijtimoiy
ishlab chiqarishshshg umumiy bazisini tashkil qilar ekan, ishlab chiqaruvchining faqat bitta ma'lum
ishlab chiqarish tarmog'iga tobe bo'lishi, uning mashg'ulotlarining dastlabki xilma-xilligining
buzilib ketishi taraqqiyotning zarur momentidan iboratdir. Ishlab chiqarishning har bir ayrim
tarmog'i ana shu bazisda empirik yo'l bilai o'ziga muvofiq texnik tuzum hosil qiladi, bu
tuzumni sekinasta takomillashtiradi va ma'lum bir yetuklik darajasiga erishilishi bilanoq
uni muayyan,bir shaklga soladi. Vaqtvaqti bilai o'zgarishlar bo'lib turadi, bu o'zgarishlarga
savdo yetkazib beradigan yangi mehnat materialidan tashqari, mehnat asbobining asta-sekin
o'zgarishi ham sabab bo'ladi. .Pekin empirik yo'l bilan muvofiq asbob ko`rinishi topilgan ekan,
ish asbobi xam bir nuqtada qotib qoladi...»3.
Har holda manufakturaning rivojlanishi kelgusidagi sanoat inqilobi uchun, mashinalar va
mashina ishlab chiqarishining vujuDga kelishi uchun muayyan shartsharoitlarni yaratdi. Ish
operatsyyalarini soddalashtirishning o'zi va bu operatsiyalarning manufakturada doimo mexanik
tarzda gakrorlaiishi mexanikaning fan sifatida rivojlanishi uchun turtki berishi kerak edi.
Ayni vaqtda manufaktura yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, ondasonda bo'lsa ham, ayrim juda
sodda mashinalardan (asosan mexanik dvigatellar sifatida) foyda
lana boshlangan ediki, bu mashinalar riiojlangan kapitalizmning keyinchalik yaratilgan
mashinalarining bevosita o'tmishdoshlari bo'lib qoldi.
Kon ishi va metallurgiya. Kon ishi sohasida XV va XVII asrlarda avvalo cho'yanni eritishda,
toshko'mirdan foidalanish yo'lida astoydil harakat qilindi. Bu jihatdanAngliyada lord Dedli
eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U 1621 yilda «Toshko'mirdan foidalanish yo'li bilan temir
rudasini eritish hamda undan cho'yan quyilma yoki g'o'la ishlab chiqarish» uchun patent oldi.
Biroq,* Dedlining kashfiyoti aslida katta amaliy ahamiyatga ega bo'lmadi. Angliyada mineral
yoqilg'i asosida cho'yan ishlab chiqarish muammosi XVIII asrning boshlaridagina uzil-kesil hal
etildi.
XVI—XVII asrlar davrida suv kuchidan foidalanish problemasi ancha muvaffaqiyatli hal etildi.
Yuqoridan suv tushirib aylantiriladigan suv g'ildiragini yanada takomillashtirish yordamida
shalola va tog'dagi daryolardan kon sanoati ehtiyojlari uchun keng foidalanish imkoniyati
tug'ildi. Bu jihatdan o'sha.davrda Angliyadan tashqari ayniqsa Shvetsiyada katta muvaffaqiyatlar
qo'lga kiritildi. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada va Angliyada bug' nasoslari qurish
yo'lida muvaffaqiyatli. urinishlar bo'ldi (1690 yilda Deni Papin kashf qilgan atmosfera bug'
mashinasi tezda 1698 yilda Angliyada N`yukomen va Kauli tomonidan takomillashtirildi). Bu
nasoslarda porshenning harakati havoning atmosfera bosimi yordamida amalga oshirildi;
porshenning orqaga harakati esa havo bosimidan oshib ketgan bug' bosimining yordamida amalga
oshirilardi. Fizika qonunlarini bilishga asoslangan bu kashfiyot XVIII asrda bug' mashinasini
ixtiro qilishning bevosita o'tmishdoshi bo'ldi. XVI—XVII asrlarda yangi muvaffaqiyatlarga
erishildi — metallni domnada ishlab chiqarish qadim .zamonlarda va o'rta asrlarda deyarli XV
asrning oxirlarigacha hukm surib kelgan xom ashyoni purkash usuli deb ataladigan eski usulni
uzil-kesil bartaraf etdi. Harorati yuksak darajaga yetadigan ulkan domna pechlari juda ko'p
metallni suyuq holga keltirar, natijada ishlanayotgan metallga har qanday shakl berish mumkin
bo'lar edi.
Harbiy texnikaning o'svshi va artilleriyaning rivojlanishi. Harbiy texnikaning rivojlanishi
metallurgiyaning taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uqotar qurollar (mushketlar, tuplar
va boshqalar)ning qo'llanila boshlashi natijasida metallga ehtiyoj juda ham ortib ketdi. To'p
yasashning o'zi sanoatning yangi tarmog'ini yuzaga keltirdi. Boshda to'plar temirdan yasalar va tosh
o'qlar bilan otilar edi (XIV asrning 60 yillarida fransuz va ital`yanlarning to'plari).
Keyinchalik qurolning bu xilini misdak quyadigan bo'ldilar (XIV asr oxiri), otganda esa sochma
o'q bilan o'qlab (temir pitra va chuyan uq bilan uqlab) otardilar. 1543 yilda Angliyada
cho'yandan quiilgan tup larni ishlata boshladilar. Mushket hozirgi zamon miltig'ining
o'tmishdoshidir, mushketlar dastlab pilta qo'yib otilardi. XVI asrda esa pilta miltiq o'rnini
chaqmoq toshli miltiq egalladi. Artilleriya son jihatdan XVI—XVII asrlardayoq ommaviy
qurolga ailangan zdi. 1618—1648 yillardagi Uttiz yillik urushda hamda Angliyada XVII asrning
o'rtalaridagi grajdanlar urushi davrida (1642—1649) to'plardan keng foydalanildi. 1652
yilda Angliyada respublika hukumati artilleriya parkidagi to'plar sonini 1500 taga yetkazishni
mo'ljallab qo'ydi.
Dastlab XIV asr o'rtalarida paydo bo'lgan o'qotar miltiq har holda juda sekin rivojlanib
bordi. Engel`s bunday deb yozgan edi: «O'qotar qurollar juda sekin takomillashdi. Qisman
anchagina takomillashtirilgan bo'lishlariga qaramay, to'plar og'ir va beso'naqay bo'lib
qolaverdi, miltiqlarning stvoli qo'pol. edi. Miltiqlar butun piyodalarni qurollantirishga
yaroqli holga keltirilib takomillashtirilguncha uch yuz yildan ko'p vaqt o'tdi. Shtik o'rnatilgan
chaqmoq toshli miltiq XVIII asr boshidagina piyodalarning asosiy quroli bo'lib kelgan nayzani
siqib chiqardi»1.
Kemasozlikdagi va kemalar qatnovidagi muvaffaqiyatlar. XVI va XVII asrlarda kemasozlik va
dengizda kemalar qatnovi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Kemalarning tonnaji
ortishi bilan birga (XVI asrda kemalarning o'rtacha tonnaji 500 tonnadan 1000 tonnagacha
borardi), ularning harakat qilishi ham tezlashdi. Bunga murakkab yelkanlar sistemasining
rivojlanishi orqasida erishildi. Yangi kemalarga juda ko'p machta o'rnatilar, machtalarning bir
qismi bir-biriga ulangan bo'lar va juda ko'p yelkanlar qurilardi. Yelkanlarni
kombinatsiyalashtirib, kemalar har qanday shamolda (hatto ro'paradan esgan shamolda ham) istagan
tomonga suzishi mumkin bo'lardi. Faqat hech qanday shamol bo'lmagandagina (shtil` vaqtidagina)
kemalar turgan joyida ozmiko'pmi to'xtab qolishga majbur edi. XVI asr oxirida va XVII asr
boshida kemalarning palubalariga metall (mis yoki po'lat) taxtalar yotqiziladigan bo'ldi.
Kema bosib o'tgan yo'lni quyoshga qarab belgilab beruvchi XVI asrda takomillashtirilgan kompas.
va astrolyabiyadan tashqari, dengizchilar XVI—XVII asrlarda teleskoplar, xronometr va
sekstantdan keng foydalandilar. Dengiz kartalari uzoq dengiz safarlarida kema ekipajining
zarur ashyosi bo'lib qoldi2.
Ana shularning hammasi natijasida kemalar harakatining tezligi ancha oshdi. XIV—XV asrlarda
dengizdagi sayohat kuniga o'rta hisobda 18—20 milya1 bilan o'lchansa, XVI asrning oxiri — XVII
asrning boshlarida obhavo qulay bo'lgan kunda kuniga 30—40 milya yo'l bosildi.
To'qimachilik sanoati. To'qimachilik sanoati sohasida XVI— XVII asrlarda ishlab chiqarish
jarayonining detallashgan operatsiyalarga yanada ko'proq bo'linishi g'oyat katta ahamiyatga ega
dir. Angliya movut sanoati mehnatni keng ko'lamda texnika ji1hatdan taqsimlashning ayniqsa
ajoyib manzarasini vujudga keltirgan edi. Movut ishlab chiqarishda 12 ta alohida operatsiya:
ivitish, yuvish, junni tozalash va tarash, ipni kalavalash va pishitish, to'qish, presslash, tukini
qirqish, materiyadagi tugunlarni yo'qotish, bo'yash va nihoyat ohor berish operatsiyalari bo'lib, bu
ishlar materiallarning bir ustaxonadan ikkinchisiga o'tkazish yo'li bilan izchil tarzda amalga
oshirilardi, shu tarzda bir kiyimlik movutni ishlab chiqarishda turli ixtisosdagi o'nlab
ishchilar qatnashar edi.
XVI asrning oxirlarida Gollandiyada va deyarli shu vaqtda Angliyada yangi lentali to'quv stanogi
deb ataluvchi dastgohning ixtiro qilinishi to'qimachilik ishlab chiqarishini rivojlantirishda
juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu dastgohda ensiz jun va jun aralashgan yoki junip
gazlamalar tayyorlanardi. Bir ishchi bunday stanokda bir yo'la 10, 20 va undan ko'proq har xil
rangdagi lentalar tayyorlab berardi.
XVI asr oxiridayoq ip yigirish mashinasining va deyarli bir asrdan keyin yangi to'quv
stanogining ixtiro qilinishi navbatdagi sanoat inqilobini tayyorlashda zarur bosqich
bo'ldi. Bu sanoat inqilobi Angliyada XVIII asrning o'rtalari va ikkinchi yarmida to'qimachilik
sanoatida, uning eng yosh tarmog'i — ip gazlama ishlab chiqarishida ro'y berdi.
Avtomatlarning kashf etilishi. XVI—XVII asrlarda Yevropada soat ishlab chiqarish tobora
kengayib bordi. XV asrning oxirlarida prujinali cho'ntak soatlari yaratildi. Soat ishlab
chiqarish markazlari turli mamlakatlarda: Fransiyada (Parij), Niderlandiyada (Antverpen va
Amsterdam), Shvetsariyada (Jeneva va'Gevshatel`) bunyodga kelgan edi. XVII asrning o'rtalarida
Gollandiyada mayatnikli devor yoki minora soatlari ixtiro qilindi (XVI—XVII asrlarda
tabiiyotning muvafafqiyatlari haqidagi navbatdagi bo'limga qarang). Soat o'rta asrdan yangi
zamonga o'tish davridagi dastlabki ma'lum avtomat edi. Ayni vaqtda manufaktura davrida
tegirmonlar tobora keng tarqaldi. Asrning boshlari va o'rtalarida tegirmonlar, asosan, shamol
va suv yordamida ishlardi. XVI—XVII asrlarda sanoatda ham tegirmonlar — movut maydalab
beradigan, qog'oz , — ^.3 mishari tegirmonlar keng tar
Marks ana shu ilk avtomatlarning vujudga kelishiga juda katta ahamiyat bergan edi. Bu
avtomatlar keyinchalik sanoatda ish mexanizmlarining ixtiro qilinishiga bevosita ta'sir ko'r
satdi. K. Marks F. Engel`sga yozgan xatlaridan birida bunday degan edig «Texnologiya
tarixiga oid o'z yozuvlarimni qayta o'qib chiqib, shunday xulosaga keldimki, burjuaziya
taraqqiyotining zarur shartsharoitlari bo'lgan porox, kompas va kitob bosishning ixtiro
qilinganligini bir yoqqa qo'yib tursak, XVI asrdan to XVIII asrning o'rtalarigacha bo'lgan
davrda, ya'ni hunarmandchilikdan to yiryk sanoat darajasigacha rivojlanib boruvchi
manufaktura davrida ikkita moddiy asos bo'lib, shu negizda manufaktura ichida mashina
industriyasiga o'tish uchun tayyorgarlik ishi ro'y beradi, bu negiz — corn va tegirmondir... Soat
— amaliy maqsadda foydalanilgan dastlabki avtomatdir. Soat asosida bir tekis harakatdagi
ishlab chishrishning butun nazariyasi rivojlandi... Yana shu narsaga ham sira shubha yo'qki, XVIII
asrda soat birinchi marta avtomatlarni (xuddi shu prujinali avtomatlarni) ishlab chiqarishga
tatbiq etish fikriga olib keldi... Ikkinchi tomondan, suv tegirmoni barpo etilgan paytdan
boshlaboq tegirmonda mashina organizmining hamma muhim elementlari: mexanik
harakatlantiruvchi kuch; shu kuch yordamida ishlaydigan dastlabki dvigatel`; o'tkazuvchi mexanizm;
va nihoyat materialni qamrab oluvchi ish mashinasi; bu elementlarning hammasi bir-biriga
bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir»2.
Yangi tabiiyotshunoslik. G'arbiy Yevropada xo'jalikning kapitalistik ko`rinishi paydo bulishi va
murakkabroq texnikaning taraqqiy qilishi bilan tabiietga QIZYQISH kuchaydi. Uyg'onish davrida
faqat gumanitar fanlar va tasviriy satg'`atgina rivojlanib qolmay, balki aniq matematik va
tabiiy fanlar ham g'oyat zo'r muvaffaqiyat bilan rivojlana boshlagan edi. Engel`s bu davrdagi
tabiiyotning inqilobiy rolini quyidagicha xarakterlagan edi: «Hozirgi zamon tabiiyot ilmi,
gryoklarning genial gumonlariga, arablarning ahyonahyonda, tasodifiy raaishda qilgan
tekshirishlariga qaramaqarshi o'laroq, chinakam fan deb atash mumkin bo'lgan; birdanbir hozirgi
zamon tabiiyoti, byurgerlar feodalizm qudratini sindirib tashlagan, shaharlilar bilan feodal
dvoryanlar o'rtasidagi kurashning orqa planida isyonchi dehqonlar va ularning ketida hozirgi
proletariatning qo'lida qizil bayroq ushlagan, dilida kommunizmni jo n;ilgan inqilobiy
o'tmishdoshlari ko'rinib turgan vaqtdagi
. g'oyat zo'r davrdan boshlanadiki, bu davr Yevropada yirik monar. xiyala^ni barpo qildi,
papalarning diniy diktaturasini yemirdi, greklar qadimiyatini tikladi va shu bilan birga yangi
zamonda, eski dunyo (orbis) chegaralarini sindiribbuzib tashladi, birinchi marta, aslini
aytganda, yerni kashf etgan yangi zamonda san'atni g'oyat yuksaltirdi.
Bu, yer yuzida to hozirgacha yuz bergan inqiloblarning eng buyugi edi. Ana shu inqilob
muhitida rivojlanib borgan tabiiyotshunoslik tamomila inqilobiy edi, u ulug' ital`yanlar
ning uyg'onib kelayotgan yangi falsafasi bilan monand bo'lib mahkam bog'langan, uning jafokash
namoyandalari gulxanlarga va zindonlarga tashlangan edi»1.
Leonardo da Vinchining olim, matematik va fizik sifatida g'oyat katta ahamiyatga ega
bo'lganligini yuqorida aytib o'tgan edik2. XVI va XVII asrlarda olam to'g'risida kishilarning
traditsiey tasavvurlarini tubdan o'zgartirgan genial astronomlarning butun bir
pleyadasini yetishtirib berdi. Bu pleyadada olamning tuzilishi to'g'risida yangi ta'limot
yaratgan, ya'ni geliotsentrik sistemani (Yer va boshqa planetalarning Quyosh atrofida aylanishi
haqidagi ta'limotni) yaratgan polyak olimi , Nikolay Kopernik3 (1473—1543) g'oyat faxrli
o'rin tutadi. «Din sohasida Lyuterning papa bullasini kuydirishi qanday o'rin tutgan
bo'lsa, tabiiyotshunoslikda Kopernik ijodi ham shunday o'rin tutgan edi»4. Kopernik
t'a'limotini Italiyada keng yoygan va uning ishini davom etirgan mashhur Jordano Bruno
(1550—1600) bo'ldi. Uzining filosofik qarashlari bilan cherkov dogmalariga qarshi chiqqan
Bruno inkvizisiya changaliga tushib, Rimda o'tda kuydirilgan va undan oldin ' ko'p
vaqtlar turmada qamoqda yotgan edi. German astronomi Iogann Kepler (1571—1630)
va ital`yan olimi Galii leo Galiley (1564—1642) yangi astronomiya nazariyasining
to'g'ri ekanligini ^zilkesil isbot etgan edilar. Fransuz olimi—filosof Ren'e Dekart (1596
—1650) matematika sohasida g'oyat katta kashfiyotlar qilgan edi, u algebra tenglamalari bilan
geometriya o'rtasida bog'lanish borligini belgilagaq va yangi fan — analitik
geometriyani kashf etgan edi. ¦' Galileyning shogirdi Torrichelli (1608—1647) fizika 1
sohasida suyuqliklar mexanikasi yuzasidan katta kashfiyotlar 1 qildi. Taz massasining hajmi
va tashqi bosim to'g'risidagi 'mashhur qonunni ayni bir vaqtda ikki mamlakat olimi: Ang
liyada B o y l ` va Fransiyada M a r i o t t 1660 va 1680 yillar o'rtasida kashf qilgan
edilar.
Gollandiya olimi Xristian Gyuygens (1629—1695> . kashf kilgan mayatnik harakati
haqidagi ta'limot mexanik fi zikada juDa muhim ixtiro buldi. Uning «Chayqaluvchi soat yoki
mayatnik harakati to'g'risida» degan asari Parijda 1673 yilda nashr etildi. Ammo bundan ilgari
1653 yildayoq Gyuygens mayatyaikli soat konstruktsiya qilgan va bu soat tezda keng tarqalib
ketgan edi. Qon aylanishining ixtiro qilinishi tibbiyot so^asidagi yirik kashfiyot bo'ldi.
1553 yilda Jenevada Kal`vin tomonidan o'tda kuydirilgan ispan vrachi Migel` Servet (1511—
1553) bu kashfiyotga ancha yaqinlashib qolgan edi. Qon aylanishi qonunini «Hayvonlarda yurak va
qon harakati haqida •anatomik tadqiqot» degan ilmiy asarning muallifi ingliz vrachi va
anatomi Vil`yam Garvey (1578—1657) 1628 yilda uzil-kesil ixtiro qildi.
Yangi falsafa. Tabiiyotning rivojlanib borishi bilan birga
yangi falsafa ham vujudga kela boshladi. Yangi burjua falsafa-
si tajribaviy tabiiyot fanlarining xulosalariga tayanardi. Bu
falsafa olamni din yordami bilan emas, balki uning o'zidan ke-
lib chiqqan tajribalarga asoslanib tushuntirishga urindi. Yangi
burjua falsafasi tajribani haqiqatning birdan-bir krite-
riyasi deb e'lon qildi. Bir zamonlar, antik dunyoda ajoyib ri-
voj topib, o'rta asrlarda rad qilingan falsafiy materializm
endi yana tiklana boshlagan, lekin tiklanganda ham, boshqa
«yegizda, yanada kengroq va yanada mustahkamroq bo'lgan aniq ta-
biiy ilmiy bilimlar asosida tikl^na boshlagan edi. XVI asr
oxiri va XVII asr boshlarida yashagan ingliz olimi F r ye n s i s
B e k o n n i n g (1561—1626) hamda XVII asrda o'tgan atoqli
faylasuf — yuqorida nomi tilga olib o'tilgan frantsuz fay-
lasufi va matematigi R ye n ye D ye k a r t va golland faylasufi
B ye n ye d i k t (Barux) S p i n o z a ni ng (1632—1677) asarlary
yangi materialistik sistemaning rivojlanishida g'oyat katta
ahamiyatga ega edi. BunDan ilgarigi tegishli boblarda1 ularning
yangi, materialistik va ratsionalistik tafakkur vakillari si-
fatidagi ahamiyati, ularningo'z falsafiy qarashlarida o'z za-
monalaridagi tabiiyot fani ma'lumotlariga tayanishga inti-
lishlari, ularning tadqiqotning aniq fanlarga yoki aql-idrok-
'ning puxta mulohazalariga tayanuvchi yangi ilmiy metodini
topish yo'lidagi urinishlari ta'kidlab ko'rsatidgan edi. Har
uchala buyuk faylasuf uchun yagona naturfalsafiy kontseptsiya
yaratish io'lydagi urinish xarakterlidir. Bu kontseptsiyada
dunyoning evolyutsiyasi uning realligi va bilish mumkinligiga
:asoslangan holda tabiiy va qonuniy-tarzda tushuntirilar edi.
Yangi ilm-fanning cherkov-sxolastik dunyoqarashi bilan kura-
shi. Yangi fan va yangi falsafa yoshini yashab bo'lgan sxolastika
bilan shiddatli kurashda rivojlandi. Yangi fan namoyandalari-
ni katolik cherkovi, keyin protestant cherkovi ham juda qattiQ
ta'qib qilib bordi. Qopernik, Galiley,Jordano Bruno, Servet,
Dekart — hammasi ham diniy ta'qiblar tufayli ko'p azob va
uqubatlarni boshlaridan kechirdilar, ularning ba'zilari il-
miy e'tiqodlari uchun hayotlarini qurbon qildilar. Lekin
shunga qaramasdan, ilmiy yo'nalish o'sib, mustahkamlanib bor-
di, o'z taraqqiyoti bilan yangi zamon ilm-fanining gullab-yash-
nashiga zamin tayyorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |